7-may, shanba haftasiga necha kun ishlashidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. 14-may esa dam olish kuni sifatida belgilandi. Qolaversa, o‘zbekistonliklar 8−9-may kunlari ketma-ket ikki kun dam oladi.
UEFA Chempionlar ligasi finalida Angliyaning «Liverpul» klubi Ispaniyaning «Real Madrid» klubiga qarshi maydonga tushadi. Final o‘yini 28 may kuni Parijdagi «Stad-de-Frans» stadionida bo‘lib o‘tadi.
May-iyul oylarida O‘zbekistonning barcha hududlarida fuqarolar muammolari bilan ishlash uchun sayyor qabullar tashkil etiladi. 20 dan ortiq vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etadigan qabullar Farg‘ona viloyatidan boshlanadi. Qabul kunlari va manzillar.
DXX va bojxona xodimlari «Samarqand» xalqaro aeroportida 1,5 mln rublni rasmiylashtirmasdan O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga olishdi.
4 may kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ayrim uylar va yo‘llarni suv bosdi. FVV qutqaruvchilari suvda oqib kelayotgan 20 yoshli fuqaroni qutqarib qolishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
6−8 may kunlari Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa maydonida Tashkent Flower Fest gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Uni bezatish uchun 2 milliondan ortiq gullardan foydalaniladi.
Umida Omonova Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham rapid, ham blits bo‘yicha g‘alaba qozonib, musobaqani ikkita oltin bilan tugatdi. Humoyun Bekmurodov esa «Open12» guruhida ikkala yo‘nalishda ham kumush medali sohibi bo‘ldi.
Prezident Vladimir Putin O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish muddatini 7 kundan 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi. Xuddi shunday tartib O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyaliklar uchun ham nazarda tutilgan.
Pandemiya davrida ochilgan Sardor Rahimxon boshchiligidagi «Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha yopildi. Tashkilotchi qaror ortidan xatolarni isloh qilib, rasmiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsad qilinganini ta’kidladi.
Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich 88-yoshida vafot etdi. U 1991 yilda SSSR tugatilishi va MDH tashkil etilishi bo‘yicha Belovej kelishuvlarida Belarus vakili sifatida ishtirok etgan edi.
O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida o‘zbek chegarachilarining o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan otishma haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda TIV. «Chegaradagi vaziyat tinchligicha qolmoqda, janubiy chegaralarni himoya qilish odatdagi rejimda olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Seshanba kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 o‘zbekistonlik va uy egasi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in tufayli vafot etdi. Yong‘inga sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab bo‘lgani aytildi.
Prezident Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi. Qurilish ishlari 2020 yilning yozidan beri olib borilayotgan edi.
Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE o‘smirlar jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova (16 yosh) jahon chempioni bo‘ldi, Humoyun Bekmurodov (12 yosh) esa kumush medali sohibiga aylandi.
O‘zbekiston «Chegarasiz reportyorlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 24 pog‘onaga ko‘tarilib, 133-o‘rinni egalladi. Bunday keskin o‘zgarish reyting metodologiyasining yangilangani bilan bog‘liq. Mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat oldingidek «murakkab» deya baholanmoqda.
OTMga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan o‘tkazilib, ularning qat’iy ro‘yxati yagona hujjatda shakllantirilishi mumkin. Tegishli prezident qarori loyihasida ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish ham nazarda tutilgan. Shuningdek, o‘qishni ko‘chirish jarayoni raqamlashtirilishi mumkin.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 4 may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmayapti.
2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.
Tug‘ruqxonalar oldida, istirohat bog‘larida va to‘y-bazmlarda Mikki Maus, Burunduq hamda boshqa mashhur multfilmlar qahramonlari kostyumlarini kiyib olgan odamlarni uchratish mumkin. Animatorlar niqoblari ortida kim yashirinadi, bu ish uchun qancha haq to‘lashadi va bunday kiyimning ichida bo‘lish qanchalik issiq — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam ushbu savollarga javob izladi.
Aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari 1,47%ga qimmatlashdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,4%ga tushdi. Oziq-ovqat narxlari oldingi yillarga nisbatan sekinroq, sanoat tovarlari esa tezroq o‘sgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting