O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi.
Deputatlar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish ko‘zda tutilgan qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Qonun bilan hayvonlarni hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda.
Bandlik vaziri Behzod Musayev O‘zbekiston va Germaniya temiryo‘l transporti, avtobuslar uchun haydovchilarni, shuningdek, hamshiralarni tayyorlab berishga kelishib olgani haqida so‘zladi. Uning ta’kidlashicha, bu yil Germaniyaga 800 nafar o‘zbekistonlik hamshira yuborilmoqda, ularning ish haqi — kamida 2200 yevro.
Anestpharma kompaniyasi kontrafakt Nest Imudon dori vositasini ishlab chiqargani aniqlandi. Uning nomi va qadoqlanishi asl Imudon`ga o‘xshaydi. Avvalroq kompaniya soxta Magne B6 ishlab chiqargani uchun javobgarlikka tortilgandi.
Budapeshtdagi Olimpiadaning oltinchi turida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Isroilni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. Endi ular Ukrainaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa Gollandiya bilan durang o‘ynadi.
Respublika bo‘ylab iste’molchilar Uzmobile, Ucell, Mobiuz, Beeline va Humans aloqa kompaniyalari sifati hamda ortiqcha to‘lovlaridan shikoyat qilmoqda, deya ma’lum qildi Raqobat qo‘mitasi. Idora o‘rganishlar o‘tkazib, fuqarolarning 8 oy davomidagi 91,5 mln so‘mga yaqin mablag‘ini qayta hisob-kitob qilgan.
Ombudsman lavozimi nomzodiga qo‘yiladigan yuksak axloqiy sifatlarga, oliy ma’lumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lish haqidagi talablar bekor qilinmoqda. Deputatlar ushbu norma aks etgan qonunni qabul qildi.
“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahrining ayrim hududlarida bo‘lib, ishxonada xodimini kaltaklagan yo unga qo‘pollik qilgan rahbarlar borasida odamlar fikri bilan qiziqdi. Ulardan shunday vaziyatda qanday harakat qilishi va mushtumzo‘r mas’ullarning ustidan shikoyat qilishga qanchalik tayyorligi haqida so‘radi.
Urganchlik 41 yoshli shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 2,9 mlrd so‘mlik 64 452 dona noqonuniy dori vositalarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda. Uning aybi tasdiqlansa, fuqaro 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Sirdaryo viloyatida maishiy chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Toza hudud” korxonasi salkam 150 ming iste’molchiga nisbatan 528,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha to‘lovlar hisoblagani aniqlandi. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
UzAuto Motors bosh direktori, shvetsiyalik Bu Andersson tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Toshkentda Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining ijara asosida ajratilgan 2 ga yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda noqonuniy yer sotish jinoyatlarini fosh qildi.
O‘zbekiston hukumati Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va bunday tadbirlar vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.
Futzal bo‘yicha mundialda O‘zbekistonga qo‘shni uchinchi mamlakat — Tojikiston ham o‘z yurishini boshladi. Ammo tojiklarning jahon chempionatidagi debyuti muvaffaqiyatsiz chiqdi — jamoa Marokashga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘rttala o‘yinning birortasida oltitadan kam gol urilmadi.
O‘zbekistonni muhim hamkor deb atagan Germaniya kansleri, AQSh bilan bojxona sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, Borsakelmasda o‘tkazilgan marafon, sotuvchisini urgani uchun qamalgan Inbazar mas’ullari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya kansleri bilan uchrashuvda Braziliya va Xitoyning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, urushning yanada avj olishi “tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga” olib keladi, “qo‘shni xalqlar esa tinch-totuv yashashi kerak”.
17−20-sentabr kunlari Toshkentda ICTWEEK Uzbekistan 2024 haftaligi bo‘lib o‘tadi, u joriy yilda maydoni ikki baravar ko‘paygan ICT Expo ko‘rgazmasi, qator konferensiyalar va forumlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Shaharning turli burchaklaridan bepul avtobuslar qatnaydi.
Inbazar kiyim do‘konining qorovuli sotuvchini so‘kib, kaltaklagani uchun 7 sutkaga qamaldi. Holatni “qolgan xodimlarga o‘rnak bo‘lishi uchun” videoga olgan katta menejerga esa 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu haftada havo issiq va asosan quruq bo‘ladi, kunduzi harorat +30 darajagacha yetadi. Seshanba va payshanba kunlari ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
11-sentabr kuni 10 yildan ortiq vaqt davomida Peru prezidenti bo‘lgan Alberto Fuximori vafot etdi. U yangi zamon diktatorlari haqidagi “Manipulyativ diktatorlar” kitobining asosiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. “Gazeta.uz” mazkur asardagi Fuximori bilan bog‘liq parchani taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting