Arxiv

Andijonda noqonuniy mayning fermasi aniqlandi
22 may 2023, 16:01

Andijonda noqonuniy mayning fermasi aniqlandi

Andijon tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatib, jami 323,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

AQSh F-16 samolyotlarida ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishga rozi bo‘ldi
22 may 2023, 15:57

AQSh F-16 samolyotlarida ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishga rozi bo‘ldi

AQSh o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda ukrainalik uchuvchilarni Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishni boshlashini ma’lum qildi. Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina uchun jangovar samolyotlar sotib olish bo‘yicha koalitsiya tuzishga kelishib olgan.

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitning ozodligi 3 yilga cheklandi
22 may 2023, 15:53

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitning ozodligi 3 yilga cheklandi

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U o‘zininng 58 kishilik Telegram-kanalida turli hil diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, tanishlari bilan muhokama qilib kelgan.

Farg‘onada salkam 0,75 gektar yerni $80 mingga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan ferma raisi ushlandi
22 may 2023, 15:00

Farg‘onada salkam 0,75 gektar yerni $80 mingga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan ferma raisi ushlandi

Buvayda tumanida bog‘dorchilik uchun ajratilgan 0,75 gektar yerni noqonuniy ravishda 80 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga olindi.

10−11-sinf o‘quvchilariga qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib dars o‘tiladi
22 may 2023, 14:12

10−11-sinf o‘quvchilariga qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib dars o‘tiladi

2023-yil sentabr oyidan 1−4-sinf o‘quvchilariga xorijiy tajriba asosida, 5−9-sinflarga esa umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar beriladi. 10−11-sinflar qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida o‘qitiladi.

1-iyundan alkogol mahsulotlari narxi oshishi mumkin
22 may 2023, 12:39

1-iyundan alkogol mahsulotlari narxi oshishi mumkin

O‘zbekistonda 1-iyundan alkogol mahsulotlari narxini oshirishni ko‘zda tutuvchi loyiha muhokamaga qo‘yildi. So‘nggi marta narxlar 2021-yil dekabrda oshgandi.

Talabalar uchun 1,3 mln so‘m stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi
22 may 2023, 12:20

Talabalar uchun 1,3 mln so‘m stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan IT, matematik statistika, dasturlash tillari, ingliz tili kabi yo‘nalishlarda talabalar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi. Unda BHMning to‘rt baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida har oyda bir marotaba stipendiya berib boriladi. O‘quv kursiga talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi
22 may 2023, 12:04

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Hukumat qarori bilan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malaka oshiradi. Qolaversa, birinchi rahbarlar ham soha bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. Jarayon bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlar hisobidan qoplanadi.

Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning me’morchilik loyihasi namoyish etildi (foto)
22 may 2023, 12:01

Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning me’morchilik loyihasi namoyish etildi (foto)

18-Venetsiya arxitektura biyennalesining ochilishida O‘zbekiston “Unbuild Together: Archaism vs. Modernity” loyihasini taqdim etdi. Loyihaga Fransiyaning Studio KO byurosi kuratorlik hamda Toshkentdagi Aju universiteti hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonda hafta issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
22 may 2023, 11:40

O‘zbekistonda hafta issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda ish haftasi issiq bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Antitsiklon ta’sirida haftaning o‘rtalarida havo harorati +25 darajaga tushadi, biroq hafta oxiriga kelib yana +33 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish 25-maydan boshlanadi
22 may 2023, 11:20

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish 25-maydan boshlanadi

UzAuto Motors 25-maydan boshlab Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlanishini ma’lum qildi. Shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qolishi aytilmoqda.

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 1,5 kun issiq suv bo‘lmaydi
22 may 2023, 11:17

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 1,5 kun issiq suv bo‘lmaydi

Quvurlarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 23-may soat 20:00 gacha issiq suv ta’minoti to‘xtatildi. Ro‘yxat.

Sergey Guriyev: “Sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘llarining yopilishi — mintaqa iqtisodiy o‘sishiga jiddiy tahdid”
22 may 2023, 10:51

Sergey Guriyev: “Sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘llarining yopilishi — mintaqa iqtisodiy o‘sishiga jiddiy tahdid”

Iqtisodchi Sergey Guriyevning qayd etishicha, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan savdo yo‘llari yopilishi Markaziy Osiyo iqtisodiy o‘sishi uchun jiddiy tahdidga aylanishi mumkin. U harbiy texnika ishlab chiqarish hisobiga erishilgan YAIM o‘sishi hayot sifatini yaxshilamasligini ham qayd etdi.

Surxondaryodagi To‘palang GESda modernizatsiya ishlari yakunlandi
22 may 2023, 10:17

Surxondaryodagi To‘palang GESda modernizatsiya ishlari yakunlandi

Surxondaryo viloyatidagi To‘palang GES 75 mln 400 ming yevro evaziga modernizatsiya qilindi. Sinov ishlari to‘liq yakunlangach, GES 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi. Prezident 2019-yilda u yerdagi ishlar bilan tanishib, jarayonni “tarixiy voqea” deb atagan.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 490 — 11 545 so‘m etib belgilandi
22 may 2023, 09:48

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 490 — 11 545 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 22-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420 — 11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490 — 11 545 so‘m.

Davlat granti bitiruvchilarining 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan — vazirlik
22 may 2023, 09:44

Davlat granti bitiruvchilarining 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan — vazirlik

Tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buni rad etib, majburiyat o‘z kuchini yo‘qotmaganini izohladi.

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusi butunlay yonib ketdi
21 may 2023, 18:47

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusi butunlay yonib ketdi

Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Transport vositasi deyarli butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda bino qurilishiga norozi bo‘lgan aholi bilan janjallashgan kompaniya vakillari 10 sutkaga qamaldi
21 may 2023, 18:40

Toshkentda bino qurilishiga norozi bo‘lgan aholi bilan janjallashgan kompaniya vakillari 10 sutkaga qamaldi

Toshkentning Yunusobod tumanida qo‘p qavatli uylar orasiga “dom” qurmoqchi bo‘lgan kompaniya vakillari va aholi o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Poytaxt hokimligi aholi roziligisiz hududda qurilish amalga oshirilmasligini, IIBB esa fuqarolar bilan janjallashgan shaxslar 10 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga izoh berdi
21 may 2023, 18:25

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga izoh berdi

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov O‘zbekistonda “lyuks” vagondagi sayohati davomida skotch yopishtirilgan derazalar, kir stol va hojatxona hamda buzilgan dushga e’tibor qaratdi. “Poyezd boshlig‘i yoki vagon nazoratchisi o‘zbeklarni „podstava“ qilyapti”, — dedi u. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” holat yuzasidan izoh berdi.

Rita Levi-Montalchini — ilm-fanni o‘zgartirgan ayol
21 may 2023, 11:59

Rita Levi-Montalchini — ilm-fanni o‘zgartirgan ayol

Umrini to‘lig‘icha ilmga bag‘ishlagan italiyalik olima Rita Levi-Montalchini odam bolasi yuzga kirsa ham fanga hissa qo‘sha olishini isbotlaganlardan. 104 yoshigacha tetik, aqlini yo‘qotmagan professor xonim nafaqat neyrobiologiyada, yana siyosatda ham o‘rnini topgan shaxs hamdir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting