Arxiv

Fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijda ishlashga tayyorlash markazi tashkil etiladi
19 aprel 2024, 12:04

Fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijda ishlashga tayyorlash markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi. O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi.

Qator hududlarda chiqindi xizmati uchun tariflar oshirildi
19 aprel 2024, 11:59

Qator hududlarda chiqindi xizmati uchun tariflar oshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari oshirildi. Narxlar 1200−2000 co‘m oralig‘ida ko‘tarildi.

Isroil dronlar orqali Eronga hujum qildi (video)
19 aprel 2024, 11:57

Isroil dronlar orqali Eronga hujum qildi (video)

Isroil dronlar orqali, Eron rasmiylariga ko‘ra, Isfahon shahri yaqinidagi harbiy havo bazasiga zarba berdi. Hujum paytida portlash ovozlari eshitilgan, hududdagi yadroviy inshootlarga zarar yetmagan. Isroil mudofaa kuchlari bu zarbaga izoh bermadi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
19 aprel 2024, 10:54

Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlaridagina kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat +22…+27, ba’zi joylarda +29 darajagacha bo‘ladi. Poytaxtda esa yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda
19 aprel 2024, 10:27

To‘qqizta hududda yana sel kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 20−23-aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishi ehtimoli bor.

Fuqarolar Macan konsertiga foydalanilgan chiptalar bilan takror kirishga uringan — Milliy gvardiya
19 aprel 2024, 10:09

Fuqarolar Macan konsertiga foydalanilgan chiptalar bilan takror kirishga uringan — Milliy gvardiya

Ijtimoiy tarmoqlarda Macan konserti bo‘lib o‘tayotgan Humo Arena’ga soxta chiptalar sabab odamlar kiritilmayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya holatga izoh berib, ba’zi fuqarolar konsertga avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga uringanini ma’lum qildi.

Toshkentdagi KHAYning bir qismi 7 kunga yopiladi
19 aprel 2024, 09:35

Toshkentdagi KHAYning bir qismi 7 kunga yopiladi

Juma kunidan 7 kunga Yunusobod tumanidan o‘tgan Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Jizzaxda yuqori tezlikdagi Gentra urib yubogan 2 o‘quvchi vafot etdi
19 aprel 2024, 09:34

Jizzaxda yuqori tezlikdagi Gentra urib yubogan 2 o‘quvchi vafot etdi

G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida bolalar vafot etdi, shuningdek, mashina urib ketgan qoramol ham nobud bo‘ldi. Surishtiruv davomida haydovchi 4 oyda 11 marotaba qoida buzgani aniqlandi.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi
19 aprel 2024, 05:48

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Juma kuni ertalab Qashqadaryoning Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila magnitudasi — 3.

Rossiya Ukrainaning deyarli barcha issiqlik energiyasini yo‘q qildi — Zelenskiy
18 aprel 2024, 23:56

Rossiya Ukrainaning deyarli barcha issiqlik energiyasini yo‘q qildi — Zelenskiy

Rossiyaning raketa hujumlari oqibatida Ukraina deyarli barcha issiqlik elektr stansiyalarini yo‘qotdi, atom elektr stansiyalari esa o‘qqa tutilish xavfi ostida, dedi prezident Vladimir Zelenskiy. U yana ittifoqchilarni mamlakatni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga chaqirdi.

21-aprel kuni Toshkentning bir qator ko‘chalarida marafonlar o‘tkazilishi munosabati bilan transportlar harakati cheklanadi
18 aprel 2024, 23:23

21-aprel kuni Toshkentning bir qator ko‘chalarida marafonlar o‘tkazilishi munosabati bilan transportlar harakati cheklanadi

Toshkent shahrida 21-aprel kuni ikkita marafon o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.

18-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 aprel 2024, 22:56

18-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekiston va Tojikistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomasi, energetika xarajatlarini ochiqlashni so‘ragan “Yuksalish”, biznes uchun gaz va elektrga 100 foiz oldindan to‘lov tizimi, davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha yangi dastur va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Elektr va gaz narxi qanchaga oshadi? Yangi tariflar bo‘yicha hisoblash qanday bo‘ladi? Tushuntiramiz
18 aprel 2024, 22:42

Elektr va gaz narxi qanchaga oshadi? Yangi tariflar bo‘yicha hisoblash qanday bo‘ladi? Tushuntiramiz

“Gazeta.uz” oshirilgan tariflar bo‘yicha gaz va elektr energiyasi xarajatlari qanday o‘zgarishini hisoblab chiqdi. Shuningdek, hukumat qanday cheklovlarni ko‘rib chiqayotgani, limit doirasida ishlatilmagan svet va gazni jamg‘arish hamda eski tariflar bo‘yicha oldindan to‘lov qilish mumkin yoki yo‘qligini bilib oldi.

Toshkent shahri hokimi Bo‘rijar kanali bo‘ylab sayilgoh hududi loyihasini yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi
18 aprel 2024, 22:40

Toshkent shahri hokimi Bo‘rijar kanali bo‘ylab sayilgoh hududi loyihasini yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi

Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanali qirg‘oqbo‘yi hududida sayilgoh tashkil etish va obodonlashtirish ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov daraxtlar kesilishining oldini olish maqsadida loyihaga tuzatishlar kiritish topshirig‘ini berdi.

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston san’atkorlarining “Do‘stlik oqshomi” konserti bo‘lib o‘tdi (+foto, video)
18 aprel 2024, 21:50

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston san’atkorlarining “Do‘stlik oqshomi” konserti bo‘lib o‘tdi (+foto, video)

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbedagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida ikki davlat san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertini birgalikda tomosha qildi. Foto va video.

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
18 aprel 2024, 20:45

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).

Toshkentda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib olgan niqobli shaxslar ushlandi
18 aprel 2024, 20:07

Toshkentda ekskavator yordamida daraxtni qo‘porib olgan niqobli shaxslar ushlandi

Toshkentning Yunusobod tumanida 16-aprelga o‘tar kechasi niqob taqqan noma’lum shaxslar 1 tup safora daraxtini ekskavator yordamida qo‘porib olib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Bosh prokuratura ularning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma’lum qildi.

“Ayolim farzandim bilan qo‘limda jon berdi” — Toshkent viloyatida homilador ayol antibiotik in’eksiya ortidan vafot etdi
18 aprel 2024, 19:17

“Ayolim farzandim bilan qo‘limda jon berdi” — Toshkent viloyatida homilador ayol antibiotik in’eksiya ortidan vafot etdi

Bo‘stonliq tumanida 29 yoshli ayol va uning 7,5 oylik homilasi antibiotik in’eksiya qabuli ortidan nobud bo‘lgani aytilmoqda. Marhumaning eri ayoliga ruxsat etilmagan allergiya beruvchi dori yozib berilganini ta’kidladi. U “ayolning sog‘lig‘iga bee’tibor bo‘lganlarga” qonuniy chora ko‘rishni so‘ramoqda.

“Biz o‘zbek-tojik ittifoqchiligini chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga intilishimizni tasdiqladik” — Shavkat Mirziyoyev
18 aprel 2024, 19:02

“Biz o‘zbek-tojik ittifoqchiligini chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga intilishimizni tasdiqladik” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Tojikiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida shunday dedi: “Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik”.

Optimo kichik va o‘rta biznes uchun nimaga kerak?
18 aprel 2024, 19:00

Optimo kichik va o‘rta biznes uchun nimaga kerak?

Optimo kompaniyasi kichik va o‘rta biznes uchun 14 kun davomida Optimo dasturi bilan bepul foydalanishni taklif qilmoqda. Do‘konlar uchun dastur biznesni boshqarishda yaxshi yordamchi bo‘lishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting