Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” — “Olimpik” (2:1) o‘yinidan keyin futbolchilar bilan uchrashdi. U gol muallifi Rubin Hebayga istalgan avtomashinasini tanlashini, qolgan futbolchilarga esa iPhone 14 smartfonlari berilishini va’da qildi.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslarga tungi vaqtda ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda transport vositasi ish va dam olish vaqtini nazorat qiluvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak. Avtobusga ichki ishlar organlari hamrohlik qilmaydi.
O‘zbekiston hukumati va Vetnamning Petrovietnam Exploration & Production kompaniyasi o‘rtasida Kossor, Sho‘rchashma va Chuqurko‘l uchastkalaridagi neft va gaz obyektlarida geologik qidiruv ishlarini boshlash to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida suzishga borgani aytilayotgan 20 kishining 11 nafari Sirdaryoda cho‘kib ketib halok bo‘ldi. Ularning 5 nafari bolalar. Hudud cho‘milish uchun mo‘ljallanmagani ta’kidlandi.
Samarqand shahrida 49 kishi xot dogdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Ahvoli yaxshilangan 29 kishiga uyga javob berilgan. Ustidan shikoyat qilingan oshxona vaqtincha yopilib, mahsulotlari tekshirilmoqda.
21-avgust kuni EASYBOOKING kompaniyasi Centrum Air hamkorligida Toshkent-Doha (Qatar) yo‘nalishida ilk parvozni yo‘lga qo‘ydi. A-320 samolyotining birinchi yo‘lovchilari orasida “Navbahor” klubining muxlislari ham bor. Shuningdek, EASYBOOKING dastlabki 3 reys yo‘lovchilariga Qatar vizasini bepul taqdim etmoqda.
2024−2025 o‘quv yilidan IIV Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlari o‘qitiladi. Ular muassasaga imtihonlarsiz qabul qilinadi. Kvotalarni prezident belgilaydi.
Beshariq tumanida oilali ayolga zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlagan va jinsiy ehtiyojlarini qondirgan 4 erkakning biri 9 yilga, ikki nafari 8 yilga, yana biri esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
OTMga qabul uchun test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi va u 31-avgustga qadar davom etadi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.
22-avgust kechasi O‘zbekistonda OTMga qabul uchun yakuniy test natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari, abituriyent ID raqamini yuborgan holda @edtmmandatbot Telegram boti, ruxsatnoma QR-kodi hamda test natijalari qaydnomasi orqali bilishlari mumkin.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi charjbek — karta egalarining amalga oshirilgan to‘lovlarni qaytarib olishi bilan bog‘liq firibgarlikning yangi ko‘rinishi haqida ma’lumot berdi. Tadbirkorlar orasida xaridorlar sotib olingan tovar yoki xizmatlar uchun pul mablag‘larini qaytarib olishidan zarar ko‘rganlar bor.
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan 3,5 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bir qancha holatlarga chek qo‘yildi, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.
Mustaqillik bayramiga ketma-ket 3 kun dam, Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini oshirgan O‘zbekiston, o‘zini osib o‘ldirgan 20 yoshli kelin, narkotiklar ro‘yxatiga kirgan “Tapentadol”, Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi, Vengriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston iyul oyida Xitoyga tabiiy gaz eksportini oshirdi. Qiymat bo‘yicha yetkazib berish hajmi 91,4 mln dollarga o‘sdi, bu iyun oyiga nisbatan 7,2 foizga ko‘p.
Mart oyida Strategik islohotlar agentligi 2023−2025-yillarda isloh qilish va ish samaradorligini oshirish rejalashtirilgan 31 ta davlat ulushi bo‘lgan korxona aksiyalarini o‘z balansiga olgan edi. Ushbu kompaniyalar va yana 9 ta bankdagi ulushlar Iqtisodiyot va Moliya vazirligi boshqaruviga qaytarildi.
Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz mahalliy domeni serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Avgust oyi boshida mamlakat hukumati domen mamlakat tashqarisida joylashtirilgani uchun platformaga kirishni vaqtincha yopib qo‘ygan edi.
2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
Sergeli tumanida yangi Chery Sergeli dilerlik markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida brendning 10 nafar mijoziga avtomobil kalitlari hamda kompaniyadan esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 1−3-sentabr kunlari dam oladi. 4-sentabrdan esa barcha yana ishga qaytadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting