Arxiv

Toshkentda Tracker`ga kelib urilgan tez yordam mashinasi ag‘darildi
26 dekabr 2022, 09:41

Toshkentda Tracker`ga kelib urilgan tez yordam mashinasi ag‘darildi

Shayxontohur tumanida Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker avtomobiliga kelib urildi. Zarb oqibatida Ford ag‘darilib ketdi.

«Sening kasringga bachalaring yem bo‘ladi» — urgutlik ayol yosh bolasini shafqatsiz kaltakladi
26 dekabr 2022, 08:46

«Sening kasringga bachalaring yem bo‘ladi» — urgutlik ayol yosh bolasini shafqatsiz kaltakladi

Urgut tumanining Vatak mahallasida ayol yosh bolasini shafqatsiz kaltakladi. So‘zlaridan turmush o‘rtog‘idan shu yo‘l bilan qasd olishga uringanga o‘xshaydi. Tuman hokimligi ona-bolaning ruhiy va jismoniy salomatligi nazoratga olinganini ma’lum qildi.

«Hammasi yasama». Rasul Kusherbayev Qonunchilik palatasi majlisini qanday tark etgandi?
25 dekabr 2022, 18:15

«Hammasi yasama». Rasul Kusherbayev Qonunchilik palatasi majlisini qanday tark etgandi?

Tarmoqlarda deputat Rasul Kusherbayevning Qonunchilik palatasi majlisida kun tartibiga doir savol bermoqchi bo‘lgani, biroq u e’tiborga olinmagani aks etgan video tarqaldi. «Bunday yig‘ilishda o‘tirgandan o‘tirmagan yaxshi. Men ketaman. Hammasi yasama, so‘z bermaydi», — deya gapirgan u.

Jizzaxda erkak xotini bilan janjalda uni pichoqlab o‘ldirdi
25 dekabr 2022, 15:05

Jizzaxda erkak xotini bilan janjalda uni pichoqlab o‘ldirdi

Sharof Rashidov tumanida erkak janjal oqibatida xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Uchta hududda Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi
25 dekabr 2022, 14:57

Uchta hududda Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Farg‘ona shahrida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi. Ularni qurish «O‘zavtosanoat» homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Toshkentda yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan elektrobus haydovchisi ishdan olindi
25 dekabr 2022, 11:41

Toshkentda yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan elektrobus haydovchisi ishdan olindi

Tarmoqlarda elektrobus haydovchisining yo‘lovchilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. «Toshshahartransxizmat» unga qat’iy chora ko‘rilgani va mehnat shartnomasi to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Strategik islohotlar agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
25 dekabr 2022, 11:34

Strategik islohotlar agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Taniqli iqtisodchi olim Abdulla Abduqodirov prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, Akbar Musayev va Rustamxon Azizov esa o‘rinbosar etib tayinlandi.

Samarqandda FVB rahbari, Farg‘onada bank boshqaruvchisi pora bilan ushlangani aytilmoqda
25 dekabr 2022, 11:31

Samarqandda FVB rahbari, Farg‘onada bank boshqaruvchisi pora bilan ushlangani aytilmoqda

DXX Samarqandda fuqarodan ishga kiritib qo‘yish uchun 1000 dollar olayotgan tuman FVB boshlig‘ini, Farg‘onada esa qarzdorlikni yopib berish uchun fuqarodan 3500 dollar olayotgan bank boshqaruvchisini qo‘lga oldi. Ushbu shaxsglarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi
25 dekabr 2022, 10:51

Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov yangi ta’sis etilgan Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi. Palata raisi Davron Vahobov ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Toshkentda Lacetti Cobalt bilan to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi
24 dekabr 2022, 18:26

Toshkentda Lacetti Cobalt bilan to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi

Chilonzorda Lacetti va Cobalt ishtirokidagi YTH oqibatida 2011 yilda tug‘ilgan shaxs vafot etdi. Ikki mashina haydovchilari jarohat oldi.

Rahim Hakimov O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi
24 dekabr 2022, 18:06

Rahim Hakimov O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Rahim Hakimov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Murtaza Qarshiboyev davlat rahbari maslahatchisi-spichrayter o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
24 dekabr 2022, 17:34

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbarini tavallud kuni bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar, Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik tiladi.

Blogerga qilingan hujum yuzasidan jinoiy ish ochildi
24 dekabr 2022, 16:47

Blogerga qilingan hujum yuzasidan jinoiy ish ochildi

Toshkent shahar IIBB bloger Abduqodir Mo‘minovga qilingan hujum yuzasidan «bosqinchilik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, flesh-disk yozuvlarni tekshirish uchun musodara qilingan. Bloger uni ruxsatisiz olib ketishganini aytgandi.

Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga boradi
24 dekabr 2022, 16:02

Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga boradi

O‘zbekiston prezidenti 26−27 dekabr kunlari MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi, Toshkent prokuroriga yangi unvon berildi
24 dekabr 2022, 15:40

O‘zbekiston harbiy prokuroriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi, Toshkent prokuroriga yangi unvon berildi

Otabek Xolboyev O‘zbekiston harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qahramon Isroilov esa o‘rinbosar etib tayinlandi. Prezident Toshkent shahar prokurorini yangi unvon bilan taqdirladi.

Toshkentda 17 yoshli o‘smir poyezd urib ketishi sabab vafot etdi
24 dekabr 2022, 14:52

Toshkentda 17 yoshli o‘smir poyezd urib ketishi sabab vafot etdi

Toshkent — Salar temir yo‘l bekatlari oralig‘ida quloqchin taqib, qo‘l telefonida musiqa tinglab o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan shaxsni poyezd urib yubordi. Hodisa oqibatida o‘smir vafot etdi.

Bloger Abduqodir Mo‘minov unga hujum bo‘lganini ma’lum qildi
24 dekabr 2022, 13:39

Bloger Abduqodir Mo‘minov unga hujum bo‘lganini ma’lum qildi

Youtube`dagi «Koʻzgu» kanali muallifi Abduqodir Mo‘minov noma’lum shaxslar tomonidan unga hujum uyushtirilgani, mashinasining old oynasi bita bilan sindirilgani haqida xabar berdi.

Nima tayyorlaymiz: Bayramona salatlar
24 dekabr 2022, 12:57

Nima tayyorlaymiz: Bayramona salatlar

Yangi yil bayrami ramzi bo‘lgan olive, «Mandarin», tunets balig‘i va tuxumlik grenkalar, dudlangan tovuq va koreys sabzisi bilan salat, steyk va karamellangan nokli salat, «Qordagi toshlar» va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy bayramona salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Nima o‘qiymiz? Jurnalist va filolog Shahnoza Soatova tavsiya qiladi
24 dekabr 2022, 12:34

Nima o‘qiymiz? Jurnalist va filolog Shahnoza Soatova tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.

Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisi 27 dekabr kuni chaqiriladi
24 dekabr 2022, 12:18

Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisi 27 dekabr kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 2022 yil 27 dekabr kuni chaqiriladi. Unda 2023 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi, O‘zbekiston va Turkiya hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitim va boshqa qonunlar ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting