Arxiv

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlashtirildi
17 aprel 2023, 17:35

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlashtirildi

Osiyo Futbol konfederatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborovning doping testida “taqiqlangan modda aniqlangani” sababli uni vaqtincha diskvalifikatsiya qildi.

Namangan shahridagi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
17 aprel 2023, 16:57

Namangan shahridagi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Davlatobod tumanida ohak ishlab chiqaruvchi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahri yangi hokimi qarorlarining deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan
17 aprel 2023, 14:54

Toshkent shahri yangi hokimi qarorlarining deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan

Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov ushbu lavozimga tayinlanganidan buyon bir oy o‘tmay 35 ta qaror imzolagan bo‘lsada, ularning deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan. Qabul qilingan 14 ta farmoyishdan 4 tasi ham mavjud emas.

Germaniyadagi so‘nggi uchta AESning faoliyati to‘xtatildi
17 aprel 2023, 13:18

Germaniyadagi so‘nggi uchta AESning faoliyati to‘xtatildi

Dam olish kunlari Germaniyada ishlab kelayotgan so‘nggi uchta AES elektr tarmog‘idan uzildi. Bu 2022-yilda amalga oshirilishi kerak edi, biroq Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi tufayli keyinga qoldirilgandi. Ushbu AESlar mamlakatdagi atigi 6 foiz elektr energiyasini ishlab chiqarayotgandi.

Poytaxtdagi mahalla aholisi 5 qavatli bino qurilishidan norozi
17 aprel 2023, 13:08

Poytaxtdagi mahalla aholisi 5 qavatli bino qurilishidan norozi

Toshkent shahridagi “Rakat” mahallasi aholisi o‘z ko‘chasida loyihada ko‘zda tutilgan 3 qavatli uy o‘rniga 5 qavatli bino qurilayotganidan norozi bo‘lmoqda. Qurilish boshqarmasi va MIB buyurtmachiga qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha talabnoma yuborganini ma’lum qildi.

Hafta davomida quruq va salqin havo kuzatiladi
17 aprel 2023, 11:44

Hafta davomida quruq va salqin havo kuzatiladi

Dushanba, seshanba kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +12…+15 daraja bo‘ladi. 19-apreldan harorat asta-sekin ko‘tariladi va +20…+25 darajaga yetadi.

O‘zbekistonda ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun “Mening yo‘lim” loyihasiga start berildi
17 aprel 2023, 11:39

O‘zbekistonda ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun “Mening yo‘lim” loyihasiga start berildi

17-apreldan Open budget portalida “Mening yo‘lim” loyihasining 2023-yilgi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi. Loyihaga 312 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jarayoni 28-apreldan 7-mayga qadar o‘tkaziladi.

Toshkentda $600 pora olganlikda gumonlangan mudofaa bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17 aprel 2023, 11:14

Toshkentda $600 pora olganlikda gumonlangan mudofaa bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Poytaxt tumanlaridan birining mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i fuqaroga harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga 600 dollar pora olgani aytilmoqda. Yana bir holatda monomarkaz direktori 300 dollar olganlikda ayblanib ushlandi.

Toshkentning qator tumanlarida ichimlik suvi 2 kunga to‘xtatildi
17 aprel 2023, 10:50

Toshkentning qator tumanlarida ichimlik suvi 2 kunga to‘xtatildi

17-apreldan 19-aprelgacha poytaxtning Sergeli, Yangihayot, Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim hududlarda ichimlik suvi to‘xtatildi.

Farg‘onada ayol 8 oylik qizini sotmoqchi bo‘ldi
17 aprel 2023, 10:46

Farg‘onada ayol 8 oylik qizini sotmoqchi bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U bu pulga kvartira sotib olmoqchi bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olishi mumkin
17 aprel 2023, 10:30

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olishi mumkin

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ma’lum qilishicha, Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun — 22−24-aprel sanalarida dam olishi mumkin.

Ayrim banklarda dollar kursi 11 500 so‘mga yetdi
17 aprel 2023, 09:53

Ayrim banklarda dollar kursi 11 500 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 17-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 370 — 11 500 so‘m.

Avtobusda ayollar va erkaklar hududlari belgilangani haqidagi e’lonlar ruxsatsiz qo‘yilgan
17 aprel 2023, 09:51

Avtobusda ayollar va erkaklar hududlari belgilangani haqidagi e’lonlar ruxsatsiz qo‘yilgan

Toshkent shahridagi 43-yo‘nalish (Isuzu) avtobusining salonida ayollar va erkaklar alohida o‘tirishi uchun joylar mavjudligi haqida e’lonlar paydo bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” ular olib tashlanganini bildirib, ayollar va erkaklar teng huquqliligini eslatdi.

O‘zbekiston gimnastikachilari jahon kubogida 4 medalni qo‘lga kiritdi
17 aprel 2023, 09:23

O‘zbekiston gimnastikachilari jahon kubogida 4 medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta — 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Adolatsizlik, notenglik, stereotiplarning ashaddiy muxolifi — Rut Ginzburg haqida
17 aprel 2023, 08:59

Adolatsizlik, notenglik, stereotiplarning ashaddiy muxolifi — Rut Ginzburg haqida

O‘rni kelsa prezidentlarni-da tanqid qilishdan toymagan, haqiqatparast va o‘ta sinchkov sudya sifatida tarixda qolgan Ginzburg xonimdan amerikalik ayollarning ko‘pi minnatdor. Chunki u boshlagan, qat’iy kurashgan muammolar nafaqat taqdirlarni o‘zgartirdi, ayolning jamiyatdagi o‘rnini ham uzil-kesil aniqladi.

Toshkentda yuk mashinasiga borib urilgan Cobalt haydovchisi halok bo‘ldi
16 aprel 2023, 12:30

Toshkentda yuk mashinasiga borib urilgan Cobalt haydovchisi halok bo‘ldi

Sergeli tumanida Cobalt to‘xtab turgan MAN yuk mashinasining tirkamasiga borib urildi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi voqea joyida vafot etdi.

Qozog‘istonga jo‘natilgan O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlangani rad etildi
16 aprel 2023, 12:02

Qozog‘istonga jo‘natilgan O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlangani rad etildi

Tarmoqlarda Qozog‘istonga import qilingan 43 tonna pomidorda xavfli virus aniqlangani haqida xabar tarqalgandi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi buni rad etib, qo‘shni mamlakatdan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagani va e’tiroznoma jo‘natmaganini bildirdi.

Balerina Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi
16 aprel 2023, 10:58

Balerina Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Guli Xamrayeva 76 yoshida vafot etdi. Marhuma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi bo‘lgan.

Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi
16 aprel 2023, 10:43

Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi

19-aprel kuni Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yo‘li”ning 7-bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu vaqtda yangi bekatlarni texnik jihatdan bog‘lash ishlari amalga oshiriladi. 6−7-bekatlar oralig‘ida qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Krasnogorsk qo‘rg‘onidan Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
16 aprel 2023, 10:22

Krasnogorsk qo‘rg‘onidan Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Toshkent viloyatidagi Krasnogorsk qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Har bir yo‘nalishga 4 tadan transport ajratildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting