Oktyabrda Toshkentdagi ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan o‘rtacha narxlar sentyabrga nisbatan o‘zgarmadi.
Tomoshabinlar talqini bo‘yicha 2018 yilning eng yaxshi filmlari nomi e’lon qilindi.
Bosh prokuratura 10 oy ichida prokuratura organlari xodimlariga pora taklif qilish bo‘yicha 81 holatni fosh etdi.
Amerikaning Oracle kompaniyasi O‘zbekiston maktablarida IT-ta’lim dasturlarini joriy etishi mumkin.
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda badiiy film va teleserial tasvirga olishni mo‘ljallamoqda.
Prezident 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Toshkent hokimiyati shaharda veloyo‘laklar tarmog‘ini rivojlantirishda velohamjamiyatlar fikrlarini hisobga oladi. Jarayonga xorijiy ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyada vizasiz qolish muddati 30 kundan 90 kunga uzaytirildi.
Xorazm viloyatida yuridik shaxs maqomida faoliyat ko‘rsatayotgan 19762 ta korxona mavjud bo‘lib, bugungi kunda 676 ta korxonaning tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan.
Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi «Trastbank"ka 4 mln AQSH dollari miqdorida savdoni moliyalashtirish liniyasini ajratdi.
Turkmanistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar tantanali tarzda kutib olindi.
Prezident qarori bilan respublika hududida xorijiy malakali mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Davlat MTMlari dam olish kunlari va ish kuni tugagandan so‘ng bolalarga qarash va ularga ta’lim berish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin. Olingan mablag‘lar MTMlarni qayta jihozlash va xodimlarga ustama uchun yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Avstraliyaning Brisben shahrida Livan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini «Cbus Super Stadium» o‘yingohida o‘tkazadi.
«Debyut-2018» V respublika ko‘rik-festivalida namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilish bepul.
Taniqli jurnalist va BMTning O‘zbekistondagi Axborot ofisi rahbari Bobur Komilov uzoq xastalikdan so‘ng vafot etdi.
12 noyabrga o‘tar kechasi havo soviydi, seshanbaga o‘tar kechasi qor yog‘ishi, shamol tezligi 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yanvarda Qozog‘istonda 52 nafar O‘zbekiston fuqarosining yong‘inda halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan haydovchilar besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Toshkentdagi 324-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi Janubiy Koreya standartlariga yaqinlashtirilgan holda rekonstruksiya qilindi. Muassasaning joriy yilda ochilishi kutilmoqda.
Poytaxt hokimiyati va uning qoshidagi Jamoatchilik kengashi shaharda hayot darajasini oshirishga qaratilgan «Toshkent-2025: transformatsiya» loyihasini taqdim etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting