Nukus voqealari bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchi qatorida jurnalist Yesimkan Qanaatovga ham hukm o‘qildi. U shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. Intervyu davomida Qanaatov Dauletmurat Tajimuratovning «agitatsiyalariga aldanib qolgani»ni aytdi va xalqdan «internetdagi provokatsiyalarga ergashmaslik»ni so‘radi.
Qoraqalpog‘istondagi «Dovut-ota» chegara postida Rossiyadan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, gaz ballonlari va patronlar aniqlandi.
UzAuto kelajak avlodni o‘ylagan holda, zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 10 yil oldinga chiqish imkonini beruvchi yangi davr ostonasida.
O‘zbekistonga 13−15 mart kunlari koronavirusga qarshi jami 875 520 doza Pfizer vaksinasi keltirildi. Ayni kungacha mamlakatda jami 75,6 mln doza vaksinadan foydalanilgan.
O‘zbekiston Markaziy banki ikkita yangi bank — Apex Bank va Hayot Bank`ni ro‘yxatdan o‘tkazdi hamda ularga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berdi.
17 mart kuni Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan yana 39 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. Ularning 28 nafariga 5 yildan 11 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. 11 nafar ayblanuvchi esa shartli ravishda sud zalidan ozod qilindi.
Shanba kuni Kaspiy dengizidan bulutli massivlar kirib kela boshlaydi. Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati nisbatan pasayadi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Biroq 21 mart kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya a’zolari sud raisidan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan insonparvarlik tamoyillari asosida, adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.
18−21 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tijorat banklari 17 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 350 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 425 — 11 505 so‘m.
O‘zbekiston Transport vazirligi Rossiya-Gruziya chegarasidagi «Yuqori Lars» nazorat-o‘tkazish punktida aksariyat yo‘laklar yopilgani sababli milliy tashuvchilarga ushbu holatni inobatga olishlarini so‘radi. Hozirda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida 3 ta nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Toshkentda «Mamlakatlar tanazzuli sabablari» kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir axborot hamkori hisoblangan «Gazeta.uz» nega ayrim mamlakatlar farovonroq degan savolga javob izlangan kitobdan parchalar e’lon qiladi.
Turkiyadagi zilzilalar qurbonlari soni 49 mingdan oshgani, Suriya Rossiyaning yangi hududlarini tan olgani, Moldovada davlat tili rumin tiliga o‘zgartirilgani, Rheinmetall Ukrainadagi mojarolar fonida rekord darajada daromad olgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Referendum o‘tkazishga 182,3 mlrd so‘m ajratilishi, narxi oshgan pomidor, vayner Dili.me`ga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining O‘zbekistonga tavsiyalari, Shavkat Mirziyoyevning Vengriya bosh vaziri bilan uchrashuvi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida tashkilotning tizimli hamkorlik platformasi, shuningdek, Tabiiy ofatlar monitoringi markazini yaratishni taklif qildi. O‘zbekiston Hatay viloyatining Ovakent tumanini qayta tiklashga ham yordamlashadi.
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qilishicha, yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaygan, bu esa uning ikkinchi chorakda yanada pasayishi ehtimolini oshirgan. Anomal sovuq savdo va sanoatga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, lekin Markaziy bank birinchi yarim yillikning oxirigacha sohalardagi ko‘rsatkichlar tiklanishini kutmoqda.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi qishloq joylarni rivojlantirish uchun 200 mln dollar ajratdi. Loyihada 113 ta qishloqni rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, elektr ta’minoti tizimini yaxshilash rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida avtobuslar 19, 20, 21, 22 mart kunlari shanbalik, 25 mart kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.
O‘zbekiston prezidenti bolani xorijda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilovchi tuzatishlar aks etgan qonunni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat korxonalari o‘rtasida hamkorlik qilish uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting