O‘zbekistonning «biznes yuritish» yillik reytingidagi o‘rnini ko‘tarish Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlarida sotilayotgan sun’iy tuxumlar borasida ogohlantirdi.
Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi hamda byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov meksikalik Edgar Puertoni nokautga uchratdi.
Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarixiy yoki arxitekturaviy qiymatga ega bo‘lish ehtimoli bor binolarni buzishga moratoriy joriy etilishini taklif qildi.
Davlat test markazi rahbariyati OTMlarga talabalarni qabul qilish jarayonidagi o‘zgarishlar yuzasidan izoh berdi.
«Eri» tomonidan o‘zga mamlakatga jinsiy qullikka sotib yuborilgan ayol hikoyasi. Jamoat tashkilotlari yordami bilan u vatanga qaytarildi.
XTV Toshkentda maktablarni buzish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maktablar ro‘yxati samarali ta’lim muassasalari reytingidan olingan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda besh kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari yosh bolalar.
Innovatsiya vazirligi amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirishni boshladi.
Shayxontohur tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikkita sher bolasini sotayotgan fuqarolarning ishi fosh etildi.
Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Prezident qarori bilan fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish fevral-martdan mart-aprelga ko‘chirildi.
Hukumat qarori bilan Sardor Kariyev SSV huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hukumat qarori bilan Abrol Vahobov bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Toshkent hokimiyati Mustaqillik ko‘chasidagi Davlat konservatoriyasining eski binosini buzish rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.
Juma kuni ertalabdan Toshkentning bir qator tumanlarida suv bosimining pasayishi va uzilishlar Qibray tumanidagi GES podstansiyasida yuzaga kelgan yong‘in bilan bog‘liq. Yong‘inda ikki ishchi jarohatlandi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jahon banki missiyasi rahbari Alfonso Garsia Mora bilan uchrashdi.
Oila kodeksiga ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari o‘rtasida nikoh tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutuvchi qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting