Prezident Qasim-Jomart Toqayev “mamlakat kelajagi bilan bog‘liq o‘ta muhim masala” bo‘lgani uchun Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi.
Sobiq moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isakov O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining konsultant-maslahatchisi lavozimiga jalb qilindi.
Auto Motors Asia MCHJ tarkibiga kiruvchi Jetour Uzbekistan kompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan avtomobillarga chegirma e’lon qildi.
Toshkent aeroportining mahalliy terminali oldidagi hudud rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi. Ilk bor barcha avtomobillarga qisqa muddat — 10 daqiqagacha — terminal hududiga kirishga ruxsat berildi. Kutib oluvchilarga sharoit yaratilishi yoki yo‘qligi va rekonstruksiyaga muhtoj avtoturargoh taqdiri ochiqlanmadi.
Jahonda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshladi. “Gazeta.uz” “Zangiota-1” Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi direktori va uning o‘rinbosari bilan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, infeksiyaning tarqalishi va virusning yangi turlari haqida suhbatlashdi.
Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklab, ekologiya, kuchli fuqarolik jamiyati va OAVning ahamiyati, ayollarga teng imkoniyatlar yaratish, bag‘rikenglik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish kabi masalalarga to‘xtaldi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxtli qilishdir”, — deya eslab o‘tdi u.
Surxondaryo hokimi bilan mojarodan so‘ng omma e’tiboriga tushgan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova o‘qituvchilardan birining turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Viloyat hokimi jabrlanuvchining oldiga borib, vaziyatni nazoratga olganini bildirdi.
“Gazeta.uz”ga Brio Group (Oson) MB qo‘llagan jarima yuzasidan izoh berdi. Shuningdek, to‘lov tashkilotlari 5-sentabrdan transchegaraviy tranzit operatsiyalar taqiqlanishi haqida ogohlantirilgani aytildi. Kompaniya MBdan millionlab mijozlarga ta’sir qiluvchi masala bo‘yicha shaffof muloqot tashkil etishni so‘rayapti.
Mansab soxtakorligi va yer berish tartibini buzishda aybli deb topilib, 3 yilga qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayev Oliy sudning kassatsiya instansiyasida ozodlikka chiqarildi. Bunday hukmga uning pushaymonligi va moddiy zararni to‘liq qoplagani sabab qilib ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan 286 nafar mahkum afv etildi. Ularning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 30 nafarini chet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.
Roodell kompaniyasi — Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Arrizo 6 Pro avtomobili egalari uchun Sinbad basseyn kompleksida ajoyib bayram tashkil qildi.
2019-yildan buyon Buyuk Britaniya mudofaa vaziri sifatida ishlab kelgan Ben Uolles iste’foga chiqdi. U Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirishda hal qiluvchi rolni o‘ynagan. Uollesning o‘rnini Energetika vazirligini boshqargan Grant Shapps egalladi.
Prezident farmoniga ko‘ra “O‘zsuvta’minot”, “O‘zog‘irsanoatloyiha” va “ToshuyjoyLITI” AJlari aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga o‘tkazildi.
Markaziy bank jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani uchun Brio Group (Oson) to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanganini ma’lum qildi.
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Urganch, Xiva va Buxorodan Toshkentga, shuningdek, Toshkentdan Buxoro viloyatining ayrim tumanlariga qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Toshkentdagi Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident qatag‘on qurbonlari yashagan mahallalarda ularning nomlari, faoliyatini muhrlab qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Navoiy viloyatida o‘tkaziladigan “Stixiya” festivali tanqidlarga uchragani ortidan viloyat hokimligi munosabat bildirib, mentalitetga xos bo‘lmagan har qanday tadbirga qarshi ekanini ma’lum qildi. “Ma’naviyatimizga zid bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha kafolat xatlari olingan”, — deyiladi unda.
O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi arafasida yoshi 100 ga yetgan “Bo‘zsuv GES-1” stansiyasi modernizatsiyadan so‘ng yana ishga tushirildi. Endilikda GES yiliga o‘rtacha 44,4 mln kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Rossiyaning Belgorod viloyatiga O‘zbekistonning davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari tomonidan 12 tonna insonparvarlik yordami jo‘natildi. Yukda kiyim-kechak va poyabzallar, dori-darmon, shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud.
Bayramona osh, qozon kabob, tovuqli hamda qiyma kabob, julen somsa, tandir somsa, chak-chak, “Midiya” paxlavasi, beze va yong‘oqli pechenelar — Zira.uz Mustaqillik bayramida tayyorlash uchun mazali va foydali, qolaversa, dasturxoningizga ko‘rk berib turuvchi taomlar va shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting