Arxiv

Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi Air Tashkent portali ishga tushdi
20 mart 2024, 17:56

Toshkentda havo sifatini monitoring qiluvchi Air Tashkent portali ishga tushdi

Endi Toshkentdagi havo sifatini Air Tashkent portalida ham kuzatsa bo‘ladi. Hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti poytaxtga 10 ta havo sifatini nazorat qiluvchi stansiya o‘rnatdi (rejada yana 30 ta). Shuningdek, saytda Toshkentda bo‘lgan yong‘inlar, qozonxonalar manzili va boshqa ma’lumotlar bor.

“Qaysidir korxona fikri bilan birdaniga cheklov kiritilmaydi”. Raqobat qo‘mitasi — BYD importini cheklash so‘rovi haqida
20 mart 2024, 17:16

“Qaysidir korxona fikri bilan birdaniga cheklov kiritilmaydi”. Raqobat qo‘mitasi — BYD importini cheklash so‘rovi haqida

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘raganiga izoh berdi. “Qaysidir xo‘jalik subyekti fikri bilan birdan cheklov qabul qilinmaydi, muvozanatli qaror qabul qilinadi”, — dedi u. Qo‘mita o‘z taklifini berishi aytildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21−24-mart)
20 mart 2024, 17:13

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21−24-mart)

7 ta kinopremyera, savdo markazlari va bog‘lardagi bayram tadbirlari, bolalar uchun shoular, teatrdagi spektakllar, ko‘rgazmalar, yumoristik tadbirlar, ijodiy mahorat darslari, Navro‘z bayrami va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Nina Kandelaki ayollar tadbirkorligini rivojlantirish haqida gapirib berdi
20 mart 2024, 17:00

Nina Kandelaki ayollar tadbirkorligini rivojlantirish haqida gapirib berdi

Herbalife mintaqaviy vitse-prezidenti Nina Kandelaki kompaniya ayollar tadbirkorligini qanday qo‘llab-quvvatlayotgani hamda Herbalife bilan hamkorlikning afzalliklari haqida o‘rtoqlashdi.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
20 mart 2024, 16:13

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 21−27-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning bir qancha hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Qamchiq dovonida qor yog‘ishi mumkin.

Toshkentdagi Yoshlar bog‘i loyihasi qanday ko‘rinishda? (foto)
20 mart 2024, 15:45

Toshkentdagi Yoshlar bog‘i loyihasi qanday ko‘rinishda? (foto)

Sergeli tumanida 75 gektar maydonda 92 mln dollarli Yoshlar bog‘i qurilmoqda. U hudud jihatdan “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Unda xiyobonlar, amfiteatr, dam olish joylari, ekstremal sport maydonchalari va ijaraga beriladigan tomorqalar bo‘ladi. Loyihani yakunlash muddati — 2026-yil.

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka”larining xususiylashtirilishi masalasini o‘rganmoqda
20 mart 2024, 15:28

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka”larining xususiylashtirilishi masalasini o‘rganmoqda

Raqobat qo‘mitasi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita rasmiysi bozor konsentratsiyasiga ta’sir qiluvchi bitimlar oldidan qo‘mita roziligi olinishi kerakligi, lekin qonunchilikda ba’zi istisnolar borligini aytdi.

Nazarboyevning jiyani Samat Abish yanvardagi namoyishlar bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
20 mart 2024, 15:03

Nazarboyevning jiyani Samat Abish yanvardagi namoyishlar bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari, sobiq prezident Nazarboyevning jiyani Samat Abish 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha sakkiz yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning bolalari borligi va pushanmonligini yengillashtiruvchi holatlar sifatida tan oldi.

Chery avtomobillari Euro-5 va Euro-6 xalqaro ekologik standartlariga javob beradi
20 mart 2024, 13:00

Chery avtomobillari Euro-5 va Euro-6 xalqaro ekologik standartlariga javob beradi

Chery Euro-5 ekologik sinfiga mansub bo‘lgan — Arrizo 6 Pro va Tiggo 8 Pro benzinli avtomobillarini hamda Euro-6 ekologik sinfiga mansub — Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro Max avtomobillarini taklif qiladi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ikkita yashirin yerosti yo‘li aniqlandi
20 mart 2024, 12:54

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida ikkita yashirin yerosti yo‘li aniqlandi

Qirg‘izistonning Andijon bilan chegaradosh hududida 2 ta yashirin yerosti yo‘li aniqlandi. Yo‘laklardan tovar-moddiy boyliklarni bir davlatdan boshqa davlatga olib o‘tishda foydalanilgan.

Davron Xidoyatov va Aleksandr Saxapov “O‘zavtosanoat” rahbari o‘rinbosarlari bo‘ldi
20 mart 2024, 12:33

Davron Xidoyatov va Aleksandr Saxapov “O‘zavtosanoat” rahbari o‘rinbosarlari bo‘ldi

Davron Xidoyatov “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisining innovatsiya va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Aleksandr Saxapov esa sotuvni rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xidoyatov o‘tgan hafta 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketgandi.

Xoliqjon Vines va uning sheriklari yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazgani uchun qamaldi
20 mart 2024, 12:16

Xoliqjon Vines va uning sheriklari yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazgani uchun qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xoliqjon Vines taxallusi bilan tanilgan vayner Xoliqjon Samadov 7 sutkaga, uning sheriklari esa 5 sutkaga qamaldi. Ular Buxoroda avtomobilda yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazish holati tasvirlangan video tarqatgan.

Hafta oxiri yog‘ingarchiliksiz va iliq o‘tishi kutilmoqda
20 mart 2024, 12:09

Hafta oxiri yog‘ingarchiliksiz va iliq o‘tishi kutilmoqda

Navro‘z bayramida yog‘ingarchilik kuzatilib, harorat pasaysa-da, 23−24-mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida quyoshli ob-havo bo‘ladi. Harorat kunduzi +17…+20, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqachani tashkil etadi.

Qo‘qon aeroporti 1-apreldan o‘z faoliyatini tiklaydi
20 mart 2024, 11:48

Qo‘qon aeroporti 1-apreldan o‘z faoliyatini tiklaydi

Qo‘qon aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 20-mart kuni aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi, muntazam parvozlar esa 1-apreldan boshlanadi. Aeroport 2001-yildan beri fuqarolik samolyotlari uchun yopilgan va harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan.

Prezident “Muruvvat” imkoniyati cheklangan bolalar internat uyiga tashrif buyurdi (foto, video)
20 mart 2024, 11:44

Prezident “Muruvvat” imkoniyati cheklangan bolalar internat uyiga tashrif buyurdi (foto, video)

Prezident Toshkent shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurdi. Bu yerda 299 nafar bola vasiylikka olingan, 334 nafar xodim ishlaydi. Shavkat Mirziyoyev bolalar bilan suhbatlashib, ularning hayotda o‘rin topishiga sharoit va ko‘mak ko‘rsatilishiga ishontirdi.

Logoped Dilorom Jabborovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20 mart 2024, 11:41

Logoped Dilorom Jabborovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Logoped Dilorom Jabborovaning duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringan holati o‘rganilib, usul “ilmiy asoslanmagan va pedagogika qoidalariga zid” deb topildi. Shuningdek, u aldash va odamlar ishonchini suiiste’mol qilishda ayblanib, firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Toshkentda BMW beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi
20 mart 2024, 11:21

Toshkentda BMW beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi

Yunusobod tumanida BMW haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

Boshlovchi va aktyor Olim Hojisharipov 58 yoshda vafot etdi
20 mart 2024, 11:01

Boshlovchi va aktyor Olim Hojisharipov 58 yoshda vafot etdi

“Gap yo‘q. Maslahat” hajviy ko‘rsatuvi boshlovchisi Olim Hojisharipov xastalik sabab 58 yoshida vafot etdi.

Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi kaltaklagani oqibatida vafot etdi
20 mart 2024, 10:30

Toshkent viloyatida 7 yoshli qiz ammasi kaltaklagani oqibatida vafot etdi

Bo‘ka tumanida ayol qaramog‘iga topshirib ketilgan jiyanini dars tayyorlamagani uchun o‘lasi qilib kaltakladi. U jarohati sabab uch kun o‘tib shifoxonada vafot etdi. Ayol qamoqqa olingan. Qizning ota-onasi Rossiyada ekani aniqlandi.

Prezident MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevga xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvonini berdi
20 mart 2024, 09:45

Prezident MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevga xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvonini berdi

Markaziy saylov komissiyasi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting