Arxiv

Maxachqal’adagi safarbarlikka qarshi namoyishlarda 101 kishi, Yakutskda 24 kishi hibsga olindi
26 sentabr 2022, 23:55

Maxachqal’adagi safarbarlikka qarshi namoyishlarda 101 kishi, Yakutskda 24 kishi hibsga olindi

Dog‘istonda safarbarlikka qarshi boshlangan va asosan ayollar ishtirok etayotgan namoyishlarda 101 kishi hibsga olindi. Yoqutistonda ham osuoxay xalq marosimi ko‘rinishida norozilik aksiyasi o‘tkazildi, unda 24 nafar ayol hibsga olindi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risidagi yangi shartnomani kelishishni boshladi
26 sentabr 2022, 23:27

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risidagi yangi shartnomani kelishishni boshladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari chegaraning ayrim uchastkalari bo‘yicha yangi kelishuv loyihasini kelishishga kirishish imkonini beruvchi bayonnomani imzoladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Bishkekka boradi.

26 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 sentabr 2022, 22:00

26 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jahon banki vitse-prezidentini qabul qiladigan Shavkat Mirziyoyev, boshlanayotgan sovuq kunlar, Parkentda maktabga jar yoqalab ketayotgan bolalar, yirik YTH sabab yopilgan Toshkentdagi Nukus ko‘chasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun ajratiladigan 2 mlrd so‘m pul va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishma munosabati bilan hamdardlik bildirdi
26 sentabr 2022, 19:49

Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishma munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Ijevskdagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 15 kishiga yetgan.

Yirik YTH sababli Toshkentdagi Nukus ko‘chasi vaqtincha yopildi
26 sentabr 2022, 19:05

Yirik YTH sababli Toshkentdagi Nukus ko‘chasi vaqtincha yopildi

Poytaxtning Nukus ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashishi natijasida ulardan biri ag‘darilib ketdi. Ikki haydovchi jarohatlangan. Ko‘cha transport harakati uchun vaqtincha yopildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 2 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi
26 sentabr 2022, 18:25

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 2 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi

Hukumat qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 1,99 trln so‘m (davlat budjetidan atigi 10,6 mlrd so‘m) yo‘naltiriladi. Ishlar bosh vazirning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Yangiyo‘lda sex uchun ajratilgan yerni noqonuniy sotishda gumonlangan fuqaroga jinoyat ishi ochildi
26 sentabr 2022, 17:04

Yangiyo‘lda sex uchun ajratilgan yerni noqonuniy sotishda gumonlangan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Yangiyo‘l tumani hokimligi fuqaroga «Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari» majmuasini qurish uchun 2 gektar yer bergan. Boshqa fuqaro sheriklari bilan uning 1 gektarini $400 mingga sotib olishga kelishib, 30 ming dollarini olayotgan vaqtlarida ushlangan. Hozir holat bo‘ycha jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda Tashkent Dance Fest 2022 bo‘lib o‘tadi
26 sentabr 2022, 17:00

Toshkentda Tashkent Dance Fest 2022 bo‘lib o‘tadi

26 sentabrdan 2 oktabrgacha Tashkent Dance Fest doirasida shaharning 60 ta lokatsiyasida flesh-moblar va raqs jamoalari musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishmada 13 kishi halok bo‘ldi
26 sentabr 2022, 16:31

Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishmada 13 kishi halok bo‘ldi

Noma’lum shaxs Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda otishma uyishtirdi. Unda 13 kishi, jumladan 7 bola halok bo‘ldi, 21 kishi esa yaralandi. Gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qildi. Udmurtiyada to‘rt kunlik motam e’lon qilindi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor ko‘tarilmoqda
26 sentabr 2022, 16:16

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor ko‘tarilmoqda

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,15 so‘mga qimmatlab, 11 048,28 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi esa yana pasaydi, rubl ko‘tarildi.

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkaziladi
26 sentabr 2022, 15:52

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkaziladi

29−30 sentabr kunlari Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi. Festivaldan maqsad hudud gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, madaniy hamda ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish va bu orqali turistlar sonini yanada ko‘paytirish ekani qayd etilgan.

Buxoroda 38 yoshli ayolni poyezd bosib ketdi
26 sentabr 2022, 15:13

Buxoroda 38 yoshli ayolni poyezd bosib ketdi

Dushanba kuni erta tongda 38 yoshli ayol «Xo‘jadavlat-Buxoro-1» yo‘nalishidagi poyezd urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. U o‘z joniga qasd qilishga uringani aytilmoqda.

Toshkentda yirik biznesni raqamlashtirish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tadi
26 sentabr 2022, 15:00

Toshkentda yirik biznesni raqamlashtirish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tadi

6 oktyabr kuni Toshkentda yirik biznesning raqamli transformatsiyasiga bag‘ishlangan forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda qatnashish bepul.

Qozog‘iston Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar haqida: «Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga tayanamiz»
26 sentabr 2022, 14:04

Qozog‘iston Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar haqida: «Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga tayanamiz»

Qozog‘iston TIV Donbass, Zaporoje va Xersondagi Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi referendumlarga izoh berdi: «Qozog‘iston davlatlarning hududiy yaxlitligi, ularning suveren tengligi va tinch-totuv yashash tamoyillariga tayanadi».

26 sentabrda tijorat banklari dollarning yangi kursini e’lon qildi
26 sentabr 2022, 12:52

26 sentabrda tijorat banklari dollarning yangi kursini e’lon qildi

Markaziy bank 26 sentabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 030,13 so‘m etib belgilaganidan so‘ng, tijorat banklari ham mijozlar uchun o‘z taklifini yangiladi.

Hafta oxirigacha respublikada havo sovuq bo‘ladi − O‘zgidromet
26 sentabr 2022, 12:11

Hafta oxirigacha respublikada havo sovuq bo‘ladi − O‘zgidromet

27 sentabrdan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq havo massalari tarqaladi, kunduzgi harorat +22…+27 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi
26 sentabr 2022, 11:53

Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va hokimiyatlar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi. Unga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi va hokimlar rahbarlik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashadi
26 sentabr 2022, 11:30

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashadi

Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, davlat rahbari dushanba kuni elektrotexnika sanoatida vazifalar yuzasidan mas’ullarning hisobotini tinglaydi. Hafta davomida Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuv o‘tkazadi.

«Darsga uy kiyimida borsa ham bo‘laveradi». Xorijda maktab o‘quvchilarining kiyinish tartibi qanday?
26 sentabr 2022, 11:22

«Darsga uy kiyimida borsa ham bo‘laveradi». Xorijda maktab o‘quvchilarining kiyinish tartibi qanday?

«Gazeta.uz» dunyoning turli nuqtalarida yashayotgan va farzandi ushbu mamlakat maktabida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashib, o‘quvchilarning kiyimiga qo‘yilgan talablar haqida so‘radi. Ularning aytishicha, MO davlatlarida majburiy forma mavjud, xorijda esa maktabga uy kiyimida borsa ham bo‘laveradi.

Daniya O‘zbekistonda faxriy konsullik ochadi
26 sentabr 2022, 11:04

Daniya O‘zbekistonda faxriy konsullik ochadi

Daniya hukumati O‘zbekistonda faxriy konsullik ochishga qaror qildi. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining muzokaralarida ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting