Arxiv

Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi
11 iyun 2023, 17:41

Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonning Quyi Amudaryo biosfera rezervatida Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi. Xalqaro va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonivorni ovlash oqibatida tabiatga 99 mln so‘m zarar yetkazildi.

Toshkent viloyatida Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi
11 iyun 2023, 17:29

Toshkent viloyatida Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi

Zangiota tumanida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib, Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi. Tarmoqlarda mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani aytilgandi, biroq ma’lumot tasdig‘ini topmadi.

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
11 iyun 2023, 16:33

DXX 1 kilogramdan ortiq oltin va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX xodimlari tomonidan 1 kilogramdan ziyodroq og‘irlikdagi 999 probali oltin bo‘laklari va 838 gramli yoqut toshining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Ularning umumiy narxi 1,27 mlrd so‘mdan oshadi.

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
11 iyun 2023, 11:00

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Obidjon Qudratov qayta nomlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rahbariga birinchi o‘rinbosar, Jusipbek Kazbekov esa o‘rinbosar etib tayinlandi.

Buxoroda ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtida to‘satdan vafot etdi
11 iyun 2023, 10:11

Buxoroda ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtida to‘satdan vafot etdi

Buxoroda savdo rastasi oldida savdolashib turgan 65 yoshli ispaniyalik erkak hushidan ketib, vafot etdi. Holat bo‘yicha shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Toshkent viloyatida 36 yoshli ayolni elektropoyezd bosib ketdi
11 iyun 2023, 10:08

Toshkent viloyatida 36 yoshli ayolni elektropoyezd bosib ketdi

Chinoz tumanida Xovos-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan elektropoyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Transport prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ayol epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketib qolgani aniqlangan.

O‘zbekistonda jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar kiritiladi
11 iyun 2023, 10:02

O‘zbekistonda jazirama issiq sabab poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar kiritiladi

O‘zbekistonda keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi. Bu paytda poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin.

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada rekord natijalar qayd etdi
11 iyun 2023, 09:56

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada rekord natijalar qayd etdi

Turkiyaning Isparta shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik harbiylar qiyalikka qarab jang olib borish, zararlangan hududda gazniqob taqib, nishonlarni mo‘ljalga olish kabi shartlarda rekord natijalarni qayd etgan.

“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi
11 iyun 2023, 05:46

“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

“Manchester Siti” UEFA Chempionlar ligasi finalida “Inter”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor kubokni qo‘lga kiritdi. Xosep Gvardiola jamoasi, shuningdek, “trebl” qayd etdi.

Toshkentdagi maktabda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi
10 iyun 2023, 19:16

Toshkentdagi maktabda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi

Uchtepa tumanidagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi janjallashdi. Oqibatda o‘quvchining 17 yoshli akasi ustozni kaltakladi. Tekshiruv ishlari ketmoqda. Holatni vazir nazoratga olgan.

Chilonzor IIBning 4-qavatidan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10 iyun 2023, 17:35

Chilonzor IIBning 4-qavatidan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor IIBning 4-qavatidan sakrab vafot etgan 21 yoshli yigitning o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining hokimiyat harakatsizligi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aziz Abduhakimov ekologiya vaziri lavozimiga ma’qullandi
10 iyun 2023, 17:00

Aziz Abduhakimov ekologiya vaziri lavozimiga ma’qullandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Aziz Abduhakimov nomzodini ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qulladi.

Sud Intermed Innovation`ning tibbiy faoliyat uchun litsenziyasini bekor qildi
10 iyun 2023, 15:31

Sud Intermed Innovation`ning tibbiy faoliyat uchun litsenziyasini bekor qildi

O‘zbekiston SSV Intermed Innovation xususiy klinikasining litsenziyasini sud orqali bekor qildirdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya Chirchiq shahridagi 3-oilaviy poliklinika binosida litsenziyasiz tibbiy faoliyat olib borgan, shuningdek, ko‘rsatmalarga amal qilmagan.

Toshkent viloyatida boshi simyog‘och teshigiga kirib qolgan bolaga yordam ko‘rsatildi
10 iyun 2023, 13:15

Toshkent viloyatida boshi simyog‘och teshigiga kirib qolgan bolaga yordam ko‘rsatildi

Olmaliq shahrida 14 yoshli bola velosipedda ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va boshi yo‘l chetidagi beton elektr tayanchi teshigiga kirib qolgan. FVV qutqaruvchilari unga yordam ko‘rsatdi, ahvoli yaxshi ekani bildirildi.

Toshkentning ayrim tumanlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi
10 iyun 2023, 10:41

Toshkentning ayrim tumanlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi

Toshkent shahrining Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim qismlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 17:00 ga qadar elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Sergeli tumanida nosozlik tufayli uzilishlar yuz berdi.

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha Gran-pri chempioni bo‘ldi
10 iyun 2023, 10:26

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha Gran-pri chempioni bo‘ldi

Rimda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasida Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa 8 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbekistonlik taekvondochilar Gran-pri musobaqasida yana g‘olib bo‘ldi. Nikita Rafalovich esa kumush medalga ega chiqdi.

Nima tayyorlaymiz: Yaxna ichimliklar
10 iyun 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Yaxna ichimliklar

Qulupnay-yalpizli limonad, moxito, ice tea, muzdek qahva, kompot va boshqalar — Zira.uz jazirama kunlarda barchaga rohat bag‘ishlovchi yaxna ichimliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

DIIHB O‘zbekistonda prezident saylovini kuzatish missiyasini ochdi
10 iyun 2023, 09:41

DIIHB O‘zbekistonda prezident saylovini kuzatish missiyasini ochdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini kuzatish uchun missiyasini ochdi. Ekspertlar saylovning xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka muvofiqligini baholaydi.

Toshkent aeroporti yaqinida quruq o‘tlar yondi
10 iyun 2023, 01:01

Toshkent aeroporti yaqinida quruq o‘tlar yondi

Toshkent aeroporti chegarasi yaqinida quruq o‘tlar yondi. Yong‘in maydoni 300 kvadrat metrni tashkil etdi. Jabrlanganlar yo‘q.

MSK prezident sayloviga doir saylov byulletenini tasdiqladi (namuna)
9 iyun 2023, 20:11

MSK prezident sayloviga doir saylov byulletenini tasdiqladi (namuna)

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shaklini (namunasini) tasdiqladi. Har bir tuman va shaharda ikkitadan ortiq uchastkada videotranslyatsiya qilish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting