Arxiv

Budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilish tiklandi
31 avgust 2023, 11:51

Budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilish tiklandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvar oyi o‘rtalarida to‘xtatib qo‘yilgan budjetning kunlik daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni tikladi. 28-avgust kuni xarajatlar daromadlardan 7 baravar ko‘proq bo‘ldi.

Bayram kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
31 avgust 2023, 11:46

Bayram kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

Ikki kun davom etgan yomg‘irlardan so‘ng O‘zbekistonda bayram kunlari quruq ob-havo kutilmoqda, kunduzi harorat +30, kechasi esa +14 darajagacha salqin bo‘ladi.

O‘zbekistonda uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi
31 avgust 2023, 11:37

O‘zbekistonda uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi

O‘zbekistonda uy-joy narxining o‘sishi tezlashdi, deyiladi MB sharhida. Ikkilamchi uylar narxi yillik hisobda 27,2 foizga, yangi uylarniki 21 foizga oshdi. Talab asosan ipoteka kreditlari hisobiga ortmoqda. Toshkentda yer uchastkalari narxi sotixiga 282 mln, uy-joylar narxi kvadratiga 11,3 mln so‘mgacha yetdi.

Samarqandda Osiyo va Yevropa davlatlari vakillari oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qiladi
31 avgust 2023, 11:19

Samarqandda Osiyo va Yevropa davlatlari vakillari oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qiladi

7−8-sentabrda Samarqandda bo‘ladigan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada 30 dan ortiq davlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashadi. Kun tartibidan “Nol ochlik” maqsadiga erishish, mamlakatlararo mahsulot yetkazib berish uchun ekspress yo‘laklarni ochish va boshqalar o‘rin olgan.

Bolalar muassasalari yaqinida ular uchun xavfsiz ko‘chalar bo‘lishi kerak
31 avgust 2023, 11:11

Bolalar muassasalari yaqinida ular uchun xavfsiz ko‘chalar bo‘lishi kerak

O‘zbekistonda bolalar muassasalari yaqinida xavfsiz ko‘chalar yaratish madaniyati mavjud emas. Yuzlab odamlar haftalab prezident ishtirokida ochilgan Respublika bolalar kutubxonasi yaqinidagi hududni obodonlashtirdi, biroq yaqin atrofdagi ko‘chalar va chorrahani tartibga keltirishni hech kim xayoliga ham keltirmadi.

CNN: O‘zbekistonlik bir guruh migrantlar IShID bilan aloqadorlikda gumonlangan kontrabandachi yordamida AQShga kirgan
31 avgust 2023, 10:32

CNN: O‘zbekistonlik bir guruh migrantlar IShID bilan aloqadorlikda gumonlangan kontrabandachi yordamida AQShga kirgan

IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan kontrabandachi o‘zbekistonlik bir guruh muhojirlarga Meksika orqali AQShga kirishga yordam bergan. Bu ma’lum bo‘lgach, FQB ularni butun mamlakat bo‘ylab “qidirishga shoshildi”, — deb yozadi CNN. 15 nafar o‘zbekistonlikning manzili hali aniqlanmagan.

Sudochye — qamishlar, chinklar, qushlar makoni. Bir vaqtlar sohilida yuzlab odamlar yashagan, hozir esa millionlab qushlarga qo‘nalg‘a vazifasini bajaruvchi ko‘ldan reportaj
30 avgust 2023, 22:55

Sudochye — qamishlar, chinklar, qushlar makoni. Bir vaqtlar sohilida yuzlab odamlar yashagan, hozir esa millionlab qushlarga qo‘nalg‘a vazifasini bajaruvchi ko‘ldan reportaj

Nukusdan taxminan 150 km uzoqlikda, Mo‘ynoq tumanida, mahalliy aholi “Suvi duchchi” (o‘zbekchasiga “suvi chuchuk”) deb atagan, xaritalarga Sudochye nomi bilan kiritilgan ko‘llar tizimi bor. U yerga boradigan to‘g‘ri va tekis yo‘l yo‘q, shu bois masofani bosib o‘tishga 4 soatcha vaqt ketadi. “Gazeta.uz” reportaji.

O‘zbekiston prezidenti yangi elchilarni qabul qildi
30 avgust 2023, 22:07

O‘zbekiston prezidenti yangi elchilarni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Xitoy, Malayziya, Buyuk Britaniya, Turkmaniston va Bangladeshning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasi ikki kun kechki soatlarda yopiladi
30 avgust 2023, 21:56

Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasi ikki kun kechki soatlarda yopiladi

31-avgust va 1-sentabr kunlari kechki soatlarda Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi transport harakati uchun yopiladi.

“Holat yaxshilangan, ammo qurilish dilni xira qilyapti”. AQSh delegatsiyasi — Toshkentdagi “Sietl” bog‘i haqida
30 avgust 2023, 21:39

“Holat yaxshilangan, ammo qurilish dilni xira qilyapti”. AQSh delegatsiyasi — Toshkentdagi “Sietl” bog‘i haqida

Qardosh shahar aloqalari o‘rnatilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan Toshkentga Amerikaning Sietl shahri delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari ramziy bog‘larning holati haqida suhbatlashdi. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentdagi “Sietl” bog‘i hududi qayta tiklanishiga umid bildirdi.

“Kelmagan bir prezident qoldi, xolos”. Internet yulduziga aylangan va 45 yildan beri gazli suv sotuvchi Abduvosit ota hikoyasi
30 avgust 2023, 19:04

“Kelmagan bir prezident qoldi, xolos”. Internet yulduziga aylangan va 45 yildan beri gazli suv sotuvchi Abduvosit ota hikoyasi

Toshkentning 8-mart, Mehrjon va Surxon ko‘chalari kesishmasi yaqinida, katta bir daraxt soyasida moviy bir budka bor. Ba’zida uning oldida ulkan navbatlar paydo bo‘ladi. Bu yerda 30 yildan beri olmoslik Abduvosit Mahmudov qiyomli gaz-suv sotadi. “Gazeta.uz” 75 yoshli otaxonning hikoyasini havola qiladi.

Stereotiplar ayollarning maoshini pasaytiradi — Jahon banki tadqiqoti
30 avgust 2023, 18:31

Stereotiplar ayollarning maoshini pasaytiradi — Jahon banki tadqiqoti

Jahon banki iqtisodchisi ayollar va erkaklar maoshi bo‘yicha tadqiqoti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda tajriba o‘tkazdi. Tadqiqot xulosasida maosh to‘lashda jinslar o‘rtasidagi farq saqlanib qolayotganiga asosan ayollarga nisbatan shakllangan stereotiplar sababchi ekani aytilgan.

Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasi e’lon qilindi
30 avgust 2023, 18:00

Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasi e’lon qilindi

Transport vazirligi Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda xaritaning boshqa norasmiy variantlari ham tarqaldi.

O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish etiladi
30 avgust 2023, 17:26

O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati Xitoydagi ko‘rgazmada namoyish etiladi

2-sentabrdan Xitoyning Xanchjou shahridagi Milliy ipak muzeyida an’anaviy o‘zbek so‘zanalari, chopon va zargarlik buyumlarini o‘z ichiga olgan 20 ta eksponat namoyish etiladi. “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da mintaqa mamlakatlarining 150 ga yaqin libosi ham taqdim etiladi.

O‘zbekiston CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarimfinaliga yo‘l oldi
30 avgust 2023, 17:05

O‘zbekiston CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarimfinaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik kibersportchilar CS:GO bo‘yicha jahon chempionati (IESF World Esports Championship 2023) yarimfinaliga chiqdi. Jamoa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi, chorak finalda esa Vengriyani mag‘lub etdi.

Uzbekistan Airways navbatdagi A320neo samolyotini qabul qilib oldi
30 avgust 2023, 16:30

Uzbekistan Airways navbatdagi A320neo samolyotini qabul qilib oldi

Uzbekistan Airways Xitoyning CALC kompaniyasidan 168 o‘ringa mo‘ljallangan navbatdagi A320neo samolyotini sotib oldi. Karbonat angidrid chiqarishi 50 foizga kamaytirilgan “ekologik toza” havo kemasidan mahalliy aviaqatnovlar uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi TikTok’ni bloklashga qaror qildi
30 avgust 2023, 15:19

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi TikTok’ni bloklashga qaror qildi

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi bolalar ruhiy rivojlanishi va salomatligiga zarari sababli TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bloklashga qaror qildi.

YOII va MDH davlatlari ulushi kamayishi va YI bilan savdoning kengayishi. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgarmoqda?
30 avgust 2023, 15:02

YOII va MDH davlatlari ulushi kamayishi va YI bilan savdoning kengayishi. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgarmoqda?

Tovar aylanmasining o‘sish tempi pasayishi ortidan Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi maqomini yo‘qotmoqda. Xitoy O‘zbekiston bozoriga eksport hajmini keskin oshirdi va yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘zbekistonning YOII va MDHga bog‘liqligi kamayib, Yevropa Ittifoqi bilan savdo aloqalari kengaydi.

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola quduqdan o‘lik holda topildi
30 avgust 2023, 14:27

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola quduqdan o‘lik holda topildi

Zangiota tumanida bir kun avval bedarak yo‘qolgan 2 yoshli bola ko‘ngillilar yordamida qidirib topildi. Kechasi bolaning jasadi uy yaqinidagi quduqdan topilgan. Tuman prokuraturasi tergov olib bormoqda.

1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?
30 avgust 2023, 14:19

1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

Talabalar uchun yangi turdagi stipendiya joriy etiladi, maktab direktorlariga qator huquqlar beriladi, “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi o‘tkaziladi, ichki ishlar hodimlari fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitiladi, subsidiya endi onlayn ajratiladi — 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting