90 yil avval o‘zbek matbuoti nega “Amerikadagi seravtomobilchilik”ni isrofgarchilikka tenglashtirgan? Sharof Rashidovning 60 yil avvalgi maqolasida jadidchilik tarafdorlari nega qoralangan? 30 yil avval Toshkentda ekologik vaziyat qanday edi? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.
Gruziyaning TBC Bank Group banklar guruhi Payme to‘lov xizmatining 100 foizlik ulushi egasiga aylandi. Kompaniya 113,6 mln dollarga baholangan holda 49 foiz ulush 55,7 mln dollarga xarid qilindi.
Xorazmda haydovchilarga ta’zim qilib yo‘ldan o‘tadigan bolalar, 25 yoshgacha bo‘lganlarga 5 yilga berilayotgan “zagran” pasport, Paynet`dan naqd pul yechib olish tizimi, Umra uchun fuqarolarning 1,6 mlrd so‘mini onlayn qimorga tikib yuborgan Diniy qo‘mita mutaxassisi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Singapur prezidenti Halima Yaqub turmush o‘rtog‘i bilan davlat tashrifini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular Ostonadan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining oddiy reysida uchishdi.
MB avtokreditlar hajmi keskin o‘sgani, banklar kredit portfelida bunday kreditlar konsentratsiyasi oshgani sababli tavakkalchilik darajasini o‘lchashning yangi usulini taklif qildi. MBning amaldagi va avvalgi rahbariyati banklar avtomobil uchun kredit olish xavfini sezmayotgani haqida ogohlantirgan edi.
23-maydan 30-iyunga qadar Uzum Market`da barcha turdagi tovarlarni 70% gacha chegirmalar bilan sotib olish imkoniyati bo‘ladi. Shuningdek, marketpleysda halol kechiktirib to‘lash imkoniyati mavjud.
Belgorod viloyatida o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida diversantlar tuzilmalari qurshab olinib, tor-mor etildi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 70 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Toshkentda Yevropa Ittifoqining parlamentarizmni mustahkamlash bo‘yicha global dasturi — Inter Pares bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi. “Anjuman yakunlari bo‘yicha parlament salohiyatini yanada rivojlantirish va rolini kuchaytirish bo‘yicha foydali tavsiyalar ishlab chiqiladi”, — dedi Tanzila Narbayeva.
Xitoy logistika kompaniyalari O‘zbekistonda nafaqat tovarlarni ayirboshlab, transport xizmatlari ko‘rsatadi, balki chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini ham tashkil qiladi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona ham ochiladi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyda O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temiryo‘li qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlanganini aytdi. Qo‘shma bayonotda tomonlar qurilishni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishga tayyorligi qayd etilgan.
Xorazm YHXB “ilg‘or mamlakatlar tajribasi” asosida bolalar ishtirokidagi YTHlarning oldini olishning yangi usulini taklif qildi. Unga ko‘ra, o‘tish joylaridan oldin STOP belgisi chiziladi. O‘quvchilar qo‘llarini ko‘tarib, yo‘lni kesib o‘tadi va minnatdorlik belgisi sifatida haydovchilarga ta’zim qiladi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan yuridik shaxslar xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish uchun to‘lovni chet el valyutasidagi korporativ kartalar orqali amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda xarajatlar chegarasi belgilab qo‘yilgan.
Turkiyada prezidentlik poygasidan chetga chiqqan nomzod Sinan Ogan 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tojikiston bilan fors-major holatlarda davlat havo hududlarini qisqa muddatli kesib o‘tish, aerodromlardan biriga zaxira sifatida qo‘nish uchun ruxsat berishni ko‘zda tutuvchi bitimni ratifikatsiya qildi.
1-iyundan Paynet orqali naqd pul yechish xizmati sinov tarzida ishga tushiriladi. Sinov muddati 2023-yilning dekabr oyigacha davom etadi.
Samarqand shahrida otasining mashinasini haydab ketayotgan 16 yoshli o‘smir tezlikni oshirib, yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Namangan shahrida 62-Xalqaro gullar festivali boshlandi. “Gazeta.uz” minglab odamlarni bir yerga jamlagan festivaldan fotoreportaj tayyorladi.
2023-yilning to‘rt oyida O‘zbekistonga 2 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Turistlarning asosiy qismi qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Rossiyadan kelgan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi fuqarolardan Umra ziyorati uchun olgan 1 mlrd 650 mln so‘mni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sud davomida jabrlanuvchilar arizalarini qaytarib olgani sababli moddiy zarar to‘lanmagan. Sobiq xodim esa besh yilga qamalgan.
Tijorat banklari 23-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420 — 11 435 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 470 — 11 520 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting