Arxiv

O‘zbekistonda Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi keng nishonlanadi
19 avgust 2024, 23:28

O‘zbekistonda Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi keng nishonlanadi

Prezident 2024-yil oktabr oyida Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlashga doir qarorni imzoladi. Shu munosabat bilan uning ikkita asarini akademik tarjima qilish va sharhini tayyorlash, “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzusida konferensiya o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

S.Mirziyoyeva va T.Xudaybergenov Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga oid topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi
19 avgust 2024, 22:44

S.Mirziyoyeva va T.Xudaybergenov Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga oid topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va davlat rahbari maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovga yuklatildi. Prezident Kegeyli tumanida o‘tgan yig‘ilishda hududni rivojlantirish bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlarni sanab o‘tdi.

Britaniyada mizoginiyani ekstremizm bilan tenglashtirishmoqchi
19 avgust 2024, 22:29

Britaniyada mizoginiyani ekstremizm bilan tenglashtirishmoqchi

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi ayollarga nisbatan o‘taketgan nafrat — mizoginiyani ekstremizmga tenglashtirish rejalarini e’lon qildi. IIV rahbari ekstremizmning ortib borishi Britaniya demokratiyasiga tahdid solayotganini ta’kidladi.

Aholining iste’mol kayfiyati: uy-joy va avtomobil xaridida xarajatlar va rejalashtirilgan sarfning kamayishi
19 avgust 2024, 20:52

Aholining iste’mol kayfiyati: uy-joy va avtomobil xaridida xarajatlar va rejalashtirilgan sarfning kamayishi

Markaziy bank ikkinchi chorak uchun 0,7 punktga pasaygan iste’mol kayfiyati indeksini e’lon qildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, uy-joy sotib olganlar ulushi 6,2 foizdan 5,8 foizga kamaydi, avtomobil xaridi esa — 12,3 foizdan 10,5 foizga. Kelgusi oylarda ham uy-joy sotib olishni xohlovchilar kamroq.

Toshkentda haydovchi PPX xodimiga hujum qildi
19 avgust 2024, 19:56

Toshkentda haydovchi PPX xodimiga hujum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qilish organi xodimiga hujum qilingani aks etgan video tarqaldi — Toshkentda avtomobil haydovchisi mashinasini boshqa joyga qo‘yishdan bosh tortdi va PPX xodimini urdi. Toshkent shahri IIBB holatga izoh berdi.

Prezident shoshilinch tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi
19 avgust 2024, 19:31

Prezident shoshilinch tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi

Prezident Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi. Bu mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda “noldan” qurilgan birinchi ko‘p tarmoqli shifoxona, deb ta’kidladi davlat rahbari matbuot xizmati.

Jizzaxdagi bog‘chada 2 nafar bola ovqatdan zaharlangani aniqlandi
19 avgust 2024, 19:07

Jizzaxdagi bog‘chada 2 nafar bola ovqatdan zaharlangani aniqlandi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi bog‘chada 2 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Tekshiruv ishlari boshlandi.

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi
19 avgust 2024, 18:24

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi

Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov 7 yil 6 oyga qamaldi. U juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish, talon-toroj, shuningdek, firibgarlikda aybdor deb topildi.

Yangi o‘quv yilida 186 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi
19 avgust 2024, 17:12

Yangi o‘quv yilida 186 mingdan ortiq abituriyent talaba bo‘ldi

2024/2025 o‘quv yili uchun 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Xususan, 41 153 nafari davlat granti, 145 718 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Grantda o‘rtacha o‘tish balli — 121,7, kontraktda esa 94,7 bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Nukusdagi issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashi rejalashtirilmoqda
19 avgust 2024, 17:07

Saudiya Arabistoni Nukusdagi issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilashi rejalashtirilmoqda

Prezidentga Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilishi reja qilingan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Saudiya Arabistoni bilan Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya bilan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish hamda Germaniya bilan misni qayta ishlash loyihalari rejalashtirilmoqda.

Sirdaryoda 2 yoshli bola bog‘chada vafot etdi
19 avgust 2024, 17:03

Sirdaryoda 2 yoshli bola bog‘chada vafot etdi

Mirzaobod tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat bilan berkilib qolgani oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Qozoq milliy drama teatri O‘zbekistonga gastrol safari bilan keladi
19 avgust 2024, 16:35

Qozoq milliy drama teatri O‘zbekistonga gastrol safari bilan keladi

2−4-sentabr kunlari Muxtor Auezov nomidagi Qozoq milliy drama teatri Toshkentdagi Davlat musiqali komediya teatrida (operetta) chiqish qiladi. 6-sentabrdan 8-sentabrgacha esa ular Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida gastrol safarlari bilan ishtirok etadi.

Qoraqalpog‘istonda ikkita SHES qurilishi boshlandi
19 avgust 2024, 15:57

Qoraqalpog‘istonda ikkita SHES qurilishi boshlandi

Prezident Qoraqalpog‘istonda Xitoy va Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. Shuningdek, yangi inshootlarning qurilishi va faoliyati boshlab berildi.

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deb tanishtirib, 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi
19 avgust 2024, 14:33

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deb tanishtirib, 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deya tanishtirgan shaxs mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan serial suratga olish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 20 ming dollar olganda ushlandi. Toshkent viloyatida esa chet tili bo‘yicha soxta sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan konsalting firma rahbari $3500 ustida qo‘lga olindi.

Samarqanddagi tog‘da adashib qolgan yigit qutqarildi
19 avgust 2024, 14:31

Samarqanddagi tog‘da adashib qolgan yigit qutqarildi

Samarqand tumanidagi Mironqul-Ohalik tog‘ida adashib qolgan 18 yoshli yigit qutqarildi. U tog‘ning 1000 metr balandligidan soat 01:30 da topilgan.

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi
19 avgust 2024, 13:28

Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi

Dushanbadan harorat asta-sekin ko‘tariladi, lekin nisbatan qulay bo‘ladi. Kunduzi havo +30…+35, ba’zi joylarda +37 darajagacha isiydi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga boradi
19 avgust 2024, 11:09

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga boradi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi. Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan. 20-avgust kuni davlat rahbari Nukusda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi.

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
19 avgust 2024, 10:43

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan 25-avgust-3-sentabr kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi
19 avgust 2024, 10:27

Qozog‘iston maymunchechak sabab chegaradagi nazoratni kuchaytirdi

Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. Vazirlik endemik mamlakatlarga boruvchi fuqarolarga tavsiyalar berdi.

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi
19 avgust 2024, 08:04

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi

BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal 19−30-avgust oralig‘ida O‘zbekistonda bo‘ladi. U Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoroga tashrifi davomida uy-joy arzonligi va yaroqliligini o‘rganadi. U talabalar turar joylari va boshpanasiz qolganlarning manzillariga ham boradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting