Ozarbayjonning Pasha Holding kompaniyasi Toshkentda besh yulduzli Ritz-Carlton mehmonxonasi qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 200 mln dollarga baholanmoqda.
El-Nino tabiiy hodisasi tufayli O‘zbekistonda 2024-yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. O‘zgidromet O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli bo‘lishini ma’lum qildi. Shuningdek, quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston hukumati “shimoldan” gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini 500 mln dollarga modernizatsiya qilmoqchi. O‘zbekiston hozirda bu yo‘nalish orqali Rossiya gazini oladi. Yetkazib berish hajmini kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotganlarga soliq solish tizimi joriy etilishi mumkin. Ushbu chora avtomobillarni qayta sotishda chayqovchilikning oldini olishga qaratilgan. Shuningdek, daromad solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar soni kamaytirilishi mumkin.
Energetika vazirligi kunning tig‘iz vaqtlarida avvalroq elektr energiyasi yetkazib berish va metan “zapravkalar” faoliyatiga nisbatan kiritilgan cheklovlar davom etishini ma’lum qildi. Holat yaxshi tomonga o‘zgargunga qadar bugun ham (20-fevral) ma’lum cheklovlar kiritilishi mumkin, deya ogohlantirdi vazirlik.
20-fevral kuni Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev Prezident yosh kadrlari zaxirasidagi yoshlarga murojaat qilib, avlodlar almashinuvi, davlat xizmatchilarining ish vaqti va maoshi, gender balansi masalalari haqida fikr bildirdi. “Biz nafaqaga chiqamiz, siz esa bizning o‘rnimizni egallaysiz”, — dedi u.
“Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot muhokamalar portaliga joylashtiriladi. Bunda jamoatchilikning taklif va tavsiyalari hisobga olinadi.
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Yaponiyadan 246,2 mln dollardan ortiq kredit oladi.
Yakkasaroy tumanida 69-sonli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib Cobalt bilan, so‘ngra boshqa bir avtobus bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida yo‘lovchilar biri jarohat oldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonchasida temir konstruksiyalarning qulashi oqibatida 3 ishchi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi, ularning barchasi Hindiston fuqarolari hisoblanadi.
OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonida tom qulab, ishchilarni bosib qoldi. Bosh prokuraturaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi jarohatlangan.
O‘zbekistonda chiqindi poligonlarini investitsiyalar kiritishga jozibador qilish uchun ularning bufer hududlariga maxsus iqtisodiy zonalar rejimini joriy etish, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi hamda organik usulda o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham xabardor emasligini ta’kidladi. Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalangani yo‘q.
Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasi mart oyi o‘rtalaridan Toshkent va Varshava orasida aviaqatnovlarni boshlaydi. U pandemiyadan keyin O‘zbekiston poytaxtidan Yevropa shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan birinchi Yevropa aviakompaniyasi bo‘ladi.
Deputatlar qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi bo‘yicha qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda.
O‘zbekistonda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi. Shuningdek, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berilishi belgilandi.
Eronda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Aprel oyidan Nukusdan Istanbulga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, bitta L-410 samolyoti Qoraqalpog‘istonga ichki reyslar uchun ajratiladi.
Surxondaryo viloyati hokimiga Sherali Jo‘rayev, Navoiy viloyati hokimiga esa Elbek G‘afforov o‘rinbosar etib tayinlandi.
O‘zbekistonda o‘quvchilarning 14 mingdan ziyodi maktabga muntazam bormayotgani aniqlandi, deya ma’lum qildi Maktab vazirligi boshqarma boshlig‘i. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarildi. 2023-yilda farzandining ta’lim-tarbiyasida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ortiq ota-ona javobgarlikka tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting