O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
11 fevraldan elektr energiyasi uchun qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilarga muddati o‘tgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya hisoblash boshlandi. Penya hisoblash 2017 yilda to‘xtatilgan edi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonda BMTning qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi majburiyatlarini bajarish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev g‘alla parvarishini tizimli tashkil etish va hosilga-hosil qo‘shish bo‘yicha amalga oshiriladigan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Vengriyada yunon-rum kurashi bo‘yicha Gran-pri turnirida Ilhom Bahromov oltin, Javohir Mirahmedov bronza va Feruz To‘xtayev kumush medal sohibiga aylandi.
Namanganda o‘zini prokuratura xodimi deya tanishtirib, 2 900 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgan shaxs ustidan hukm o‘qildi.
25−27-fevral kunlari quruq va iliq ob-havo hukmronlik qilishi, janub va cho‘l hududlarida ushbu davr uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2−4 daraja yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda. Mart bir oz yog‘ingarchiliklar bilan boshlanadi.
Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya 5−7 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan Malayziya muftiysi Zaynul Abidin O‘zbekistonning faxriy ziyorat turizm elchisi etib tayinlandi.
Ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, jismoniy tarbiya o‘qituvchisini tayinlash, ho‘l meva eksporti va metallurgiya bilan bog‘liq talablar o‘zgardi.
Askar Mamin Qozog‘istonning yangi bosh vaziri bo‘ldi. Avvalroq prezident Nursulton Nazarboyev mamlakat hukumatini iste’foga chiqargan edi.
Otabek Mustafoyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.
Qashqadaryo viloyatida GTL zavodi qurilish maydonchasiga O‘zbekiston hududi bo‘ylab yuzlab tonna vaznga ega yirik texnologik uskunalar tashilmoqda. Foto.
«Ijtimoiy fikr» markazi internet orqali ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan blits-so‘rovlar o‘tkazadi.
«Yashil kitob» kartinasi eng yaxshi film nominatsiyasida «Oskar"ni qo‘lga kiritdi, Oliviya Kolman eng yaxshi aktrisa, Rami Malek eng yaxshi aktyor sifatida tan olindi.
Anhor bo‘yidagi 78-uyning eng kamida uchta xonadonida odamlar yashashda davom etmoqda. Hokimiyat bayonotiga qaramasdan buzish ishlari davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati hokimligida Xitoyning «Zhongye Wanda» va Tayvanning «Kai Shing Trading Co Ltd» kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Saudiya Arabistoni ilk bor AQSHdagi elchi lavozimiga ayol kishini — malika Rim bint Bandarni tayinladi.
«Farg‘ona» chegara bojxona postida sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar, qovun va tarvuz urug‘i hamda shokolad mahsulotlari to‘xtatildi.
Osiyo olimpiya kengashi prezidenti As-Sabah Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini muhokama qilish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting