Arxiv

Koreyadan turib terroristik tashkilotni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi
17 noyabr 2022, 11:48

Koreyadan turib terroristik tashkilotni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi

O‘zi va sheriklarining jami 24 mln so‘m miqdoridagi mablag‘larini «moliyaviy jihod» sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Suriyadagi jangarilarga yuborgan shaxs javobgarlikka tortildi.

Qarshi tumani sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva maktab direktori etib tayinlandi
17 noyabr 2022, 11:24

Qarshi tumani sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva maktab direktori etib tayinlandi

Salkam ikki yil Qarshi tumaniga rahbarlik qilgan Maqsuda Mustafoyeva maktabda ish boshladi. Sobiq hokim 16 noyabr kuni Qarshidagi 11-maktabga direktor etib tayinlangan. U hokimligida bir necha mojaroli ishlar ishtirokchisi sifatida ommaga tanilgandi.

Farg‘onada tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoiy ish ochildi
17 noyabr 2022, 10:34

Farg‘onada tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoiy ish ochildi

12 noyabr kuni Rishton tumanida otasining ahvoli yomonlashgani sabab tez yordamga murojaat qilgan shaxslar bemor shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgani uchun tibbiyot xodimini katlaklagani aytilmoqda. Tuman IIB holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari o‘zgardi
17 noyabr 2022, 10:04

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari o‘zgardi

Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 11 170,65 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
17 noyabr 2022, 09:51

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi. Ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi
17 noyabr 2022, 09:49

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi

Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisi 18 noyabr kuni chaqiriladi. Unda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy bitimni ratifikatsiya qilish hamda mahkumlar huquqlari borasidagi qator qonunlar ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, davlat budjeti ijrosi yuzasidan hukumat hisoboti eshitiladi.

Toshkentda ko‘cha yoritkichlarining tungi iste’molini cheklash boshlanadi
16 noyabr 2022, 22:44

Toshkentda ko‘cha yoritkichlarining tungi iste’molini cheklash boshlanadi

16 noyabr kunidan boshlab poytaxtdagi ko‘chalarni yoritish tarmoqlari «vaqtincha elektr energiyasi iste’molini cheklash rejimi»ga o‘tkaziladi.

Prezident O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
16 noyabr 2022, 22:42 1

Prezident O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Prezident O‘zbekistonda kibersport turlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, infratuzilmani rivojlantirish, sportchi va murabbiylarni tayyorlash, turnirlar o‘tkazish, shuningdek, kibersport haqida jamoatchilikda ijobiy fikrni shakllantirish rejalashtirilgan.

Air Arabia O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin
16 noyabr 2022, 22:00

Air Arabia O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin

Air Arabia kelgusi yilda Abu-Dabi tayanch aeroportidagi loukosterlar sonini 2 baravarga ko‘paytirmoqchi. Shunga muvofiq, kompaniya Samarqand yoki Buxoro shaharlariga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin. Kelgusida esa Abu-Dabi — Toshkent o‘rtasidagi qatnovlar sonini haftasiga 7 martagacha oshirish kutilmoqda.

«Gaz taqchilligi „Lukoyl“ yoki Saneg bilan bog‘liq emas» — Sherzod Xodjayev
16 noyabr 2022, 21:48

«Gaz taqchilligi „Lukoyl“ yoki Saneg bilan bog‘liq emas» — Sherzod Xodjayev

«Lukoyl» va Saneg bilan tuzilgan shartnoma shartlari gaz tanqisligiga sababchi emas, dedi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. U O‘zbekiston gaz va elektr energiyasi eksportini deyarli butunlay to‘xtatgani, yaqin kunlarda uzilishlar bilan bog‘liq muammolar 80 foizga hal bo‘lishini ta’kidladi.

YUNESKOning 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
16 noyabr 2022, 20:40

YUNESKOning 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi yakunlari bo‘yicha YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Uning asosiy tamoyillari o‘quv dasturlari sifatini oshirish, inklyuziv ta’lim va favqulodda vaziyatlarda ta’lim olish huquqini kafolatlash kabilardan iborat.

Urganch xalqaro aeroportiga rahbar tayinlandi
16 noyabr 2022, 20:08

Urganch xalqaro aeroportiga rahbar tayinlandi

Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi buyrug‘i bilan Gaipov Sunnatilla «Urganch» xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bunga qadar u Amritsarda aviatashuvchi vakil va Dehlida vakil yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruvchisiga hayfsan berdi
16 noyabr 2022, 17:59

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshqaruvchisiga hayfsan berdi

Toshkent shahar hokimi poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Umarovga boshqarma «balansida bo‘lgan texniklardan samarali foydalanmagani va ishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari» uchun hayfsan berdi.

Ikki kunda 5 kishi is gazidan vafot etdi
16 noyabr 2022, 17:48

Ikki kunda 5 kishi is gazidan vafot etdi

13 noyabr kuni Xorazmda ijarada turgan ikki yigit, oradan ikki kun o‘tib Jizzaxda qariya ayol va uning ikki nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Prezident investorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etishni taklif qildi
16 noyabr 2022, 17:44

Prezident investorlar huquqini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining 1-yalpi majlisida qonun ustuvorligi, bank-moliya, xususiylashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish, raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot sohalariga chel ellik sarmoyadorlar va tadbirkorlarni hamkorlik qilishga chaqirdi.

Toshkent viloyatida yil boshidan beri 310 kg giyohvand moddalari musodara qilindi
16 noyabr 2022, 16:54

Toshkent viloyatida yil boshidan beri 310 kg giyohvand moddalari musodara qilindi

Yanvar-oktabr oylarida Toshkent viloyatida jami 310 kg giyohvand moddalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Shundan 70,1 kgmi o‘tgan oyda musodara qilindi.

Gulistonda suv ta’minotchi tashkilot inspektori pora bilan ushlandi
16 noyabr 2022, 15:42

Gulistonda suv ta’minotchi tashkilot inspektori pora bilan ushlandi

DXX tomonidan «Sirdaryo suv ta’minoti» kompaniyasining Guliston shahridagi nazoratchi-inspektori fuqaroning ichimlik suvidan 3,7 mln so‘mlik qarzdorligini yopib berish evaziga 1,7 mln so‘m olgan vaqtda ushlandi.

Buxoroda o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan ketdi
16 noyabr 2022, 15:42

Buxoroda o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan ketdi

Buxoro shahridagi 4-maktabda dars vaqtida sinfdagi barcha o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasi bilan ishdan bo‘shatildi. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.

Surxondaryoda bo‘rining terisini shilib olgan fuqaro jazolandi
16 noyabr 2022, 15:40

Surxondaryoda bo‘rining terisini shilib olgan fuqaro jazolandi

Sariosiyo tumanida o‘lik bo‘rini daraxtga osib qo‘yib, terisini shilayotganlar videosi tarqaldi. Aybdor topilib, unga nisbatan BHMning 10 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Namanganda Usmon Nosir haykali ochildi
16 noyabr 2022, 15:19

Namanganda Usmon Nosir haykali ochildi

Namangan shahrida prezidentning Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida shoirning haykali o‘rnatildi. Qarorda, shuningdek, Toshkent va Namangandagi ko‘chalarga Usmon Nosir nomini berish ham ko‘rsatib o‘tilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting