«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Navro‘z bayrami kunlari ichki reyslarga 10−50 foizlik chegirmalar e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Isroilga kelgan 78 yoshli o‘zbekistonlik huquq himoyachisi Marat Zahidov hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonda Rossiyaning oliy ta’lim bo‘yicha ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Qozog‘iston Moliya vazirligi OTMlardagi davlat ulushlarini sotuvga qo‘ydi.
Muqaddam bedarak yo‘qolganlardan 1 nafari topilib, ilgari sodir qilgan jinoyati uchun sud va tergovdan qochib yurgan 10 nafar shaxs ushlandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida tashkil qilingan sport tibbiyoti masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yangi metodik qo‘llanmalar ko‘rib chiqildi.
Xorijiy davlatlarda amal qilishi uchun beriladigan hujjatlarni tasdiqlash davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi deputatlar, hokimlar, vazirlar va bosh vazir o‘rinbosarlarining o‘rtacha oylik maoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.
Toshkent va Shahrisabzda shifokorlarni ishdan bo‘shatish va boshqa bo‘limga o‘tkazish bilan bog‘liq qonunbuzilishlar bartaraf etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier kompaniyasi bilan uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik bitimini imzoladi.
«Turizm to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.
O‘zbekistonda kelgusi o‘quv yilidan boshlab OTMlarda 72 ta yangi ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi.
Samvel Babayan «Bunyodkor» kafilligi ostida O‘FA Ijroqo‘mi tomonidan afv etilganidan so‘ng «Lokomotiv» klubida ish boshladi.
O‘zbekistonning Indoneziyadagi favqulodda va muxtor Elchisi Ulug‘bek Rozuqulov ASEAN Bosh kotibi Dato Lim Jok Xoyga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Shuhrat Teshayev qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezidentning «II Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi.
Hukumat qarori bilan davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Jizzax viloyatida o‘quvchining o‘limiga mushtlashuvda olgan jarohati emas, yurak xastaligi sabab bo‘lgan, deya ma’lum qildi XTV va Bosh prokuratura.
Akram Egamov Samarqand shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting