Arxiv

Uzbekistan Airports yosh spotterlarni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi, IIBB hozircha jim
4 noyabr 2023, 16:39

Uzbekistan Airports yosh spotterlarni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi, IIBB hozircha jim

Uzbekistan Airports Toshkentda aviaspotter bolalarning qo‘lga olinishi yuzasidan bayonot berdi. Kompaniya yosh avlodning spotting harakatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shahar IIBB hozircha holat yuzasidan bayonot bermadi. Hibsga olinganlarning aytishicha, ularga nisbatan munosabat yumshagan.

Toshkentda yosh aviatsiya ishqibozlari qo‘lga olindi
4 noyabr 2023, 15:15

Toshkentda yosh aviatsiya ishqibozlari qo‘lga olindi

Toshkentda samolyotlarni suratga olayotgan maktab o‘quvchilari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Xodimlar ularga baqirib, so‘kib, suratga olish jihozlarini olib ketishdi.

O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinadi
4 noyabr 2023, 14:27

O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilinadi. Shuningdek, hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi, bog‘chalarda Kids karate loyihasi ishga tushiriladi.

Nepaldagi zilzila oqibatida 130 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
4 noyabr 2023, 13:06

Nepaldagi zilzila oqibatida 130 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Nepalda 4-noyabrga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘ldi. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi.

O‘zbekistonda futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi
4 noyabr 2023, 12:00

O‘zbekistonda futbol bo‘yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi

Prezident qarori bilan 2024-yil 1-iyungacha futbol bo‘yicha maxsus telekanal ochiladi. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida Milliy futbol markazi tashkil qilinadi.

Oktabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich
4 noyabr 2023, 11:29

Oktabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich

Oktabr oyi oxirida O‘zbekistonda 1 foizlik inflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya yana 9 foizdan tushdi. Energiya tariflari oshishiga qaramay, bu oxirgi 7 yildagi eng past oylik ko‘rsatkichdir. Iqtisodchining taxmin qilishicha “iqtisodiy haroratni o‘lchaydigan termometr buzilib qolgan”.

Nima tayyorlaymiz: Issiq ichimliklar
4 noyabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Issiq ichimliklar

Anorli, sitrus, zanjabil va oblepixali choy, alkogolsiz “glintveyn” ichimligi, issiq shokolad va boshqalar — Zira.uz kuz mavsumiga mos mazali va foydali issiq ichimliklar retseptlari bilan bo‘lishadi.

Madaniyat vaziriga ikkita birinchi o‘rinbosar tayinlandi
4 noyabr 2023, 09:50

Madaniyat vaziriga ikkita birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Bahodir Ahmedov va Avazxon Tadjixanov birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Yusufjon Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.

Mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlarga nega 3 yil qamoq jazosi berildi?
3 noyabr 2023, 22:49

Mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlarga nega 3 yil qamoq jazosi berildi?

Bosh prokuratura va Oliy sud mas’ullari Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan 2 sobiq amaldorga chiqarilgan hukm to‘g‘ri malakalanganini ta’kidladi. Protsessual harakatlarda nomusga tegish holati topilmadi, dedi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova.

“Dok-1 Maks” bilan zaharlanish eng yosh bolalarda etilenglikolning parchalanish darajasi pastligi sababli og‘irroq kechgan — guvoh shifokor
3 noyabr 2023, 21:34

“Dok-1 Maks” bilan zaharlanish eng yosh bolalarda etilenglikolning parchalanish darajasi pastligi sababli og‘irroq kechgan — guvoh shifokor

“Dok-1 Maks” ichgan bolalar o‘limi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sudda guvohlik berdi. U etilenglikolning bolalar organizmiga ta’siri hamda shifoxonaga ertaroq yotqizish sog‘ayish imkoniyatlarini qanday oshirganini so‘zladi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
3 noyabr 2023, 20:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Oltita kinopremera, “Ayol yo‘li” festivali, Zokir Ochildiyev ishtirokidagi yumoristik shou, sirk tomoshalari, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Erdog‘an turkiy mamlakatlarda yagona alifbo joriy etishni taklif qildi
3 noyabr 2023, 17:56

Erdog‘an turkiy mamlakatlarda yagona alifbo joriy etishni taklif qildi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an turkiy davlatlar uchun yagona alifbo yaratishni taklif qildi. Uning fikricha, bu davlatlar o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni mustahkamlaydi.

“Turkiy xalqlarning ovozi dunyo bo‘ylab yanada baland, yanada kuchliroq yangramoqda” — Shavkat Mirziyoyev
3 noyabr 2023, 16:29

“Turkiy xalqlarning ovozi dunyo bo‘ylab yanada baland, yanada kuchliroq yangramoqda” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida so‘zlagan nutqida Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, ishtirokchi davlatlarning temir yo‘l idoralari kengashi va Turkiy ekologiya forumini tuzishni taklif qildi.

Samarqandda Air Samarkand aviakompaniyasining ilk samolyoti kutib olindi
3 noyabr 2023, 16:25

Samarqandda Air Samarkand aviakompaniyasining ilk samolyoti kutib olindi

Yangi Air Samarkand aviakompaniyasining Airbus A330−300 samolyoti Samarqand xalqaro aeroportida kutib olindi. Yaqin kunlarda kompaniya parkini ikkinchi — o‘rta masofali Airbus A321 samolyotini bilan to‘ldiradi va yil oxiriga qadar 5 tagacha samolyotni qabul qilib, foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.

“Gazeta.uz” korrupsiyaga qarshi kurashishda faol OAV sifatida e’tirof etildi
3 noyabr 2023, 15:32

“Gazeta.uz” korrupsiyaga qarshi kurashishda faol OAV sifatida e’tirof etildi

“Gazeta.uz” tahririyati O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan OAV sifatida e’tirof etildi. Eng faol jurnalist nominatsiyasida sovrinni Ablay Kamalov qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot ham aniqlandi.

“Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikda faol ishtirok etadigan, tinch va barqaror Afg‘oniston kerak” — Shavkat Mirziyoyev
3 noyabr 2023, 15:18

“Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikda faol ishtirok etadigan, tinch va barqaror Afg‘oniston kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolarini afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishni susaytirmaslikka, u yerdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi. “Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikida faol ishtirok etadigan Afg‘oniston kerak”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyevga “Turkiy dunyoning oliy ordeni” berildi
3 noyabr 2023, 15:17

Shavkat Mirziyoyevga “Turkiy dunyoning oliy ordeni” berildi

Ostonada o‘tgan sammitda O‘zbekiston prezidentiga “turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlar manfaatlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan hissasi uchun” “Turkiy dunyoning oliy ordeni” topshirildi.

Qozog‘iston Falastin xalqiga insonparvarlik yordami sifatida 1 mln dollar ajratadi
3 noyabr 2023, 14:43

Qozog‘iston Falastin xalqiga insonparvarlik yordami sifatida 1 mln dollar ajratadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Falastin xalqiga insonparvarlik yordami uchun 1 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. U Qozog‘iston mojarolarni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Jurnalistlar korrupsiyaning yangi ko‘rinishlarini ochishda yordam beryapti — Akmal Burxanov
3 noyabr 2023, 14:08

Jurnalistlar korrupsiyaning yangi ko‘rinishlarini ochishda yordam beryapti — Akmal Burxanov

OAVda chiqayotgan korrupsiyaga oid har bir material alohida nazoratga olinyapti, deya qayd etdi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori. “Jurnalistlar surishtiruvlar orqali korrupsiyaning yangi ko‘rinishlarini ochishda bizga yordam beryapti va ular jinoyat sifatida e’tirof etilyapti”, — dedi Akmal Burxanov.

Isroil-Falastin muammosining yagona va eng adolatli yechimi “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilidir — O‘zbekiston prezidenti
3 noyabr 2023, 13:09

Isroil-Falastin muammosining yagona va eng adolatli yechimi “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilidir — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Isroil-Falastin mojarosi haqida gapirdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlar va o‘t ochishni to‘xtatishga hamda sulh tuzishga chaqiramiz”, — dedi u. Prezident “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini qo‘llash tarafdori ekanini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting