Isroil Oliy sudi uni parlament va bosh vazirning qarorlari “oqilonalik tamoyiliga” zid bo‘lsa, ularni bekor qilish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni bekor qildi. O‘zgartirish Benyamin Netanyaxu hukumati tomonidan amalga oshirilgan va mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Qozog‘iston prezidenti Konstitutsiyani o‘zgartirish va 2026-yilgi saylovda nomzodini qo‘yish niyatida emasligini aytdi. Shuningdek, u Nazarboyev ketganidan keyin qo‘shhokimiyat modelini joriy etishga urinishlar bo‘lganini va uning sheriklari “siyosiy o‘yinlari” sabab “mamlakatni deyarli parchalab tashlaganini” tan oldi.
Payshanba tongidan buyon Toshkent shahrida havo ifloslanishi darajasi normadan oshmadi. Soat 8:00 da PM2,5 zarrachalari miqdori 5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu — JSST tavsiyasiga teng.
Farg‘ona tumanida asosiy yo‘lga shoshilib chiqqani aytilayotgan Nexia-3 mashinasi Tracker`ga urildi. Oqibatda 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.
O‘tgan yilda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i vaqtincha bekor qilingani sababli davlat budjetiga 100 mln dollar kamomad yetdi, shunga qaramay, O‘zbekiston aholisi bu imtiyozdan deyarli naf ko‘rmadi. Energetika vazirligi bundan asosan tadbirkorlar foyda ko‘rganini tasdiqladi.
Multimedia va dizayn xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek, kibersport, venchur moliyalashtirish va multiplikatsiya sohasidagi kompaniyalar ham endi O‘zbekistondagi IT-Park rezidenti bo‘lishi mumkin.
Havosi yana ifloslangan Toshkent, so‘nggi 6 yildagi eng past inflyatsiya, bahorda narxi oshadigan Ai-80 benzini, vakolat muddatlari uzayayotgan mahalla raislari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bilan shug‘ullangan IT-Med davlat muassasasi tugatilmoqda, uning Raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish bo‘yicha majburiyatlari UZINFOCOM yagona integratoriga o‘tkazilmoqda. Sohaga oid asosiy axborot tizimlarini ishga tushirish 2024−2025-yillarga mo‘ljallanmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxslar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bartaraf etilganini xabar qildi. Ular orasida ikki nafar hokim, vazir o‘rinbosari, Farmatsevtika agentligi, Antidoping markazi, Markaziy depozitariy, PR-markaz va Axborotlashuv markazi rahbarlari bor.
Qishloqdagi Yangi yil shahardagi, ayniqsa poytaxtdagi bayramga o‘xshamaydi. Unda archa atrofida sayl, konsert degan narsalar yo‘q. “Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam va Xolida Musulmon 2024-yilni Andijon va Jizzaxdagi qadrdon qishloqlarida kutib oldi va qishloqdagi bayram tarovatini kadrlarga muhrladi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli etib Sherzod Abdunazarov tayinlandi. Avvalroq bu lavozimda ishlagan Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi.
O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish reja qilinmoqda. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati aniq belgilab beriladi.
Qoraqalpog‘istonda 1 metr kub ichimlik suvi narxi aholi uchun 2900 so‘m, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 5700 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, oqova suvi narxi ham oshdi.
Andijonda mast haydovchi katta tezlikda mashina boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobilga urildi. YPX xodimi va yana bir haydovchi jarohatlandi.
Toshkentni qanchalik yaxshi bilasiz? Masalan, Toshkentdagi har bir tuman hokimligini binosiga qarab ajrata olasizmi? “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi — shu haqda.
Poytaxtda moratoriy talablariga to‘liq rioya etilmayotgani va daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Ekologiya vazirligi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi rahbar va xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi. Shuningdek, 1-fevralgacha boshqarma vakolatlari cheklandi.
O‘zbekistonda 1-apreldan Ai-80 benziniga nisbatan aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga, Ai-91 va undan yuqori benzin uchun o‘zgarishsiz qoladi. Qaror zararli gazlarning aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish bilan izohlandi, biroq aksiz solig‘i ekologik toza yonilg‘i turlariga nisbatan ham oshiriladi.
Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Tanga “Petru Bogdanovu 1899” yozuvli, og‘irligi 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bo‘lgan.
Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.
Toshkent hokimiyati Fitch xalqaro reyting agentligining shahar reytingini aniqlash jarayonidagi ishtirokini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq Fitch shahar reytingini qaytarib olgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting