BMT Bosh assambleyasi Ukraina atom inshootlari xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Unda Rossiyadan Zaporoje AESdan qo‘shinlarini zudlik bilan olib chiqib ketish va uni to‘liq Ukraina hukumati nazoratiga qaytarish talab etiladi.
Chirchiq shahrida Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali tashkil etiladi. Filialga belgilangan tartibda litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Iyun oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda 77,6 mingta yengil avtomobil oldi-sotdisi ro‘yxatga olindi, bu 2021-yil dekabridan beri eng past ko‘rsatkichdir. Eng yuqori pasayish minilgan avtomobillarga to‘g‘ri keldi.
Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya masalasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi zimmasiga yuklanadi, dedi prezident. Hozir kambag‘allik masalalari bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shug‘ullanadi, oldin bunga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi javob bergan.
Farg‘ona viloyatida rahbarlarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi, dedi prezident Quvadagi yig‘ilishda. Viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, 19 ta tuman va shahar hokimlari har kuni 5 nafar tadbirkor va investorni qabul qilib, ularning muammolarini hal etadi.
Rossiyada qarovsiz yoki ota-onasi nazoratisiz qolib ketgan, Voyaga yetmaganlar markazlarida yashayotgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Endi ular ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yidan nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat +30…+35 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Andijon biokimyo zavodi ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd so‘mga Jasminye Gold Group’ga sotildi.
Qonunchilik palatasining ikki vitse-spikeri o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha turli fikrlarni bildirdi. Alisher Qodirov Toshkentda bolaning o‘ldirilishiga oid xabardan so‘ng bunday qotillar “yashamasligi kerak”, dedi. Odiljon Tojiyev esa o‘lim jazosi jinoyatni kamaytirmasligini ta’kidladi.
O‘zbekistonning oltita viloyatidagi tog‘li joylarda 13−16-iyul kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.
Raqobat qo‘mitasi aprel oyi oxirida Andijon viloyatida ishga tushirilgan Shangfeng — Bridge of Friendship O‘zbekiston-Xitoy sement zavodiga nisbatan ish ochdi. Boshqa sement ishlab chiqaruvchilari zavod mahsulotni tannarxidan arzon sotayotganidan shikoyat qildi.
Hukumat qarori bilan avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 4 barobardan ko‘proqqa kengaydi.
Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi, pensiya tizimini takomillashtirish taklifi, 1-avgustdan ishga tushadigan elektr energiyasi bo‘yicha yangi billing tizimi, “Baxti Tashkentskiy"ga 20 yil so‘ragan prokuror va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Marg‘ilonda 110 gektar maydonda yangi turar joy massivi quriladi. Bu yerda 5 ming xonadonli uylar, institutlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, park va boshqa obyektlar bo‘ladi. Prezidentning Marg‘ilon jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.
O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi 1-avgustdan joriy etiladi. Hozirda u Yakkasaroy tumanida sinov tarzida ishga tushirilgan. Unda abonent pasport ma’lumotlaridan tashqari, kadastr va hisobraqamlar haqidagi axborotlar ham aks etadi.
Toshkentda Lacetti yong‘in joyiga ketayotgan Isuzu o‘t o‘chirish mashinasining orqasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatildi.
Qo‘qonda prezidentga Farg‘ona turizm halqasini yaratish konsepsiyasi taqdim etildi. Halqani yaratishdan maqsad — sayyohlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish.
Urganch davlat universiteti dekani abituriyentni ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yish uchun taxminan 35 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Top klublarda o‘ynamaydigan futbolchilar bilan ham zo‘r jamoa tuzsa bo‘ladi! Sautgeyt ayyormi yoki omadi chopgan murabbiy? “Taktika” jamoasi Yevro-2024 yarim finallarining ortda qolgan o‘yinlari haqida so‘z yuritadi.
Prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy” (Baxtiyor Qudratullayev)ga 20 yil, uning o‘g‘illariga nisbatan esa 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. Avvalroq ayblanuvchi nomi oshkor etilmagan davlat tashkiloti undan “ko‘cha”ni nazorat qilishni so‘raganini aytgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting