O‘zbekistonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyalari berish yana boshlandi.
3-oktabr kunidan boshlab Toshkent xalqaro aeroporti va Yakkasaroy IIB bekati oralig‘ida harakatlanuvchi bepul mikroavtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklangandi.
Payshanba kuniga qadar respublikaning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxirida Kaspiy dengizdan nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20 darajagacha pasayadi.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card dasturi ishtirokchilari uchun 10 ta maslahat e’lon qildi. Elchixona lotereyada ishtirok etish bepul ekanini eslatib, firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Oktabr-noyabr oylarida O‘zbekistonda 2−10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolashning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. SES o‘tgan yillardagi tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatgani, gelmintlar bilan kasallanish 3−4 martaga kamayganini aytmoqda.
Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini beruvchi mRNA sintezi texnologiyalarini ishlab chiqqan Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi.
Qo‘shko‘pir tumanida 19-maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilingani aniqlandi. Bolalarning aytishicha, ularni dalaga maktab direktori yuborgan. Direktor va sholi ekkan fermer esa tug‘ishgan aka-ukalar bo‘lishi mumkin. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi holat nazoratga olinganini bildirdi.
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda kurash bo‘yicha muvaffaqiyatli chiqishlar evaziga 43 taga yetdi. Biroq milliy terma jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi.
O‘zbekiston prezidenti Dohada Qatar amiri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mamlakatlar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi. Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi.
DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Toshkent va Guliston shaharlarida fuqarolarni 2000 va 2300 dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi.
2020-yildan buyon O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Feruza Mahmudova o‘z missiyasini yakunlamoqda. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Eli Koen elchiga yuksak faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Qatarda bir qator yirik kompaniya va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Al Mirqab Capital xoldingi O‘zbekistonda logistika markazi, Nebras Power 1 GVt quvvatga ega shamol stansiyasi va energiya saqlash tizimini qurishni rejalashtirmoqda.
Turkish Airlines kompaniyasining bortida 265 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Toshkent-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra avval kechiktirilib, so‘ng bekor qilindi. Yo‘lovchilarga issiq ovqat va mehmonxonaga joylashish taklif qilindi.
Turkish Airlines kompaniyasining bortida 265 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Toshkent-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra avval kechiktirilib, so‘ng bekor qilindi. Yo‘lovchilarga issiq ovqat va mehmonxonaga joylashish taklif qilindi.
Yanvarda Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilgan 50 yoshli Eron fuqarosiga o‘lim jazosi tayinlandi. Uning o‘q otishi oqibatida elchixona xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, ikki qo‘riqchi yaralangandi.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarida oshxona va to‘yxona egalari 1 mlrd 179,7 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu hajmdagi gaz 6 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi.
Qatarning eng yirik milliy xoldingi — Power International O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini qurishni rejalashtirmoqda. Kompaniya, shuningdek, tez orada mamlakatda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.
Shahrisabz tumanidagi qishloqlardan biriga tog‘dan O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan ikki bosh Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayiq bolasi tushgani aniqlandi. Ular maxsus o‘q-dorili qurol yordamida uxlatilib, Hisor qo‘riqxonasiga qo‘yib yuborildi.
Sanitariya epidemiologiya qo‘mitasi Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni Nipah virusidan ogohlantirdi. Mazkur infeksiya oqibatida mamlakatda 2 kishi vafot etdi, JSST virus avj olayotgani haqidagi ma’lumotini tasdiqladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting