Har bir hududda tashkil etiladigan prezident maktablarining dastlabkisi Nukusda qurilishi rejalashtirilmoqda.
Chilonzorda psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi. 23 ta jinoyat ishi ochilib, 28 nafar fuqaroga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Yekaterinburgda O‘zbekiston bosh konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oylik berishda soliq qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab qilish qonunga zid. Adliya vazirligining bu boradagi monitoringida ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlandi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi aholidan 2019 yilgi islohotlar bo‘yicha takliflarni qabul qilmoqda.
GM Uzbekistan Damas va Labo uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi. 128,2 ming ariza topshirilgan bo‘lsa, 2019 yilda 54 mingta mashina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasining Toshkent-Mumbay reysi samolyoti yo‘lovchilardan birida yurak xuruji tutgani sababli Samarqandga favqulodda qo‘ndi.
Buxoro shahrida «Saylov qonunchiligini takomillashtirish va demokratik saylovlar: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi.
«E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 1253 ta bo‘sh yer uchastkalari 9 milliard 967 million 800 ming so‘mga sotildi.
Angrenda piyodani urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan holda voqea joyidan qochib ketgan haydovchi A.P. ushlandi. Hozirda tergov davom etmoqda.
Madaniyat vazirligi hamda Teatr arboblari uyushmasi hamkorligida Yosh rejissyorlarning «Debyut-2018» V respublika ko‘rik-festivali o‘tkazilmoqda.
Qoraqalpog‘istonga safar qilgan Shavkat Mirziyoyev Qo‘ng‘irot tumanidagi oilaviy poliklinikani ham ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekistonda eng noyob qushlardan biri — krechyotkalar jahon populyatsiyasining yarmi qayd etildi. Qushlar janubga kuzgi ko‘chish vaqtida Tollimarjon suv omborida to‘xtaydi.
Antibiotiklarga chidamlilik odamlar salomatligiga tahdid sifatida baholanmoqda. O‘zbekistonda antibiotiklar tayinlash va ularni dorixonalarda sotilishi ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Jizzax viloyatida o‘qituvchilardan mahalliy futbol klubi uchun 272,15 million so‘m mablag‘ yig‘ilgani aniqlandi va hozirda ushbu mablag‘larni qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida maxsus QR-kod bilan himoyalangan kadastr pasporti berilishi ko‘zda tutilgan.
Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiya forumini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorida investorga yer uchastkalarini elektron auksion o‘tkazmasdan ajratish ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev Qanliko‘l tumanida bunyod etilgan «Kanteks invest» to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida Livan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting