Yangi Namangan tumanida er-xotin hamda ularning 19 va 14 yoshli qizlari pechkadan tabiiy gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib vafot etdi.
Seshanbadan nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, aksariyat hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. 19−21-dekabr kunlari harorat kechasi −0…−10 darajagacha, kunduzi −2…−7 darajagacha pasayadi. Jumadan havo +9 darajagacha isiydi.
O‘zbekistonda noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etib, oktabrga nisbatan 0,7 foizga pasaydi. Eng yuqori daraja pensionerlar va ta’lim sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmati narxlari Toshkentda aholi uchun 7500 so‘m etib belgilandi. Tariflar, shuningdek, Buxoro va Namangan viloyatlarida ham oshirildi.
So‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020-yil may oyidan beri maksimal darajaga yetib, 23,8 foizni tashkil etdi. Muddati 1 yildan ortiq bo‘lgan barcha depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 10 yillik rekord — 20,7 foizgacha oshdi.
Yangi yil bayrami arafasida Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.
Poytaxtda o‘tgan 11 oy davomida avtobuslar ishtiroki bilan bog‘liq 94 ta YTH sodir bo‘ldi. Ulardan 34 tasiga avtobus haydovchilarining o‘zlari sababchi bo‘lgani qayd etildi.
Samarqand shahrida mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan MCHJ aniqlandi. Energetika tizimiga 10 mlrd so‘mga yaqin zarar yetgan.
Rossiya hamkorligida Chirchiq va Jizzax viloyatida ochilgan texnoparklarni O‘zbekistonning yana uchta viloyatida qurish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda faollashtirishga tayyor, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev.
Humo Air aviakompaniyasi o‘zining ilk A320 samolyotida Toshkentdan Nukus, Qarshi, Samarqand va Urganchga ilk parvozlarini amalga oshirdi. Chiptalar 159,5 ming so‘mdan boshlanadi (oldinroq xaridda, bagajsiz). Shiori “Odamlar uchadi” bo‘lgan kompaniya kelasi yil xorijga ham reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
2020-yildan buyon Kuvayt amiri bo‘lib kelgan Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi. Noyabr oxirida u sog‘lig‘i bilan favqulodda yuzaga kelgan muammo tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
Pastdarg‘om tumanida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Fermer nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, tokdan foydalangan.
Tarmoqlarda kichik yoshdagi bolaning bog‘chaga yuzi va ko‘zlari jarohatlangan holda kelgani va buni otasi qilganini aytgan video tarqalgandi. Bolalar ombudsmani voqea Urgut tumanida sodir bo‘lgani va bola chorva mollarning orqasidan yugurishi oqibatida yiqilib tushganini ma’lum qildi.
Rossiya O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari eksportini oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, dedi mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari yangi gaz konlarining ochilishi imkonini beradi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti negizida O‘zbekiston bolalar tashkilotini tuzish reja qilinmoqda. Bu bolalarning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishga, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishi kerak. Davlat rahbariga o‘tayotgan yilda yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi.
Samarqand shahrining Gagarin va Rudakiy ko‘chalarida yashovchi aholi va tadbirkorlar mahalliy hokimiyatdan munosabat kutmasdan, tunnel qurilishini to‘xtatishga yordam berishni so‘rab, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaga murojaat yo‘lladi.
Dolchinli, pishloqli yoki bodomli qumoq pechenye, brauni, “Qahva donalari”, “Shekerpare” va boshqalar — Zira.uz turli xil shirin pechenyelar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Senatning 48-yalpi majlisi 18-dekabrda o‘tkaziladi. Unda 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Shuningdek, Ekologiya vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda qilinayotgan ishlar yuzasidan vazirlik axboroti eshitiladi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 16−18-dekabr kunlari qor ko‘chishi mumkin.
Bir necha yillar davomida Smart Ecosystem tadbirkorlarga biznesni sodda, tez va oson yuritish imkonini beruvchi yechimlarni taklif etib kelmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting