Dunyo bo‘ylab taxminan 1,3 mlrd bola internetga ega emas. COVID -19 tufayli maktablarning yopiqligi bolalarning ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishiga olib keladi, deyiladi YUNISEF hisobotida.
Hukumat qaroriga ko‘ra,1 dekabrdan boshlab rahbarlarga ishga kelib-ketishda avtomobillardan foydalanmaslik tavsiya etildi. Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilindi.
Koronavirus infeksiyasining xatto yengil shakli ham erta qarishni tezlashtirishi mumkinligi aytildi. Bundan tashqari, koronavirusdan tez va oson tuzalganlarning 70 foizida ba’zi ichki organlarning patologiyasi kuzatilgan.
Buyuk Britaniyada Pfizer/BioNTech vaksinasidan foydalanish uchun ruxsat berildi. Yuqori risk guruhidagilar keyingi haftadan boshlab koronavirusga qarshi emlanadi.
Ta’lim sifati past bo‘lganligi sababli Navoiy viloyatida 26 nafar maktab direktorlari o‘z lavozimlaridan chetlatilgan. OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 106 nafar maktab direktorlari esa 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.
1 dekabr kuni «Neftchi» — «Turon» o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng kelib chiqqan tartibsizlikda qatnashgan 11 nafar shaxs ushlandi. Ulardan 6 nafariga nisbatan jinoiy ish ochilib, 5 nafar shaxs mayda bezorilikda ayblanmoqda.
1 noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda OIV bilan kasallangan 43 581 kishi ro‘yxatga olingan. Yil davomida bu ko‘rsatkich 1483 ga oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kam.
To‘rtta viloyatda qo‘g‘irchoq va musiqali drama teatrlari ochiladi. Ushbu teatr jamoalariga xorijiy mutaxassislar jalb qilinib, maxsus darslar tashkil etiladi.
O‘zbekiston fuqarolarini Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilish uchun jo‘natishda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.
«Quvasoysement» va «Ohangaronsement» korxonalari gaz bosimi pasayishi tufayli sement ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi. Shu sababli, ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti fond birja ro‘yxatiga olinmadi, bu esa narxlarning 5 foiz o‘sishiga olib keldi.
Surxondaryoda paxta topshirish rejasiga amalda mavjud bo‘lmagan 21,3 foiz, ya’ni 52 ming tonna paxta qo‘shib yozilgan bo‘lishi mumkin. Viloyat prokuraturasi topshiriq profilaktik chora bo‘lgani, paxta mavsumi yakuni bo‘yicha qo‘shib yozish holatlari aniqlanmaganini ma’lum qildi
Noyabr oyida inflyatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,9 foiz va xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi.
Oktyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining uch nafar sudyasi poytaxtda mast holda YPX xodimini kaltaklagan edi. Ularning ikki nafari ishdan bo‘shatildi, yana bir nafariga xayfsan berildi. Oliy sud o‘tgan 11 oyda o‘zini munosib tutmagan 8 nafar sudyaning bo‘shatilgani, yana 27 nafariga intizomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qildi.
Qozon shahridagi qurilish obyektlaridan birida ishlagan o‘zbekistonlik erkak, ikkinchi qavatdan yiqilib vafot etgan. Bosh konsulxona tomonidan jasadni O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilmoqda.
Turkiyada karantin choralari kuchaytirilgani, Eron parlamenti uranni boyitish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani, dunyoda ehtiyojmand aholi soni 40 foizga ko‘paygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Xotinini kaltaklab, unga «pampers» yedirgan fuqaroga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekistonda quriladigan AES uchun tanlangan reaktor bugungi kun uchun eng xavfsiz ekanini ta’kidladi. U Chernobil va Fukusima atom stansiyalaridagi avariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda «eritmani ushlab turuvchi» qurilmasi mavjud yagona reaktor hisoblanadi.
Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari va xodimlari shahar YHXB xodimlari bilan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqarib, 8 mlrd so‘m pul mablag‘larni talon-toroj qilishgan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti cyentyabr oyidan beri birinchi marta COVID-19 bilan kasallanganlar soni kamayganini qayd etdi. Tashkilot rahbari hushyorlikni yo‘qotmaslikka va kelayotgan bayramlarni tor doirada nishonlashga chaqirdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida eTIR (raqamli TIR) jarayoni asosida yuk tashishga oid tajriba amalga oshirildi. Toshkentdan maishiy elektr jihozlari ortilgan yuk mashinalari chegarani kesib o‘tdi, davlatlarning bojxona organlari esa tranzit kafolatlarini ko‘rib chiqdilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting