O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tgan zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat — Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Bu keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, — deyiladi bayonotda.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu HC 45 rusumli avtobus xarid qilindi. Ammo 2018-yildan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi avtomashinalarini xarid qilish taqiqlangan.
O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat hamda san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Mazkur lavozim jamoatchilik asosida joriy etilgan va unga haq to‘lanmaydi.
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Chorshanbadan boshlab havo harorati asta-sekin isiydi va ish haftasi oxirida +25…+31 darajaga yetadi.
Jizzax viloyatida OIV bilan kasallangan ikki shaxs qasddan boshqalar bilan jinsiy yaqinlik qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Uzoq yillardan buyon uzum yetishtirib kelayotgan sirdaryolik bog‘bonga prezident sovg‘asi — Tracker avtomobili topshirildi. Tursunboy ota Aripovning aytishicha, davlat rahbari undan mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishni so‘ragan.
Asaxiy Books va Xalq banki hamkorligida Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi.
16−17-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi xavfi ham mavjud.
Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi.
Shanba kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir sababli Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Suv hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqdi. Toshkent viloyati hokimligi hodisa oqibatida hech qanday talafot aniqlanmaganini bildirdi.
Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli 15-aprelga belgilangan Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY301/302 reysini bekor qildi.
15 mln so‘mni olayotgan vaqtda Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam talon-toroj qilishda sudlangan o‘rinbosari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX. Shuningdek, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi (muqaddam sudlangan) ham qo‘lga olindi.
13-aprel kuni Eron Isroil tomon o‘nlab dron va raketalarni uchirdi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujumdan so‘ng darhol xalqqa murojaat qilib, mamlakat uzoq yillardan buyon Eron hujumiga tayyorgarlik ko‘rganini, hukumat “har qanday ssenariyga, mudofaaga ham, hujumga ham tayyorligini” ta’kidladi.
25−30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Chery Beijing International Automotive Show va Chery Global Dealer Conference doirasida Chery kompaniyasi rivojlanishning yangi strategiya, texnologiya va modellarini taqdim etadi.
Isroil Suriyadagi konsulligiga uyushtirgan hujumidan keyin Eron tomonining zarbasiga tayyorlanmoqda, deb yozdi jahon matbuoti. Bir qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham fuqarolarini hushyorlikka chaqirdi. Jo Bayden AQSh Isroil himoyasida yordam berishini aytib, Eron hukumatini “bunday qilmaslikka” chaqirdi.
Mamlakat tinchligini saqlash, aholini daromad va munosib sharoit bilan ta’minlash uchun barqaror va tez sur’atlarda o‘sadigan iqtisodiyot kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Bunga men yetti yil umrimni qo‘ydim… Xalqim farovon bo‘lsin, niyatlari amalga oshsin, deb ishga keldim men”, — dedi u.
O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari, jurnalist, yozuvchi, shoir va dramaturg Erkin Samandar 90 yoshida Urganchda vafot etdi.
Toshloq tumanidagi maktabda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilik sababli uning qarindoshlari tomonidan do‘pposlandi. Holat IIB nazoratiga olindi, tergov harakatlari boshlandi.
Toshkent shahrida 14-aprel kuni biatlon chempionati doirasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining katta qismida transportlar harakati soat 6:00 dan 14:00 gacha to‘liq cheklanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting