Arxiv

O‘zbekistonda besh yil ichida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar 4,4 barobarga oshdi
26 fevral 2024, 11:42

O‘zbekistonda besh yil ichida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar 4,4 barobarga oshdi

O‘zbekistonda 2023-yilda qariyb 3600 nafar voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etdi. Besh yil davomida bu ko‘rsatkich qariyb 4,4 barobarga oshdi. Yil davomida tovlamachilik 70, bezorilik 60, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 40, nomusga tegish va odam o‘ldirishga urinish esa 20 foizga ko‘paydi.

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘adi
26 fevral 2024, 11:30

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘adi

Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekistonda ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari 0…-5, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Poytaxtda esa 28-fevral va 1-martda yog‘ingarchilik kuzatiladi.

Bir kunda 2 ta avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi — “Toshshahartransxizmat”
26 fevral 2024, 11:01

Bir kunda 2 ta avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi — “Toshshahartransxizmat”

Dushanba kuni tongda 174-sonli Mercedes-Benz avtobusining tormoz tizimidagi nosozlik sabab yong‘in sodir bo‘ldi. Shuningdek, 33-sonli Mercedes-Benz avtobusida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqdi. Hodisalar oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat”.

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilsonga 9,2 mln yevro to‘lashi kerak — FIFA qarori
26 fevral 2024, 10:54

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilsonga 9,2 mln yevro to‘lashi kerak — FIFA qarori

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubini braziliyalik futbolchilarga qariyb 9,2 million yevro (taxminan 124 milliard so‘m) to‘lash majburiyatini yukladi. Tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy mojarolar 2010-yildan beri davom etib kelmoqda.

Buxoroning tarixiy qismi yaqinidagi turistik markaz loyihasi 470 mln dollarga baholanmoqda
26 fevral 2024, 10:35

Buxoroning tarixiy qismi yaqinidagi turistik markaz loyihasi 470 mln dollarga baholanmoqda

Buxoroning tarixiy qismi bilan chegarada etnografik sayyohlik markazi qurilishi 470 mln dollarga baholanmoqda. Hokimlik YUNESKO xulosasini olgandan keyingina yakuniy qaror qabul qilib, qurilish ishlarini boshlashini bildirgandi, biroq stadionni buzish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

Jizzaxda Nexia 3 va Cobalt o‘zaro to‘qnashishi ortidan haydovchilardan biri vafot etdi
26 fevral 2024, 10:34

Jizzaxda Nexia 3 va Cobalt o‘zaro to‘qnashishi ortidan haydovchilardan biri vafot etdi

Jizzaxdagi katta yo‘lda Nexia 3 bilan Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Cobalt haydovchisining yo‘l qoidasini buzgani sabab YTHda haydovchilardan biri vafot etdi.

Qashqadaryoda maktab direktori o‘rinbosari va o‘quvchi bir-birini kaltakladi
26 fevral 2024, 09:56

Qashqadaryoda maktab direktori o‘rinbosari va o‘quvchi bir-birini kaltakladi

Shahrisabz shahridagi 1-maktabda direktor o‘rinbosari va 10-sinf o‘quvchisi bir-birini kaltakladi. Voqeaga o‘quvchilarning dars paytida qor o‘ynagani va buning ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan. Ularning ikkisi ham shifoxonaga yotqizildi.

Amiti universitetida ingliz tilidan xalqaro olimpiada tashkil qilindi
25 fevral 2024, 19:00

Amiti universitetida ingliz tilidan xalqaro olimpiada tashkil qilindi

Toshkentdagi Amiti universitetida 25-fevral kuni ingliz tili fanidan xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga UZCARD va Thompson School tomonidan sovg‘alar topshirildi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yakuniy sud qarori 26-fevralda e’lon qilinadi
25 fevral 2024, 15:30

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yakuniy sud qarori 26-fevralda e’lon qilinadi

69 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilgan “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy sud qarori 26-fevralda e’lon qilinadi. Sud 2023-yilning avgustida boshlangandi.

Dohada “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi — foto
25 fevral 2024, 14:22

Dohada “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi — foto

Qatarning Doha shahridagi dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 49 ta qo‘l mehnati namunasi, jumladan yog‘och, ikat shoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlar o‘rin olgan. Ko‘rgazma ochilishida prezident yordamchisi Saida Mirziyeyova ham qatnashdi.

Surxondaryoda Nexia-3 “KamAZ” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi vafot etdi
25 fevral 2024, 10:41

Surxondaryoda Nexia-3 “KamAZ” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi vafot etdi

Qiziriq tumanida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan Nexia-3 avtomobili “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 4 nafar yo‘lovchi vafot etdi.

Xorazmda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
25 fevral 2024, 10:31

Xorazmda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Urganch tumanida fermer xo‘jaligi qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Buning oqibatida davlatga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 374 mln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi
25 fevral 2024, 10:20

Toshkentga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi

Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi keltirildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqariladi. May oxiriga qadar yana shunday 8 ta metro poyezdi olib kelish reja qilinmoqda.

Qashqadaryoda bloger 10 sutkaga qamaldi
25 fevral 2024, 09:45

Qashqadaryoda bloger 10 sutkaga qamaldi

TikTok va YouTube`da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilgan bloger 10 sutkaga qamaldi. U mayda bezorilik hamda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi.

Dehqonobod va Xiva tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
25 fevral 2024, 09:20

Dehqonobod va Xiva tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Sherzod Shokirov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumaniga, Sardor Palvanov Xorazm viloyatining Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi.

“Maktabni qamoqxonaga aylantirish davom etmoqda”. Faollar Navoiyda o‘quvchilarning sochi majburan kaltalangani haqida
24 fevral 2024, 22:37 1

“Maktabni qamoqxonaga aylantirish davom etmoqda”. Faollar Navoiyda o‘quvchilarning sochi majburan kaltalangani haqida

Navoiy shahridagi maktabda o‘quvchi yigitlarning sochi ommaviy kaltalangani jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar qamoqdagi bolaninggina sochi majburiy olinishini aytsa, ba’zilar maktab islohotini ularga suv, hojatxona va kompyuterlarni olib borishdan boshlagan yaxshiroq, degan fikrda. Munosabatlar.

Gorbachyovdan Mirziyoyevgacha: O‘nlab siyosiy rahbarlarni suratga olgan Shonazar Ibrohimov bilan suhbat
24 fevral 2024, 20:15

Gorbachyovdan Mirziyoyevgacha: O‘nlab siyosiy rahbarlarni suratga olgan Shonazar Ibrohimov bilan suhbat

77 yoshli fotograf Shonazar Ibrohimov umrining 40 yilini jurnalistikasiga bag‘ishlagan. U o‘z davrida Sharof Rashidov, Inomjon Usmonxo‘jayev, Rafiq Nishonov, Islom Karimov kabi O‘zbekiston rahbarlarining yonida yurib, ularni suratga tushirgan. “Gazeta.uz” muxbiri Shonazar Ibrohimov bilan suhbatlashdi.

Nima o‘qiymiz? Adabiyotshunos Akbar Nurmatov tavsiya qiladi
24 fevral 2024, 19:43

Nima o‘qiymiz? Adabiyotshunos Akbar Nurmatov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

DXX 3 ta viloyatda korrupsiya va firibgarlikda gumonlanayotgan mansabdorlarni qo‘lga oldi
24 fevral 2024, 16:11

DXX 3 ta viloyatda korrupsiya va firibgarlikda gumonlanayotgan mansabdorlarni qo‘lga oldi

DXX 3 ta viloyatda, jumladan, Jizzaxda o‘tkazgan reydda IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Farg‘onada esa elektr tarmoqlari korxonasi bo‘limi boshlig‘i firibgarlikda ayblanmoqda. Milliy gvardiyaning Samarqanddagi xodimlaridan biri ham pora olishda gumonlanyapti.

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayev qo‘lga olindi
24 fevral 2024, 14:46

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayev qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tovlamachilikda gumon qilinayotgan “Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuxrat Qudratullayevni qo‘lga oldi. U avvalroq qidiruvga berilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting