Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi va 4-qavatga yetgandagina tormoz tizimi ishga tushdi. Hokimlik uy davlat qabulidan o‘tmasa ham uch yil oldin topshirilganini ma’lum qildi. Quruvchi esa qabuldan o‘tganini aytib, boshqaruv kompaniyasini aybladi.
AQSh “Ikki xalq uchun ikki davlat” rejasiga muvofiq Yaqin Sharqda tinchlikka erishish tarafdori, dedi Samarqandga kelgan USAID rahbari Samanta Pauer. U, shuningdek, AQShning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi poymol etilishini qoralash bo‘yicha chaqiriqlaridan ajablanmaslik kerakligini ta’kidladi.
“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, endi ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.
Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz aeroportida aviaqatnovlar qayta tiklanishini ma’lum qildi. Aeroportga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi.
Prezident Qarshida o‘tkazayotgan yig‘ilishida Taxtaqoracha dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirishni topshirdi. Kelgusi yilda mazkur dovonda uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel qurilishi boshlanadi. Qolaversa, Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 km yo‘l xitoylik investorlar bilan birga ta’mirlanadi.
ICTWeek 2023 haftaligi doirasida UZTELECOM innovatsion yechimlar, internet, mobil aloqa, televizor va uy telefonini o‘z ichiga olgan yangi noyob tarifni taqdim etdi.
Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. “1-dekabrga qadar Yandex Go axborot xizmati mamlakatda mahalliylashtirilishini tasdiqlaymiz”, — dedi kompaniyaning MDHdagi rahbari Kirill Svinsov. Xizmat shu kunlarda Toshkentdagi ICTExpo ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Toshkent metropoliteni bekatlarida yo‘lkirani qo‘lni skanerlash orqali to‘lasa bo‘ladigan tizim — Handpay ishga tushirilishi mumkin. U Face ID tizimi barcha bekatlarni qamrab olganidan so‘ng yo‘lga qo‘yilishi aytilmoqda.
2022-yilning dekabridan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.
Poytaxtdagi 56, 60, 95, 16, 103 va 148-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgarishlar kiritiladi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida HAMASning Isroilga hujumi “yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini” aytdi. Bu fikr Isroil hukumati tomonidan qattiq tanqidga uchradi va mamlakat rasmiylari Guterrishning iste’fosini so‘radi. Bayonotdan so‘ng Isroil BMT vakillariga viza berishni to‘xtatdi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning 3 nafar a’zosi vafot etdi.
Asr oxiriga kelib, Gobi cho‘lidan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan hududlarda chang miqdori ortishi kutilmoqda, deyiladi Jahon meteorologik tashkiloti byulletenida. Shuningdek, ekspertlar qum va chang bo‘ronlarining paydo bo‘lishiga suv va yerdan noto‘g‘ri foydalanish ham ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.
Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida 18 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ro‘yxatda 4-o‘rinda bormoqda. Para kanoe bahslarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qozog‘iston radikalizm va huquqiy nigilizmning istalgan ko‘rinishiga nisbatan murosasizlik siyosatini davom ettiradi, dedi Qosim-Jomart Toqayev. U davlatda “qonun va tartib diktaturasi”ni ta’minlashga chaqirdi va qonunga zid hamda barqarorlikni buzuvchi so‘z va harakatlarni “qat’iy bostirish”ga va’da berdi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi, u 2022-yil avgust oyi oxiridan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgandi.
25-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim mahallalarida gaz o‘chiriladi.
Qarshi tumaniga tashrif buyurgan prezident nafaqat shifoxona, balki maktabga ham rejadan tashqari borib ko‘rdi. U o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida rejadan tashqari Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurdi. Hozir muassasa aholini butunlay qamrab ololmaydi. “Ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz”, — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting