Arxiv

1 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 fevral 2022, 22:00

1 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda joriy etiladigan Inson qadri indeksi va uning ko‘rsatkichlari, qonun nomiga tortishgan deputatlar, snosga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lanishi, telekanallardagi filmlar ketiga tushgan AOKA, o‘quvchilarga uy vazifalarini messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali jo‘natishga ruhsat berilgani, Firdavs Abduxoliqovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 1 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Ayiq voleriga tashlab yuborilgan qizcha bilan bog‘liq hodisa: tafsilotlar
1 fevral 2022, 19:15

Ayiq voleriga tashlab yuborilgan qizcha bilan bog‘liq hodisa: tafsilotlar

Toshkent hayvonot bog‘chasida ayiq voleriga o‘zining uch yoshli qizini tashlab yuborgan ayol psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turgan, oilada bosimga uchragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqchi bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari.

Toshkentda IIV xodimlari elektroshokerlardan foydalanishni boshladi
1 fevral 2022, 18:50

Toshkentda IIV xodimlari elektroshokerlardan foydalanishni boshladi

Toshkentda ichki ishlar organlarining deyarli barcha bo‘linmalari elektroshoker qurilmalari bilan ta’minlandi. Ulardan yo‘l-patrul xizmatini va jamoat tartibini ta’minlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan xodimlar foydalanadi. Xodimlar SSV bilan kelishilgan maxsus tayyorgarlikdan ham o‘tgan.

«Davlat yoki jamoat?» Qonun loyihasi nomi deputatlar o‘rtasida bahsga sabab bo‘ldi
1 fevral 2022, 18:42

«Davlat yoki jamoat?» Qonun loyihasi nomi deputatlar o‘rtasida bahsga sabab bo‘ldi

Qonun loyihasi nomida yer uchastkalarini olib qo‘yish «davlat ehtiyoji uchun» emas, balki «jamoat ehtiyojlari uchun» deb qayd etilgani deputatlar o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Rasul Kusherbayev «gap nomda emas, balki qonunni ishlashida» ekanligini qayd etdi. Boshqa deputatlar esa «jamoat» tushunchasiga qonunchilikda ta’rif yo‘qligi, «mavhum narsa hech qachon xalqqa foyda keltirmasligini» ta’kidlashdi. Doniyor G‘aniyev esa adliya vaziri o‘rinbosari bilan tortishdi. Bahslarga quyi palata spikeri yakun yasadi.

Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy ish ochildi
1 fevral 2022, 18:33

Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy ish ochildi

Bosh prokuratura Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atdi. U o‘zining turmush o‘rtog‘i, qizi va o‘g‘li ta’sischilari bo‘lgan Sevimli telekanaliga davlat buyurtmalarini berganlikda gumon qilinmoqda. Abduxoliqov ko‘pi bilan 8,1 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin.

O‘quvchilar uy vazifalarini messenjerlar orqali yuborishi mumkin bo‘ladi
1 fevral 2022, 18:25

O‘quvchilar uy vazifalarini messenjerlar orqali yuborishi mumkin bo‘ladi

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarga masofaviy ta’lim jarayonida bajarilgan uy vazifalarini o‘qituvchilarga faqatgina Kundalik tizimi orqali emas, balki messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yuborishga ruxsat berdi.

O‘zbekistonda biatlon federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
1 fevral 2022, 17:53

O‘zbekistonda biatlon federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Adliya vazirligi O‘zbekiston biatlon federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

AOKA davlat telekanalida «Baunti» filmining ochiq sahnalari namoyish etilganini o‘rganmoqda
1 fevral 2022, 17:37

AOKA davlat telekanalida «Baunti» filmining ochiq sahnalari namoyish etilganini o‘rganmoqda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Kinoteatr» davlat telekanalida namoyish etilgan «Baunti» filmining ochiq sahnalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib bormoqda.

1-martdan imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga kompensatsiya to‘lab boriladi
1 fevral 2022, 17:34

1-martdan imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga kompensatsiya to‘lab boriladi

Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 1 martdan barcha imtiyozli toifaga kiruvchi qo‘shimcha 30 ming nafar fuqaroga, ularning pensiya nafaqa olishi yoki mehnat faoliyatini olib bormasligidan qat’iy nazar, 130 ming so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi joriy qilinadi. Bundan tashqari, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensionerlarga har oy 289 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi.

JICA Qoraqalpog‘istonda tibbiy xizmatni rivojlantirishga qariyb $7 mln ajratdi
1 fevral 2022, 17:25

JICA Qoraqalpog‘istonda tibbiy xizmatni rivojlantirishga qariyb $7 mln ajratdi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qoshidagi innovatsion klinikada tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash loyihasi uchun qariyb 6,9 million dollar ajratdi.

DXX Tojikistondan olib kirilgan 10,7 kg gashish va 2 kg opiyni musodara qildi
1 fevral 2022, 16:57

DXX Tojikistondan olib kirilgan 10,7 kg gashish va 2 kg opiyni musodara qildi

DXX Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan 10,7 kg «gashish» va 2 kgdan ortiq «opiy» giyohvand moddalarini musodara qildi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida Qirg‘izistondan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar aniqlangan.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
1 fevral 2022, 16:26

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,14 so‘mga ko‘tarilib, 10 813 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro kursi 102,09 so‘mga, rubl kursi esa 0,89 so‘mga yuqoriladi. Ushbu o‘zgarishlar 2 fevraldan kuchga kiradi.

O‘zbekiston 2021-yilda Tojikistondan 23 mln dollarlik elektr energiyasi import qilgan
1 fevral 2022, 15:47

O‘zbekiston 2021-yilda Tojikistondan 23 mln dollarlik elektr energiyasi import qilgan

Tojikiston 2021-yilda 2,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan. Shundan 1 mlrd kVt/soat resurslarni Afg‘oniston 55 mln dollarga sotib olgan. O‘zbekiston ham xuddi shu miqdordagi elektr energiyasi importi uchun 23 mln dollar mablag‘ sarflagan.

Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
1 fevral 2022, 15:34

Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet O‘zbekistonda fevral oyidagi ob-havoning o‘ziga xos xususiyatlari hamda eng issiq va eng sovuq kechgan fevral oylari haqida ma’lumot berdi. Sinoptiklar bu yil fevral oyida ob-havoning dastlabki prognozini ham tuzib chiqdi.

«Snos»ga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lab beriladi
1 fevral 2022, 15:31

«Snos»ga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lab beriladi

Deputatlar ko‘rib chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, hujjati bo‘lmagan uylar «snos» ga tushganda, ularga ham kompensatsiya to‘lab berish taklif etilmoqda. Bunda da’vogar mulkka 15 yil davomida oshkora va uzluksiz egalik qilgan hamda soliqlarni to‘lagan bo‘lishi lozim. Loyiha qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Inson qadri indeksi qanday ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi?
1 fevral 2022, 15:09

Inson qadri indeksi qanday ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi?

Toshkentdagi mahallalar aholisi muammolarini o‘rganish uchun joriy qilinadigan Inson qadri indeksini 8 ta ko‘rsatkich asosida hisoblab chiqish taklif etilgan. Bularga sog‘liqni saqlash, ta’lim, xavfsizlik, bandlik, daromad va boshqa yo‘nalishlar kiradi. Prezident ushbu indeks qaysi fuqaro yoki xonadon bilan birinchi navbatda ishlash kerakligini aniqlab berishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini qayta tikladi
1 fevral 2022, 15:04

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini qayta tikladi

Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ayni vaqtda energiyani yetkazib berish qayta tiklangan.

Senat hukumatga gaz ballonli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha so‘rov yuboradi
1 fevral 2022, 14:55

Senat hukumatga gaz ballonli transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha so‘rov yuboradi

Senat hukumatga gaz ballon bilan jihozlangan transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha parlament so‘rovi tayyorlamoqda. 2021 yilda shu turdagi transport vositalaridagi 14 ta portlash va 2 ta yong‘in natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jarohatlangan.

Yangi koronavirus holatlarining 85 foizi omikron shtammiga to‘g‘ri kelmoqda — Zangiota shifoxonasi direktori
1 fevral 2022, 13:16

Yangi koronavirus holatlarining 85 foizi omikron shtammiga to‘g‘ri kelmoqda — Zangiota shifoxonasi direktori

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov O‘zbekistonda koronavirus bilan yangi kasallanish holatlarining 85 foizi «omikron», 15 foizi «delta» shtammiga to‘g‘ri kelayotganligini ta’kidladi. Uning aytishicha, aksariyat bemorlar kasalxonada davolanishi shart emas, lekin vahima sababli odamlar turli yo‘llar bilan shifoxonada davolanishga harakat qilmoqda.

Yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaydi
1 fevral 2022, 12:29

Yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaydi

2022-yilning yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,9 foizni, yillik nisbatda esa 9,8 foizni tashkil qildi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga oshgan, eng qimmatlagan sohalardan biri restoran va mehmonxonalar xizmatlari bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting