Arxiv

“Biz qancha ko‘p mustaqil bo‘lsak, biz bilan hisoblashishlariga majbur qilamiz” — Shavkat Mirziyoyev
30 oktabr 2023, 14:55

“Biz qancha ko‘p mustaqil bo‘lsak, biz bilan hisoblashishlariga majbur qilamiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Qashqadaryo faollari bilan suhbatda har kim lavozimi va bugungi sharoitga munosib mehnat qilmasa, ancha narsadan orqada qolib ketishi haqida gapirdi. “Biz qancha ko‘p mustaqil, iqtisodimiz mustahkam bo‘lsa, biz bilan hisoblashishlariga majbur qilamiz. Nimamiz bilan? Faqat mehnatimiz bilan”, dedi u.

UzAuto Motors dilerlik markazlarida shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar sabab navbatlar hosil bo‘ldi
30 oktabr 2023, 13:30

UzAuto Motors dilerlik markazlarida shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar sabab navbatlar hosil bo‘ldi

Internetda 30-oktabrdan boshlab Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar qayta tiklanishi haqida mish-mishlar tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi bu ma’lumotni rad etib, dilerlik markazlarida katta navbatlar hosil bo‘lganini ma’lum qildi.

Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro 9,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi
30 oktabr 2023, 12:46

Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro 9,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Qo‘qon shahrida mayning qurilmalari, sovitish va yoritkich moslamalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan fuqaro davlatga 2,5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Unga nisbatan 9,9 mlrd so‘m jarima va mayning ferma uchun 12,3 mlrd so‘m mablag‘ undirish belgilandi.

Toshkentda Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazmoqchi bo‘lganlar javobgarlikka tortildi
30 oktabr 2023, 12:41

Toshkentda Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazmoqchi bo‘lganlar javobgarlikka tortildi

Huquq-tartibot idoralari Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun yakshanba kuni ruxsat etilmagan miting o‘tkazishni rejalashtirgan fuqarolarni javobgarlikka tortdi. Manbalarga ko‘ra, Amir Temur xiyoboniga 100 dan ortiq odam yig‘ilgan.

Latviya poytaxtida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi
30 oktabr 2023, 12:09

Latviya poytaxtida O‘zbekistonning faxriy konsulligi ochildi

Riga shahrida O‘zbekistonning Boltiqbo‘yidagi birinchi faxriy konsulligi ochildi. Unga shahardagi O‘zbekiston cavdo uyi rahbari Vladimir Galperin konsul etib tayinlandi.

Maxachqal’a aeroportida olomon Isroildan kelgan yo‘lovchilarning shaharga kirishiga to‘sqinlik qildi. Tafsilotlar
30 oktabr 2023, 12:02

Maxachqal’a aeroportida olomon Isroildan kelgan yo‘lovchilarning shaharga kirishiga to‘sqinlik qildi. Tafsilotlar

Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a aeroportida olomon “yahudiylarni respublikadan chiqarib yuborishni talab qilib” to‘plandi. Aeroportga kirgan odamlar tartibsizlik uyushtirib, Isroildan kelgan yo‘lovchilarni so‘roq qildi. Tartibsizliklar oqibatida 20 dan ortiq kishi jabrlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.

Toshkent aeroporti oldida 62 metrli O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi
30 oktabr 2023, 11:59

Toshkent aeroporti oldida 62 metrli O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi

Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelganlarni endilikda balandligi 62 m bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i kutib oladi, uning atrofida 38 ta kichikroq bayroq o‘rnatilgan. Ular shaharda o‘tkazilayotgan tadbirlar va xorijiy delegatsiyalarning tashriflariga qarab o‘zgaradi.

O‘zbekistonda shaxslarni qo‘lga olish vaqtida Miranda qoidasi tushuntirilyaptimi?
30 oktabr 2023, 11:33

O‘zbekistonda shaxslarni qo‘lga olish vaqtida Miranda qoidasi tushuntirilyaptimi?

O‘zbekistonda shaxslar jinoyatda gumonlanib, qo‘lga olinayotganda ularning huquqlari tushuntirilyaptimi? Bloger Olimjon Haydorovga ham Miranda qoidasi o‘qib eshittirildimi? “Gazeta.uz” yangi Konstitutsiya bilan kuchga kirgan ushbu qoida amalda qanchalik ishlayotgani haqida huquq-tartibot idoralariga so‘rov yubordi.

Yomg‘irli seshanbadan so‘ng havo hafta oxirigacha iliq bo‘ladi
30 oktabr 2023, 11:17

Yomg‘irli seshanbadan so‘ng havo hafta oxirigacha iliq bo‘ladi

Dushanba kuni O‘zbekistonning katta hududida havo harorati iliq bo‘ladi. Seshanba kuni yomg‘ir yog‘ib, baland tog‘larda qor ham yog‘ishi mumkin. Noyabr oyi boshidan yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Hafta yakunigacha kunlar iliq bo‘ladi. Harorat +17…+22 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston 24” lavhasida o‘qituvchilar maktabni tozalamagani uchun tanqid qilindi. Pedagoglarni mehnatga majburlash qonunga zid
30 oktabr 2023, 10:48 1

“O‘zbekiston 24” lavhasida o‘qituvchilar maktabni tozalamagani uchun tanqid qilindi. Pedagoglarni mehnatga majburlash qonunga zid

Prezident Qarshi tumanidagi 12-maktabga borib, muassasa sharoitini tanqid qildi. Tashrifni yoritgan “O‘zbekiston 24” kanalida o‘qituvchilar “maoshi oshib, mavqei yuksalsa-da, maktab hovlisini gullatib, yashnatib qo‘ymagani” ta’kidlandi. Jamoatchilik pedagoglarni mehnatga majburlash taqiqlanganini eslatdi.

O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi
30 oktabr 2023, 10:15

O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Koreyada NATO standartlari asosida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin esa AQSh va Koreya jamoalariga nasib etdi.

O‘zbekiston prezidenti maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi
30 oktabr 2023, 10:00

O‘zbekiston prezidenti maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Qashqadaryoga tashrifi davomida Qarshi tumanidagi 12-maktabning kamchiliklariga e’tibor qaratdi va maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mirziyoyev Erdog‘anni Turkiya Respublikasining 100 yilligi bilan tabrikladi
29 oktabr 2023, 13:13

Mirziyoyev Erdog‘anni Turkiya Respublikasining 100 yilligi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning milliy bayrami — Respublika e’lon qilingan kunning 100 yilligi munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik yo‘lladi.

Barchaning hayotini buzadigan yomon loyiha — urbanist Arkadiy Gershman Samarqandda qurilayotgan tunnel haqida
29 oktabr 2023, 11:28

Barchaning hayotini buzadigan yomon loyiha — urbanist Arkadiy Gershman Samarqandda qurilayotgan tunnel haqida

Rossiyalik urbanist Arkadiy Gershman Samarqand shahri markazida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgich tunneli odamlar hayotini yomonlashtirishini ta’kidlab, uni “qarzga olingan pul evaziga boshlangan bema’ni qurilish loyihasi” deb atadi. “Gazeta.uz” avvalroq bu tunnel qurilishi shahar uchun zararli ekani haqida yozgandi.

Adliya vazirligi yoqimsiz hidlar, yorug‘lik va zararli shovqinlarga qarshi kurashish loyihasini taklif qildi
29 oktabr 2023, 11:06

Adliya vazirligi yoqimsiz hidlar, yorug‘lik va zararli shovqinlarga qarshi kurashish loyihasini taklif qildi

Adliya vazirligi yoqimsiz hidlar, yorug‘lik va zararli shovqinlarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga solishni taklif qildi. Xususan, tungi vaqtda qator taqiqlarni joriy etish, havo ifloslanishining oldini olish uchun suv purkaydigan texnologiyalardan foydalanish va boshqalar rejalashtirilgan.

Toshkentda uchta tumanning ayrim qismlarida ikki kun issiq suv bo‘lmaydi
29 oktabr 2023, 10:46

Toshkentda uchta tumanning ayrim qismlarida ikki kun issiq suv bo‘lmaydi

30−31-oktabr kunlari poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim qismlarida, jumladan, shahar markazida issiq suv bo‘lmaydi. Manzillar.

Amerikalik aktyor Mettyu Perri vafot etdi
29 oktabr 2023, 09:55

Amerikalik aktyor Mettyu Perri vafot etdi

Amerikalik mashhur aktyor Mettyu Perri 54 yoshida vafot etdi. U “Do‘stlar” seriali, shuningdek, “Uch kishilik tango”, “To‘qqiz yard” va boshqa ko‘plab filmlardagi roli bilan tanilgan.

Gruziyadan Samarqandga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
28 oktabr 2023, 23:44

Gruziyadan Samarqandga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Gruziyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Gruziya tomoni o‘zbek biznesiga Qora dengizda port va terminallar qurishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Moskva harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan markaziy osiyolik migrantlarga qarshi 22 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi
28 oktabr 2023, 19:22

Moskva harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan markaziy osiyolik migrantlarga qarshi 22 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Moskva Tergov qo‘mitasi Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklarga nisbatan harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlik bo‘yicha 22 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Rossiya pasportiga ega 80 dan ortiq muhojir Rossiya Qurolli kuchlari saflarida xizmat qilish uchun yuborilgan.

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi
28 oktabr 2023, 19:12

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot davomida Qarag‘anda viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting