Arxiv

Shavkat Mirziyoyevga Bayraktar TB2 zarba beruvchi droni tanishtirildi — foto
17 noyabr 2023, 10:07

Shavkat Mirziyoyevga Bayraktar TB2 zarba beruvchi droni tanishtirildi — foto

Prezident Surxondaryodagi harbiy qismda Turkiyaning Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchish apparati bilan tanishib, uning parvozini kuzatdi. Ularni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi.

Prezident Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti loyihasining birinchi bosqichini ishga tushirdi
16 noyabr 2023, 22:38

Prezident Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti loyihasining birinchi bosqichini ishga tushirdi

Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Mazkur bosqichda suv Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlariga yetib bordi. Viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70 foizga yetdi.

JSST yolg‘izlikni inson salomatligi uchun global tahdid deb atadi
16 noyabr 2023, 22:08

JSST yolg‘izlikni inson salomatligi uchun global tahdid deb atadi

JSST yolg‘izlikni inson salomatligiga global tahdid deb atadi va ijtimoiy aloqalarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzdi. Mutaxassislar yolg‘izlikning zararini kuniga 15 ta sigaret chekishga tenglashtirdi.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston futbolchilari Turkmanistonni mag‘lub etdi
16 noyabr 2023, 21:49

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston futbolchilari Turkmanistonni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash turniri doirasidagi ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etdi. Gollarga Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov mualliflik qilishdi (foto, video).

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari ustidan tadbirkorlar shikoyatlarini to‘plashga kirishdi
16 noyabr 2023, 20:43

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari ustidan tadbirkorlar shikoyatlarini to‘plashga kirishdi

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi ishchi guruhi riteylerlarning oziq-ovqat yetkazib beruvchilari huquqlarini buzayotgani to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilishni boshladi. Tadbirkorlar kamida 2019-yildan buyon savdo tarmoqlari tomonidan “kamsituvchi shartlar” qo‘yilayotgani haqida shikoyat qilmoqda.

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari B5+1 biznes-platformasini ishga tushirmoqda
16 noyabr 2023, 20:20

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari B5+1 biznes-platformasini ishga tushirmoqda

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning Amerika kompaniyalari bilan iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida Business 5+1 davlat-xususiy muloqot biznes-platformasini ishga tushirmoqda.

Futbol: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionati 1/8 finaliga chiqdi
16 noyabr 2023, 19:23

Futbol: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionati 1/8 finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa jahon chempionati guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunladi va 1/8 finaliga yo‘l oldi. Foto va video.

O‘zbekiston aeroportlarida unutib qoldirilgan yuklar sotilmaydi — Uzbekistan Airports tarqalgan xabar haqida
16 noyabr 2023, 17:22

O‘zbekiston aeroportlarida unutib qoldirilgan yuklar sotilmaydi — Uzbekistan Airports tarqalgan xabar haqida

Tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida unutib qoldirgan yuklar 26 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabar tarqaldi. Uzbekistan Airports yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul o‘tkazmaslikka chaqirdi. Kompaniya yuklari sotilmasligi va uchinchi shaxslarga berilmasligi bildirdi.

“Nega mening bolam tajriba quyoni qilindi?” — “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarning 13-noyabrdagi ko‘rsatmalari
16 noyabr 2023, 17:19

“Nega mening bolam tajriba quyoni qilindi?” — “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarning 13-noyabrdagi ko‘rsatmalari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 13-noyabrda bo‘lgan sudda farzandidan ayrilgan to‘qqiz jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi. Ulardan biri Farmagentlik sobiq rahbari Sardor Kariyev bilan munozaraga kirishdi. Sudda tibbiyot xodimlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’uliyatsizligiga e’tibor qaratish chaqiriqlari yangradi.

“To‘palang” daryosining yuqori qismida yangi GESlar qurish rejalashtirilmoqda
16 noyabr 2023, 16:59

“To‘palang” daryosining yuqori qismida yangi GESlar qurish rejalashtirilmoqda

Surxondaryoga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi. “To‘palang” gidroelektr stansiyasida bo‘ldi. Shuningdek, davlat rahbari To‘palang daryosida “Zarchob-3” kichik gidroelektr stansiyasi qurilishiga start berdi.

Rossiya IIV restoranlar egasi Aleksandr Orlovni qidiruvga berdi
16 noyabr 2023, 15:30

Rossiya IIV restoranlar egasi Aleksandr Orlovni qidiruvga berdi

“Tanuki”, “Takaxuli” va “Xoroshaya devochka” restoranlari asoschisi, O‘zbekistonda ham bir qancha restoranlarga egalik qiluvchi Aleksandr Orlov Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan federal qidiruvga berildi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish borasida Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarni yakunladi
16 noyabr 2023, 14:46

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish borasida Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarni yakunladi

15-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz O‘runov va Saudiya Arabistonining JSTdagi elchisi Saqer Almoqbel tovar va xizmatlar bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.

Rossiyalik deputat O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. Munosabat
16 noyabr 2023, 13:35

Rossiyalik deputat O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. Munosabat

Rossiya davlat dumasi raisi o‘rinbosari Pyotr Tolstoy rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirishni cheklashni, shuningdek, O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. O‘zbekistonlik siyosatchilar deputatga “O‘zbekiston uning tomorqasi emas”ligini eslatdi.

O‘zbekistonda 9 oyda onalar o‘limi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etdi
16 noyabr 2023, 13:09

O‘zbekistonda 9 oyda onalar o‘limi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etdi

O‘zbekistonda 9 oy davomida onalar o‘limi ko‘rsatgichi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 13,1 promilliga teng bo‘lgan. Xususan, Sirdaryo viloyatida ko‘rsatkich 11,6 promillidan 45,6 promilliga oshgan.

Toshkent viloyatida vertolyot va Captiva`lardan iborat to‘y korteji uyushtirildi
16 noyabr 2023, 13:02

Toshkent viloyatida vertolyot va Captiva`lardan iborat to‘y korteji uyushtirildi

Oqqo‘rg‘on tumanida kelin-kuyovni olib ketayotgan vertolyot va yettita Captiva ishtirokida to‘y korteji uyushtirildi. Toshkent viloyati YHXB kortej ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilganini bildirdi.

Sanitariya va gigiyena qoidalarini buzganlik uchun jarima jazosi kuchaytirildi
16 noyabr 2023, 11:55

Sanitariya va gigiyena qoidalarini buzganlik uchun jarima jazosi kuchaytirildi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Litsenziyalash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi. Endi sanitariya va gigiyena qoidalarini buzgan fuqarolar 3,3 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar 6,6 mln so‘mgacha jarima to‘laydi. Shuningdek, litsenziya shartlarini muntazam buzganlar undan 1 yilga mahrum bo‘ladi.

Davlat dasturlari doirasidagi kreditlar elektron platformalarda ajratiladi
16 noyabr 2023, 11:33

Davlat dasturlari doirasidagi kreditlar elektron platformalarda ajratiladi

2024-yil iyuldan davlat dasturlari doirasida kreditlar barcha bosqichlarda elektron platformalar orqali ajratiladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil etilgan kichik tadbirkorlarga tovarlarini yiliga 10 mlrd so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi.

Chery kompaniyalar guruhi oktabrda 200 ming dan ortiq avtomobil sotdi
16 noyabr 2023, 11:00

Chery kompaniyalar guruhi oktabrda 200 ming dan ortiq avtomobil sotdi

Chery Group kompaniyasi dunyo bo‘yicha bir oyda 200 ming dan ortiq avtomobil sotdi, bu ko‘rsatkich 2022-yilning oktabridan 50,8 foizga ko‘proq.

Samarqandda 117 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi
16 noyabr 2023, 10:55

Samarqandda 117 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Samarqandda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 1 mlrd 668 mln so‘mlik 117 ming qutidan ziyod sigaret va chilim uchun tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Ular maxsus texnikalarda yanchilib, suvga bo‘ktirildi va yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.

YI sanksiyalarining 12-paketi O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalarini o‘z ichiga olishi mumkin
16 noyabr 2023, 10:06

YI sanksiyalarining 12-paketi O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalarini o‘z ichiga olishi mumkin

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Singapur kompaniyalari Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketiga kiritilishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg. Hujjat loyihasida Rossiya olmoslarini yetkazib berishni taqiqlash va neft narxining yuqori chegarasiga qo‘shimcha cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting