Tarmoqlarda juma tabrigi va diniy materiallar tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilgan xabarlar tarqaldi. Musulmonlar idorasi ularning yolg‘onligini bildirib, juma tabriklarini tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘qligini ma’lum qildi. Idora ulashish mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.
Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik migrant hujjatlarni tekshirish vaqtida vafot etgani aytilgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi uning shifoxonada vafot etgani, o‘lim hujjat tekshirish jarayoni bilan bog‘liq emasligini bildirdi. Uning jasadi mamlakatga qaytarilgan.
Qashqadaryo viloyatida 3 nafar blogerga mayda bezorilik, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa moddalar bo‘yicha 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jamoatchilik buni “mantiqsiz va noqonuniy” deya atab, Oliy suddan asoslantirilgan izoh berishni so‘radi.
Taekvondo bo‘yicha Tokio-2020 olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borib, bronza medaliga ega chiqdi.
Oliy Majlis Senati 1-iyun kuni chaqiradigan yalpi majlisida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi. Parlament quyi palatasi bu qonunni oktabr oyida qabul qilgan. Yig‘ilishda yana bir qator qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.
Tijorat banklari 30-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 365 — 11 425 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 445 — 11 480 so‘m.
Chilonzor tumani IIB binosida 21 yoshli yigit tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdagi hojatxonadan sakragani aytilmoqda. U shifoxonada vafot etgan. Yigit mashinasidan giyohvand modda topilgani uchun qo‘lga olingandi. Marhumning yaqinlari uning o‘limi sababiga shubha bildirmoqda.
Yunus Safardiyor — dunyoga mashhur samarqandlik haykaltarosh. Uning ijod namunalari Rossiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekistondagi jamoat maskanlarini bezab turibdi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida zamonaviy san’atga nisbatan qarashlari va ijodida Samarqandning o‘rni haqida so‘zlab berdi.
Prezidentning yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni nazorat qilish to‘g‘risidagi farmoni bilan prokuratura organlarida boshqaruv xodimlari soni 4195 dan 4886 nafarga, Bosh prokuratura prokuror-tergovchilari esa 252 dan 316 nafarga oshirildi. Yana bir — bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
XDP va “Adolat” SDPdan O‘zbekiston prezidentligiga tasdiqlangan nomzodlar, Rosatom" bilan AES qurish masalasi muhokamasida davom etayotgan O‘zbekiston, mamlakatga keladigan benzin narxlari, bog‘chada bolalar tanasiga uxlamagani uchun igna sanchgan amaliyotchi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati chegarada yana uchta o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirmoqda. Tarmoqlarda O‘zbekiston tomoni 2010-yilda faoliyati to‘xtatilgan “Bekobod-Xonobod” NO‘P yaqinidagi devorni buzayotgani aks etgan video tarqaldi. “Qorasuv” va “Kara-Bagish” NO‘Plarning ham ochilishi kutilmoqda.
Jizzaxda 2500 talabaga mo‘ljallangan institut binosi qurilishida ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi va quyilgan poydevor demontaj qilindi.
Yangiyo‘l tumanida 3 nafar 6-sinf o‘quvchisi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi”ga o‘rnatilgan byustlardan biriga nisbatan noo‘rin harakatlar qilib, so‘kingan va holat videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Ularning ota-onalari jarimaga tortildi.
Surxondaryo viloyatida Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ramazon Abdullayev Haj safari uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan Gumatak qishlog‘ida ko‘prik qurib berdi. Tuman hokimi deputatni tashakkurnoma bilan taqdirladi.
“Adolat” SDPdan prezidentlik saylovi uchun Robaxon Mahmudova nomzod sifatida tasdiqlandi. Uning saylovoldi dasturida “Ijtimoiy davlat-2030” dasturini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va boshqalar ko‘zda tutilgan.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkakka 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hech kimga tan jarohati yetmagani ma’lum qilindi.
Eron-Afg‘oniston chegarasida sodir bo‘lgan otishmada kamida 3 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat Hilmand daryosi suvidan foydalanishdagi nizo sababli keskinlashgan.
2023-yilda O‘zbekistonga benzin importi bir necha barobar oshdi. Birinchi to‘rt oyda 335,2 mln litr keltirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p. Importning umumiy qiymati 136,67 mln dollarni yoki litri uchun 0,4 sentni tashkil etdi. Importning aksar qismi Rossiya hisobiga to‘g‘ri keldi.
Ulug‘bek Inoyatov prezidentlik saylovlarida XDPdan nomzod sifatida tasdiqlandi. Partiya qurultoyida nomzodning qimmat mol-mulk uchun soliq joriy etish, sudlov hay’ati institutini tashkil qilish va boshqalarni nazarda tutuvchi dasturi ham tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting