Arxiv

Bir guruh mahalla tizimi xodimlari mukofotlandi
22 mart 2024, 13:07

Bir guruh mahalla tizimi xodimlari mukofotlandi

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida odamlar va mashinalar to‘planganiga izoh berildi
22 mart 2024, 12:49

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida odamlar va mashinalar to‘planganiga izoh berildi

Navro‘z bayrami hamda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi bir nechta o‘tish punktlaridagi rekonstruksiya munosabati bilan odamlar to‘planib, avtomobillar tirbandligi kuzatilmoqda, deya izoh bermoqda Qozog‘iston chegara xizmati.

“Futbolchilarim o‘z imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi”. Srechko Katanets — Gonkong ustidan g‘alaba haqida
22 mart 2024, 12:01

“Futbolchilarim o‘z imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi”. Srechko Katanets — Gonkong ustidan g‘alaba haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari JCH-2026 saralash o‘yinlarida Gonkongga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Futbolchi Eldor Shomurodov maydonning sifatsizligini qayd etib, OFKdan hamma uchun yagona talabni belgilashni so‘radi.

JCH-2026 saralash bosqichi: O‘zbekiston Gonkongni mag‘lub etdi (video)
22 mart 2024, 11:10

JCH-2026 saralash bosqichi: O‘zbekiston Gonkongni mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati-2026 saralash bosqichining 3-tur uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto). Jamoa 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
22 mart 2024, 09:09

Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Juma kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahri, Sirdaryo (2 ball) va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2−3 ball).

Mardlik va jasorat o‘yini. Ko‘pkari haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi
21 mart 2024, 19:17

Mardlik va jasorat o‘yini. Ko‘pkari haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi

Qishloqlarda ko‘klamning kirib kelishi an’anaviy o‘yinlar bilan nishonlanadi. Ko‘pkari — shulardan biri. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon Jizzaxda ko‘pkariga borib, erkaklar nega uloq chopishi, g‘oliblarga qanday sovg‘alar berilishi va nega unda ayollar qatnashmasligi haqida hikoya tayyorladi.

Foto: O‘zbekistonda 1990−2004-yillarda Navro‘z bayrami qanday nishonlangan?
21 mart 2024, 16:14

Foto: O‘zbekistonda 1990−2004-yillarda Navro‘z bayrami qanday nishonlangan?

Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.

Dubayning qayerida musulmon olami madaniyati bilan tanishish mumkin?
21 mart 2024, 15:00

Dubayning qayerida musulmon olami madaniyati bilan tanishish mumkin?

Musulmonlar Ramazon oyini Dubayda qanday o‘tkazishlari, qanday diqqatga sazovor joylarga borgan va qanday taomlarni tatib ko‘rgan ma’qulligi haqida amirlikning Iqtisodiyot va turizm departamenti gapirib berdi.

Shavkat Mirziyoyev xalqni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
21 mart 2024, 14:29

Shavkat Mirziyoyev xalqni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

Prezident Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi o‘zgarishlar, inson sha’ni va qadr-qimmati, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, shuningdek, O‘zbekistonni tadbirkorlik uchun eng qulay va jozibador davlatlardan biriga aylantirish borasidagi rejalarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mahallalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi
21 mart 2024, 14:16

Mahallalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi

Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, turli yoshdagi ayol va erkaklarning “mahalla terma jamoalari” tashkil etilib, ular o‘rtasida “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi. Unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar futbol maktabi va akademiyalariga yo‘naltiriladi.

Kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar oshirildi
21 mart 2024, 10:45

Kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar oshirildi

O‘zbekistonda kriptobirja va kriptodo‘konlar uchun yig‘imlar mos ravishda 1,8 va 9 baravarga oshirildi. ILMA xabarida aytilishicha, ularning faoliyati yetarli darajada rentabel va o‘zgarishlar ularning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Toshkentda 170−180 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchilar bilan suhbat o‘tkazildi
21 mart 2024, 10:20

Toshkentda 170−180 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchilar bilan suhbat o‘tkazildi

Tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari Toshkentdagi ko‘chada soatiga 170−180 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Haydovchilar (26 va 35 yosh) jarimaga tortildi, shuningdek, ular bilan “profilaktik suhbat” o‘tkazildi.

“Uch hafta umrim qolgan edi”: Qozog‘istonlik bemor saraton kasalligi bilan qanday kurashganini aytib berdi
21 mart 2024, 09:00

“Uch hafta umrim qolgan edi”: Qozog‘istonlik bemor saraton kasalligi bilan qanday kurashganini aytib berdi

Turkiyaning Anadolu klinikasi saraton kasalligiga chalingan bemorga qanday yordam bergani haqida o‘rtoqlashdi. O‘zbekistonlik bemorlar shifoxonaning Toshkentdagi vakolatxonasida bepul konsultatsiyaga yozilishlari mumkin.

Davlat xizmatlari portali (YIDXP) 21−24-mart kunlari ishlamaydi
20 mart 2024, 22:46

Davlat xizmatlari portali (YIDXP) 21−24-mart kunlari ishlamaydi

Server qurilmalarini ko‘chirish ishlari sabab 21−24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) xizmatlari amalga oshirilmaydi. Davlat xizmatlari, notariuslar, litsenziyalash va tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari tizimlari vaqtincha ishlamaydi.

20-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
20 mart 2024, 22:19

20-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Havo sifatini monitoring qiluvchi Air Tashkent portali, O‘zbekistonning baxtli davlatlar reytingidagi o‘rni, Raqobat qo‘mitasining BYD so‘roviga munosabati, poyezd vagonlari ishlab chiqish bo‘yicha tanlov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Qoraqalpog‘istondagi koloniyada 47 nafar mahkumning jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji borligi aniqlandi — ombudsman
20 mart 2024, 22:03

Qoraqalpog‘istondagi koloniyada 47 nafar mahkumning jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji borligi aniqlandi — ombudsman

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili 27-sonli manzil koloniyada monitoring o‘tkazdi. Barcha mahkumlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning 47 nafariga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qo‘yildi. Ularga statsionar davo muolajalari buyurildi.

O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 47-o‘rinni egalladi
20 mart 2024, 21:43

O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 47-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston World Happiness Report`ning eng baxtli mamlakatlar reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, 47-o‘rinni egalladi. Mamlakat MDH davlatlari orasida eng yuqori baxt darajasiga ega. O‘zbekistonliklarning eng baxtlilari keksalar, eng baxtsizlari esa 30−44 yoshdagilardir (aksar mamlakatlarda buning teskarisi).

Yangi vagonlar ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va muhandislar o‘rtasida tanlov e’lon qilish kerak — prezident
20 mart 2024, 20:38

Yangi vagonlar ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va muhandislar o‘rtasida tanlov e’lon qilish kerak — prezident

Prezident O‘zbekistonda elektropoyezdlar va metro poyezdlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, poyezdlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirishni buyurdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari ushbu poyezdlar import qilinayotganlaridan ancha arzon ekanini aytdi.

O‘zgidromet va Uzum milliy ekotizimi hamkorlik memorandumini imzoladi
20 mart 2024, 19:00

O‘zgidromet va Uzum milliy ekotizimi hamkorlik memorandumini imzoladi

Uzum milliy raqamli ekotizimi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati havo sifatini monitoring qilish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi.

Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi Air Tashkent portali ishga tushdi
20 mart 2024, 17:56

Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi Air Tashkent portali ishga tushdi

Endi Toshkentdagi havo sifatini Air Tashkent portalida ham kuzatsa bo‘ladi. Hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxtga 10 ta havo sifatini nazorat qiluvchi stansiya o‘rnatdi (rejada yana 30 ta). Shuningdek, saytda Toshkentda bo‘lgan yong‘inlar, qozonxonalar manzili va boshqa ma’lumotlar bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting