Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyot olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, 1 maydan vodiydan Urganch, Termiz, Buxoro va Samarqandga va boshqa mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni delegatsiyasini qabul qildi. Tashrif doirasida O‘zbekiston energetika vaziri va Huadian Xinjiang kompaniyasi rahbari Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini ham imzoladi.
O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini 2023 yilda oshirish rejalashtirilmagan. «Lekin bu mazkur masalani muhokama qilmayapmiz degani emas. Turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz, ijtimoiy normalar muhokama qilinyapti», — dedi vazir o‘rinbosari.
«Yil oxirigacha ayrim oziq-ovqat va tovarlar importi bojlarining nolga tushirilishi narxlar pasayishiga olib keladi. Aholidan tushayotgan mablag‘lar iqtisodiyotda talabning o‘sishini rag‘batlantiradi», — dedi O‘zITIM rahbari Obid Hakimov. Iqtisodchi Otabek Bakirov chora nega vaqtincha ekani bo‘yicha savol qoldirdi.
Tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilarning Open budget loyihasiga ovoz ko‘paytirish maqsadida zarur bo‘lgan sim-kartalarni sotib olish uchun maktabga pul olib borayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat o‘rganilayotganini bildirib, bunday harakatni qoraladi.
Konstitutsiyaning yangilanishi bilan prezidentning amaldagi vakolat muddati o‘zgaradimi? «Gazeta.uz» muxbiri shu haqda adliya vaziri Akbar Toshqulovga murojaat qilib, qonun loyihasidagi oddiy fuqarolar uchun tushunishga qiyin bo‘lgan jumlalarga aniqlik kiritishni so‘radi.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi va Urganchni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi. Parvozlar haftada bir marta — chorshanba kuni amalga oshiriladi. Kompaniya Urganchga Moskva va Mineralniye Vodidan ham yo‘lovchi tashiydi.
Nukus voqealarini o‘rganish bo‘yicha komissiya mahkumlarning yaqinlari ular bilan qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishni so‘rab murojaat qilganini va masala ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. «Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, sudlanganlarning aksariyati apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan.
Mirobod tumanida 32 yoshli fuqaro mast holatda o‘zining 84 yoshli buvisini o‘ldirib qo‘ydi. Ayblanuvchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. Shuningdek, 1 sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistondan Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga parvozlar uchun 40 foizgacha chegirmalarni e’lon qildi.
28 maydan kuchga kiradigan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, YPX xodimlari haydovchilarning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgani holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanadi.
«Yoshlar» telekanalida efirga uzatilgan «Biz tomonlarda» ko‘rsatuvida Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomi «Qoraqalpoq viloyati» tarzida namoyish etildi. Telekanal xatolik montaj jarayoni bilan bog‘liq ekanini bildirib, uzr so‘radi va «aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotganini» qo‘shimcha qildi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov Albaniyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchta — bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Quvasoy shahridagi korxona 2022 yilning iyunidan beri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida davlat manfaatlariga 18 mlrd 314 mln so‘m zarar keltirdi.
Turkiyadagi Sayhun ta’lim va madaniyat uyushmasi Hatay viloyatida 100 ta yig‘ma turar joy konteyneri o‘rnatadi. Konteynerlarda yotoqxona, oshxona, hammom va hojatxona bor. Unga bemalol bir oila sig‘ishi mumkin.
Soliq qo‘mitasi budjetdan noqonuniy undirilgan 27,1 mlrd so‘mlik foyda solig‘i tadbirkorlarga qaytarilishini ma’lum qildi. Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hisobdan chiqarish 367 ta korxonaga ta’sir ko‘rsatdi.
Tijorat banklari 29 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 470 so‘m.
Prokuror protestidan so‘ng apellyatsiya sudi avvalroq 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilib, 10 yilga qamalgan Toshkentda yashovchi erkakka nisbatan jazoni kuchaytirdi. U 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» loyihasining ovoz berish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Yashash hududidagi muammolarni hal etish uchun loyiha taklif etgan aholi ko‘proq ovoz yig‘ishga harakat qilmoqda va turli usullardan foydalanmoqda. «Gazeta.uz» mazkur jarayon ishtirokchilariga mikrofon tutdi (video).
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting