Arxiv

Alta Plast jonli efirda deraza profillarining krash-testini o‘tkazadi
20 iyul 2023, 13:00

Alta Plast jonli efirda deraza profillarining krash-testini o‘tkazadi

Deraza profillari ishlab chiqaruvchi Alta Plast kompaniyasi YouTube orqali jonli efirda deraza profillarining 24 soatlik krash-testini o‘tkazadi.

AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit otishmada vafot etdi
20 iyul 2023, 12:47

AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit otishmada vafot etdi

Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan otishmada og‘ir yaralangan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit shifoxonada vafot etdi. 17 yoshli gumonlanuvchi qidiruvga berilgan.

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi
20 iyul 2023, 12:38

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yakkasaroy tumanida 77-sonli avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi.

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari
20 iyul 2023, 12:17

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

2022-yili Yevropada 60 ming kishi anomal issiqdan vafot etdi. Ko‘rsatkich global isish paytida yana ortishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlardan bu paytda o‘zi bilan yaxna suv olib yurish, yengil va keng liboslar kiyish hamda mashinalarda bola, hayvonlarni qoldirmaslikni so‘radi. Batafsil tavsiyalar.

Nikolayev viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasi oqibatida 19 kishi jarohatlandi
20 iyul 2023, 12:16

Nikolayev viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasi oqibatida 19 kishi jarohatlandi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Nikolayev viloyati o‘qqa tutildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 19 kishi jarohat olgan, qurbonlar ham borligi aytilmoqda. Raketa zarbasi 3 qavatli binoning bir necha qavatini vayron qilgan va 450 kvadrat metr maydonda yong‘in kelib chiqqan.

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi
20 iyul 2023, 11:59

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Shirin ko‘chasida uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, ulardan birining haydovchisi kasalxonaga yotqizildi.

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi
20 iyul 2023, 10:13

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi

Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Banklarda dollar kursi 11 655−11 660 so‘m etib belgilandi
20 iyul 2023, 10:01

Banklarda dollar kursi 11 655−11 660 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 20-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 540−11 600 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 655−11 660 so‘m.

Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari bilan vizasiz rejim va erkin savdo hududini joriy etishga chaqirdi
20 iyul 2023, 08:42

Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari bilan vizasiz rejim va erkin savdo hududini joriy etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlarining birinchi sammitida Do‘stlik, mintaqalararo bog‘liqlik va hamkorlik bitimini ishlab chiqish, erkin savdo hududi va vizasiz sayyohlik makonini yaratish taklifini ilgari surdi. Ikkinchi sammit Samarqandda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston prezidenti Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi (foto)
20 iyul 2023, 08:09

O‘zbekiston prezidenti Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi (foto)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifining ikkinchi kunida Makkaga borib, umra amallarini bajardi. U o‘tgan yilning avgustida ham umra amalini ado etgandi.

Toshkentda avtobus haydovchisi va uning akasi avtopark xodimi bilan mushtlashdi
19 iyul 2023, 22:43

Toshkentda avtobus haydovchisi va uning akasi avtopark xodimi bilan mushtlashdi

Dam olish kuni Toshkentdagi 4-sonli avtoparkka shortik va shippakda kelgan avtobus haydovchisi va korxona muhandisi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Mojaroga keyinroq haydovchining yaqinlari va boshqalar ham qo‘shilgan. Haydovchi, uning fkasi va korxona muhandisi jarohatlangan.

Vladimir Putin Gaaga sudi orderi bilan hibsga olinish xavfi bo‘lgani bois JARdagi BRIKS sammitiga bormaydi
19 iyul 2023, 22:05

Vladimir Putin Gaaga sudi orderi bilan hibsga olinish xavfi bo‘lgani bois JARdagi BRIKS sammitiga bormaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin JARda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga bormaydi. U yerda Putinni mamlakat rasmiylari Xalqaro jinoyat sudi orderi bilan hibsga olishi mumkin edi. RF rahbari ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda gumonlanmoqda.

19-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
19 iyul 2023, 22:00

19-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Soliqlardan qutulgan O‘FA, Buxoroda jadidchilikka bag‘ishlangan ilk muzey, maktablar uchun yuqori internet tezligiga ega tariflar, yiliga faqat 1 marta qabul bo‘ladigan Xususiy OTMlar, O‘zbekistonning jahon pasportlari reytingidagi o‘rni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Aktyor Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi
19 iyul 2023, 21:51

Aktyor Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi. U umrining so‘ngiga qadar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritdi. Aktyor “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvi, ko‘plab videofilm, telepostanovka, tele va radiospektakllarda rollar ijro etgan.

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlik ishi bo‘yicha sudlanuvchilar soni ortishi mumkin
19 iyul 2023, 18:49

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlik ishi bo‘yicha sudlanuvchilar soni ortishi mumkin

Sud Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun sudlangan sobiq amaldorlarga qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun prokurorga qaytardi. Sudlanuvchilarga yangi ayblovlar qo‘yish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz”: UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini ta’minotidagi uzilishlarga jazirama sabab bo‘ldi
19 iyul 2023, 18:22

“O‘zbekneftgaz”: UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini ta’minotidagi uzilishlarga jazirama sabab bo‘ldi

UNG Petro`ning ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benzinini yetkazib berishda uzilishlar kuzatildi. “O‘zbekneftgaz” havo harorati keskin isib ketgani tufayli benzin tungi vaqtlarda yetkazib berilayotganini ma’lum qildi.

Grozniy: Checheniston yuragiga sayohat
19 iyul 2023, 18:00

Grozniy: Checheniston yuragiga sayohat

O‘zbek me’mori loyihalashtirgan Yevropadagi eng katta masjid, osmono‘par binolar, tarixga boy maskanlar, go‘zal ko‘chalar va ko‘rkam bog‘lar — “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov Checheniston poytaxti Grozniyga sayohati davomida ko‘rgan-kechirganlari haqida hikoya qiladi.

“Vaqf” fondi 6 oyda 16,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya qildi
19 iyul 2023, 17:50

“Vaqf” fondi 6 oyda 16,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya qildi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi so‘nggi 6 oyda 16,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya sifatida sarfladi. Fond ushbu pullar qaysi yo‘nalishlarga yo‘naltirgani haqida ma’lumot berdi.

Kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik ayollar terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi
19 iyul 2023, 17:42

Kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik ayollar terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik ayol kurashchilar Iordaniyada o‘tgan sport kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 7 medal: 2 kumush va 5 bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

Pedagoglar malakasini oshirish instituti mansabdorlari katta miqdorda pul o‘zlashtirishda gumonlanmoqda
19 iyul 2023, 17:09

Pedagoglar malakasini oshirish instituti mansabdorlari katta miqdorda pul o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida prorektorga aloqadorligi aytilgan firmaga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha to‘lab berilgani aniqlandi. Antikorrupsiya agentligi manfaatlar to‘qnashuvi yuz bergani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting