Arxiv

Oktabr oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi
1 noyabr 2022, 14:39

Oktabr oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi

Oktabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 12,2% ga yetdi. O‘tgan oyda inflyatsiya xizmatlar sohasida eng kuchli bo‘lgan — 1,5%. Oziq-ovqatlar 1,4%ga, nooziq-ovqat mahsulotlar esa 0,9%ga qimmatlashgan.

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan yana 35 kishi ozodlikka chiqarildi
1 noyabr 2022, 14:32

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan yana 35 kishi ozodlikka chiqarildi

Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida ishtirok etganlikda gumon qilinib, ozodlikka chiqarilganlar soni 107 nafarga yetdi. Noyabrning ilk kunida parlament komissiyasi tashabbusi bilan yana 35 kishi jamoat kafilligi asosida uyiga qaytarildi.

Hindistondagi ko‘prik qulashi ortidan 9 kishi hibsga olindi
1 noyabr 2022, 12:55

Hindistondagi ko‘prik qulashi ortidan 9 kishi hibsga olindi

30 oktabr kuni Morbi shahrida osma ko‘prikning qulashi oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘lgandi. Hindiston politsiyasi holat yuzasidan 9 kishini, jumladan, olomonni nazorat qila olmagani uchun boshqaruv xodimlari, chipta sotuvchilari va uch qo‘riqchini hibsga oldi.

IIV muddati o‘tgan biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi
1 noyabr 2022, 11:49

IIV muddati o‘tgan biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni muddati o‘tgan biometrik pasportlarini zudlik bilan shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi.

Buxoroda bino qulashi oqibatida bir kishi jarohatlandi
1 noyabr 2022, 11:47

Buxoroda bino qulashi oqibatida bir kishi jarohatlandi

«Kogon Quruvchi montaj» MCHJga qarashli binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) quladi. Oqibatda quruvchi bo‘lib ishlayotgan fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Farg‘onada qiymati $10 mln bo‘lgan metallarga ishlov berish liniyasi ishga tushirildi
1 noyabr 2022, 11:30

Farg‘onada qiymati $10 mln bo‘lgan metallarga ishlov berish liniyasi ishga tushirildi

Farg‘onadagi Uzsungwoo qo‘shma korxonasida metallarga qizdirilgan holda ishlov berish tarmog‘i ishga tushdi. Natijada 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishlab chiqarish hajmi $95 mlnga oshdi. Yangi texnologik jarayon Tracker va Onix avtoulovlari uchun 20 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga imkon beradi.

Bo‘stonliqda uch kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori sepdi
1 noyabr 2022, 11:17

Bo‘stonliqda uch kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori sepdi

Tarmoqlarda 3 kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori (zelyonka) sepgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB voqea Bo‘stonliqda sodir bo‘lgani va yigit giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘ladi
1 noyabr 2022, 10:31

Noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘ladi

Sinoptiklar noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Oy davomida iliq va sovuq to‘lqinlar bir-biri bilan o‘rin almashadi. Harorat kechalari +2…+8 daraja, kunduz kunlari +5…+18 darajagacha o‘zgarib turadi. Sovuq davrlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Tong vaqti Andijon va Farg‘ona viloyatida zilzila bo‘ldi
1 noyabr 2022, 10:15

Tong vaqti Andijon va Farg‘ona viloyatida zilzila bo‘ldi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon (Marhamat va Buloqboshi tumanlarida — 2 ball) va Farg‘ona (Quvasoy va Xo‘jaobod tumanlarida — 2 ball) viloyatida ham sezildi.

Tijorat banklari 1-noyabr uchun dollar kursini e’lon qildi
1 noyabr 2022, 10:04

Tijorat banklari 1-noyabr uchun dollar kursini e’lon qildi

Markaziy bank 1-noyabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 169,38 so‘m etib belgiladi. Shundang so‘ng banklar mijozlarga dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini taklif qildi.

Qator shaharlarda «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi
1 noyabr 2022, 08:36

Qator shaharlarda «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi

1−3 noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida islom iqtisodiyoti, halol turizm, islom san’ati va boshqa mavzularda ko‘plab konferensiya, festival, ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Germaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi
1 noyabr 2022, 08:15

Germaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Toshkentga keldi. U prezident va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, Samarqandga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, vazir fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashadi.

O‘zbekiston ko‘magida Mozori-Sharif aeroporti qayta tiklandi (foto)
31 oktabr 2022, 23:38

O‘zbekiston ko‘magida Mozori-Sharif aeroporti qayta tiklandi (foto)

O‘zbekiston Afg‘onistondagi Mozori-Sharif aeroportini tiklash bo‘yicha texnik yordam loyihasini yakunladi. Ishlar aeronavigatsiya va meteorologiya jihozlarini ta’mirlash, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish hamda aeroportning elektr ta’minotini tiklashdan iborat edi. Foto.

Rossiya yana Ukrainaning energetika infratuzilmasiga og‘ir zarbalar berdi
31 oktabr 2022, 22:54

Rossiya yana Ukrainaning energetika infratuzilmasiga og‘ir zarbalar berdi

31 oktabr kuni Rossiya Ukrainaning 10 viloyatidagi infratuzilma, asosan energetika obyektlariga raketa hujumlari uyushtirdi. Natijada 7 ta viloyatdagi yuzlab aholi punktlari elektrsiz qoldi. RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning harbiy qo‘mondonlik va energetika tizimlariga zarbalar berilganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi qisman safarbarlik tugaganini e’lon qildi
31 oktabr 2022, 22:04

Rossiya Mudofaa vazirligi qisman safarbarlik tugaganini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi zaxiradagi fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish yakunlangani, chaqiruv qog‘ozlarini yetkazib berish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Qurolli Kuchlar ko‘ngillilar va «kontraktchilar» hisobga to‘ldiriladi, deyiladi bayonotda.

Oktabr oyining so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 oktabr 2022, 22:00

Oktabr oyining so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning ish grafigi, issiqxonalarning gazdan uzilishini “davlat xavfsizligiga tahdid” deya atagan Sardor Umurzakov, internetdan foydalanishi mumkin bo‘lgan mahkumlar, minglab o‘qituvchilarga forma xarid qilish uchun buyurtma bergan Toshkent shahar hokimligi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Chegaralarda noxush hodisalarning oldini olish uchun xavfsizlik kuchlarining 120 ta mobil guruhi tuzildi
31 oktabr 2022, 21:29

Chegaralarda noxush hodisalarning oldini olish uchun xavfsizlik kuchlarining 120 ta mobil guruhi tuzildi

Huquq-tartibot idoralari xodimlaridan O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlarida tezkor-kriminogen va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqaror saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 120 ta mobil guruh tashkil etilgan.

«Bu — kelajakka xiyonat». Deputat hokimlar 198 ta maktab yerlarini sotib yuborgani haqida
31 oktabr 2022, 21:06

«Bu — kelajakka xiyonat». Deputat hokimlar 198 ta maktab yerlarini sotib yuborgani haqida

O‘zbekistonda 200 ga yaqin maktab yerlarining bir qismi noqonuniy «sotib yuborilgan». Deputat Rasul Kusherbayev sinflar yetishmayotgan bir paytda buni «kelajakka xiyonat» deb atadi. Uning fikricha, maktab yerlarini hokimlar talon-toroj qilgan, ammo «noqonuniy topshiriqni bajargan qo‘rqoq xodimlar» jazolanadi.

Oxirgi 9 oy davomida 53 mingdan ortiq fuqaroga ipoteka krediti ajratilgan — Markaziy bank
31 oktabr 2022, 20:44

Oxirgi 9 oy davomida 53 mingdan ortiq fuqaroga ipoteka krediti ajratilgan — Markaziy bank

O‘tgan 9 oy mobaynida aholiga 10,3 trln so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi, deb xabar berdi MB. Ularning 76 foizi (8 trln so‘m) birlamchi bozorga yo‘naltirildi. Kredit oluvchilarning 41 foizini (21725 nafar) ayollar tashkil etadi. Asosiy parametrlar bo‘yicha yuqori narxlar Toshkent shahrida qayd etildi.

O‘zbekistonda jihozlar ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar paydo bo‘ldi
31 oktabr 2022, 19:00

O‘zbekistonda jihozlar ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar paydo bo‘ldi

O‘zbekiston 38 mamlakatdagi investorlar, moliyaviy tashkilotlar va texnologiya hamda materiallar yetkazib beruvchilarni jamlagan xalqaro Green Technology Selector (GTS) platformasiga qo‘shildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting