Iyulda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin jamg‘arilishi va qimmatlashishi fonida 1,06 mlrd dollarga — rekord darajadagi 37,4 mlrd dollargacha oshdi. Qimmatbaho metallning fizik hajmi yana 9,6 tonnaga, qiymati esa 1,8 mlrd dollarga ko‘tarildi.
Elektromobil va gibrid avtomobillarni quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi Tok Bor kompaniyasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan ustun mavqega ega deb topildi. Uning bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda fuqarolarni pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Yana bir holatda esa ingliz tili bo‘yicha sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan kishi ushlandi.
Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yubordi. YHXBga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan, hozirda surishtiruv olib borilmoqda.
Olimpiadaning 13-kunida bokschi Hasanboy Do‘smatov finalda, Abdumalik Xalokov yarim finalda jang qiladi. Taxmina Ikromova badiiy gimnastika, Ulug‘bek Rashitov esa taekvondo bahslariga kirishadi. Zamonaviy beshkurashda Alise Faxrutdinova, erkin kurashda G‘ulomjon Abdullayev va Javrail Shapiyev bahs olib boradi.
Anvar Baymuratov Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumaniga hokim etib tayinlandi. Bungacha u ayni shu hudud hokimiga o‘rinbosar edi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Parij Olimpiadasi finaliga yo‘l oldi. U Olimpiada o‘yinlarida “oltin” uchun jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘lmoqda.
Ukraina qo‘shinlari 6-avgust kuni ertalab Rossiyaning Kursk viloyatiga kirdi va, ehtimol, 10 kilometr oldinga siljidi. Rossiya Mudofaa vazirligi yurish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vladimir Zelenskiy esa “Rossiyaga qanchalik ko‘p bosim o‘tkazilsa, tinchlik shunchalik yaqin bo‘lishini” aytdi.
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Parij Olimpiadasini medalsiz yakunladi. 40 yoshli Rustam Assakalov (-97 kg) bronza uchun jangda yelkasidan jarohat olib, bahsni muddatidan avval to‘xtatdi. Aram Vardanyan (-77 kg) ham 3-o‘rin uchun bellashuvda mag‘lub bo‘ldi. Islom Bahromov (-60 kg) esa ¼ finalgacha yetib bordi.
Toshkent xalqaro aeroporti uchish zalining “steril” hududi 2000 kvadrat metrga kengaytirildi. Bu umumiy zalni B5-B6-B7 chiqish yo‘laklari bilan ulash imkonini beradi. Ushbu hududda Hardee’s, Pizza Hut, La Croissanterie va Pinkberry brendlari mavjud fudkort ochiladi.
Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta avtomobil, Chilonzor tumanida esa 5 ta avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi. Rasmiylar to‘qnashuvlarda jarohat olganlar yo‘qligini aytmoqda.
Beshta tumanga yangi hokim, Qozog‘istonga borgan Shavkat Mirziyoyev, 15 yilga qamalgan prokuror, uy qamog‘idagilar uchun elektron braslet va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
3−4-avgust kunlari Tokioda karate bo‘yicha uchinchi ochiq jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi 30 ta medal jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 100 kv. metr ochiq maydonda qurigan o‘tlar sabab yong‘in yuzaga keldi. Oqibatda hududda mavjud daraxtlar jiddiy zararlandi. Tergov boshlandi, zarar miqdori aniqlanmoqda, deb yozdi tuman hokimligi.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida kechasi jamoat tartibini buzgani uchun IIB xodimlari tomonidan hushyorxonaga olib ketilayotgan fuqaro qochish maqsadida o‘zini mashinadan tashladi. U jarrohlik amaliyotiga qaramay vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, xodimlarga tekshiruv tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonaga yetib bordi. Uni aeroportda prezident Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi. Rahbarlar 8-avgust kuni Oliy davlatlararo kengash majlisini o‘tkazadi.
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTTD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii 2025-yilda GEF Kichik grantlar dasturining yangi bosqichini boshlash va “Yashil makon” loyihasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish bo‘yicha ikkita kelishuv imzoladi. Orolbo‘yiga 2 mlrd so‘mlik texnik jihozlar olib kelindi.
O‘tgan iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati o‘zining rekord ko‘rsatkichlaridan ancha uzoq bo‘ldi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Oy oxirida maksimal harorat +41, janubda +46 darajaga yetdi.
Iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniyaning o‘rniga Yahyo Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari bo‘ladi. Isroil hukumati uni HAMASning 7-oktabrdagi hujumlariga boshchilik qilganlardan deb biladi.
Click vakillari kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga ilhomlantiradigan narsalar bilan o‘rtoqlashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting