Arxiv

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning yoriqlari zilzila bilan bog‘liqligi rad etildi
23 mart 2023, 16:52

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyning yoriqlari zilzila bilan bog‘liqligi rad etildi

Qurilish vazirligi va First Developing Group kompaniyasi Toshkentdagi Parkent Plaza turar joy majmuasi fasadining yorilishiga zilzila sabab bo‘lganini rad etdi. Yoriqlar 2020−2021 yillarda yomg‘ir va sifatsiz g‘isht mahsulotlari tufayli yuzaga kelgani va kompaniya yetkazib beruvchini sudga bergani ma’lum bo‘ldi.

Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilov 4 yilga qamaldi
23 mart 2023, 16:43

Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilov 4 yilga qamaldi

2016−2019 yillarda Qarshi shahriga hokimlik qilgan Jamshid Fozilov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bilan aybli deb topildi. Shuningdek, 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

O‘zbekistonda nogiron bolalarga nafaqa murojaat qilinganidan qat’i nazar tayinlanadi
23 mart 2023, 15:47

O‘zbekistonda nogiron bolalarga nafaqa murojaat qilinganidan qat’i nazar tayinlanadi

Vazirlar mahkamasi qarori bilan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «proaktiv shakl»da tayinlanadi.

Maktab ta’limi qanday bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kerak?
23 mart 2023, 15:00

Maktab ta’limi qanday bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kerak?

Jamiyat va davlat taraqqiyoti, ertasining qanday bo‘lishi sifatli ta’limga bog‘liq. O‘ttiz yildan oshdi — nega hamon o‘zimiz istagan ta’lim tizimini yarata olmaymiz? Qachon va qay tariqa maqsadga erishish mumkin? «Gazeta.uz» javobni ta’lim eksperti, mas’ul xodim va o‘qituvchidan eshitishga qaror qildi.

UzAuto`ning dillerlik markazida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi
23 mart 2023, 15:00

UzAuto`ning dillerlik markazida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi

UzAuto tomonidan Nurafshonda bayram sayli tashkil qilinib unda mehmonlar ko‘ngillarini shod etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

O‘zbekistonda 1 maydan ayrim fuqarolar go‘sht, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, ularga QQS qaytariladi
23 mart 2023, 13:50

O‘zbekistonda 1 maydan ayrim fuqarolar go‘sht, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, ularga QQS qaytariladi

O‘zbekistonda 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Shuningdek, aholiga berilgan yerlarda ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard so‘m beriladi.

O‘zbekistonda jarimalar bo‘yicha chegirmalar 50 foizgacha oshiriladi
23 mart 2023, 13:00

O‘zbekistonda jarimalar bo‘yicha chegirmalar 50 foizgacha oshiriladi

1 maydan huquqbuzarlik uchun belgilangan jarimalarga 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz, 30 kun ichida to‘lansa, 30 foiz chegirma beriladi. Tartib sud qarorlariga asosan qo‘llanadigan jarimalar uchun ham amal qiladi.

O‘zbekiston Malayziya hamkorligida islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi
23 mart 2023, 12:54

O‘zbekiston Malayziya hamkorligida islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi

O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash doirasida hamkorlik qiladi. 2023 yil Malayziya Yutara universiteti huzuridagi islom biznes maktabi delegatsiyasi O‘zbekistonga amaliy safar uyushtiradi va respublika mutaxassislari uchun seminar hamda treninglar o‘tkazadi.

O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi — foto
23 mart 2023, 12:14

O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi — foto

23 martdan O‘zbekiston bo‘ylab taroveh namozlarini ado etish boshlandi. «Gazeta.uz» Toshkent, Andijon, Namangan va Termizdagi masjidlardan fotoreportaj tayyorladi.

Jahon banki: Ukrainani qayta tiklash uchun $400 mlrddan ko‘proq kerak bo‘ladi
23 mart 2023, 11:59

Jahon banki: Ukrainani qayta tiklash uchun $400 mlrddan ko‘proq kerak bo‘ladi

Jahon banki, Yevropa komissiyasi va BMT hamkorligida o‘tkazilgan yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun kamida 411 mlrd dollar kerak bo‘ladi. Xarajatlarning eng katta qismi energetika sektoriga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston fevralda Shveysariyadan 86,5 mln dollarga samolyot sotib oldi
23 mart 2023, 11:34

O‘zbekiston fevralda Shveysariyadan 86,5 mln dollarga samolyot sotib oldi

Fevralda O‘zbekistonga Shveysariyadan 86,5 mln dollarlik samolyot olib kelindi. 2023 yilning dastlabki ikki oyida esa qiymati 700 mln dollardan ortiq bo‘lgan 14 ta samolyot import qilindi.

Foto: Toshkentda 13 ming o‘rinli jome masjidi ochildi
23 mart 2023, 11:21

Foto: Toshkentda 13 ming o‘rinli jome masjidi ochildi

Toshkentning Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidi ochildi. 2019 yilning oktabrida qurilishi boshlangan masjid xonaqohda 8 ming, hovli va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming kishini sig‘dira oladi.

Kobulda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi
23 mart 2023, 10:24

Kobulda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi. Unda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish va ayollar huquqlarini himoya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Abbos Fayzullayevning ota-onasiga Umraga yo‘llanma sovg‘a qilindi
23 mart 2023, 10:17

Abbos Fayzullayevning ota-onasiga Umraga yo‘llanma sovg‘a qilindi

U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi, chempionatning «Eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan sirdaryolik Abbos Fayzullayevning ota-onasiga viloyat ahli nomidan Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi.

Banklarda dollar kursi sezilarli arzonladi
23 mart 2023, 10:13

Banklarda dollar kursi sezilarli arzonladi

Tijorat banklari 23-mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 390 — 11 430 so‘m.

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
23 mart 2023, 09:15

O‘zbekistonda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Kuchsiz zilzila (2−3 balli) Toshkent va O‘zbekistonning yana 4 ta hududida sezildi. Tojikistondagi tungi zilziladan keyin yana beshta aftershok qayd etildi.

O‘zbekistonda yana yer qimirlashi sezildi
23 mart 2023, 01:32

O‘zbekistonda yana yer qimirlashi sezildi

Payshanba kuni Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 11 ta hududida sezilib, 4−5 ballni tashkil etdi. Oradan yarim soat o‘tib, aftershok qayd etildi, ammo ikkinchi to‘lqin O‘zbekiston bo‘ylab sezilmadi.

Toshkentda taroveh namozlari sabab ayrim ko‘chalar yopiladi
22 mart 2023, 16:48

Toshkentda taroveh namozlari sabab ayrim ko‘chalar yopiladi

Ramazon oyi davomida Toshkentdagi taroveh namozi o‘qiladigan masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati soat 19:00 dan 24:00 ga qadar cheklanadi.

«U yerda bizni to‘g‘ri tushunishadi va men buni juda qadrlayman». O‘zbekiston prezidenti Germaniyaga tashrif buyuradi
22 mart 2023, 15:12

«U yerda bizni to‘g‘ri tushunishadi va men buni juda qadrlayman». O‘zbekiston prezidenti Germaniyaga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti 1−2 may kunlari Germaniyaga tashrif buyurishini ma’lum qildi. U Germaniyada «O‘zbekistonni to‘g‘ri tushunishlarini» ta’kidladi, buni u «juda qadrlaydi». Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston nemislari madaniyat markazi rahbari bilan suhbatda aytib o‘tdi.

«Rus va O‘zbekiston hamisha birga bo‘lgan va bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev
22 mart 2023, 13:48

«Rus va O‘zbekiston hamisha birga bo‘lgan va bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami tantanasida Rossiya madaniyat markazi ko‘rgazmasi bilan tanishar ekan «Rus va O‘zbekiston — ular azaldan birga bo‘lgan va abadiy birga bo‘ladi», dedi. Shuningdek, u Ukraina va boshqa madaniyat markazlarining ko‘rgazmalariga tashrif buyurdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting