Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtiroki “muzlatib” qo‘yilganini ma’lum qildi. Pashinyan mamlakatga oid kelishuv shartlari bajarilmagani, Rossiyaning shaxsan unga qarshi propagandasi davom etayotganini ta’kidladi.
24−25-fevral kunlari O‘zbekistonning ko‘p hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.
2024-yil oxirigacha Toshkent, Nukus va O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida kamida bittadan hospis tashkil etish rejalashtirilmoqda. Loyihalarni amalga oshirish uchun parlament huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grantlari e’lon qilib boriladi.
Toshkent viloyatida xonadon yerto‘lasida mayning ferma tashkil qilgan fuqaro 3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Yangi o‘quv yilidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq loyiha Qoraqalpog‘istondan boshlanishi kutilgandi.
Kembrij universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, maktab formasi bolalarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan qizlarning harakatchanligini cheklashi mumkin. Olimlar buni yubka yoki ko‘ylakda faol o‘yinlarda qatnashish qizlar uchun noqulay ekani bilan bog‘laydi.
O‘zbekistonda 1-martdan aholini chang bo‘roni va havo ifloslanishidan ogohlantirishni boshlash rejalashtirilmoqda. Qurilish obyektlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etiladi.
Prezident Toshkent shahrida har oyda bir marta o‘tkaziladigan “Avtomobilsiz kun” loyihasini tasdiqladi. Barcha davlat organlari rahbarlari va xodimlariga ishga jamoat transportida kelish orqali “namuna ko‘rsatish” topshirildi.
Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida 2030-yilgacha “Yevro-5” va undan yuqori standartlarga javob bermaydigan avtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
1-martdan boshlab Toshkent shahrida ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillari va tirkamalarning harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Prezident bu haqdagi farmonni imzoladi.
Prezidentga IT sohasi bo‘yicha uchta dastur taqdim etildi. Zero Risk IT xizmatlari eksport qiluvchilarni jalb qilishga qaratilgan. Local to Global IT kompaniyalarga jahon bozoriga kirishda yordam beradi. “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarni IT`ga o‘rgatadi.
Doimiy grafikka qaytayotgan metan “zapravka"lar, O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan “Kelajak o‘yinlari”, 1 yilda 20 foizga arzonlashgan uylar, elektr energiyasidagi uzilishlar uchun kompensatsiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Joriy yilda Uzbekistan Airways`ga xalqaro kredit reytingi olish va uni IPO`ga chiqarish jarayoni boshlanishi lozim. Prezident aviatsiya sohasida davlat korxonalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi.
Buxorodan Toshkentga ketayotgan yuk mashinasidan uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti topildi.
Andijon shahri deputati Jahongir Jiyanov obodonlashtirish boshqarmasining xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlarda 4 mlrd so‘mlik farq borligini aniqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqarma salkam 2 mlrd so‘mga uchta o‘simlik qalamchasi sotib olgan. Hokim esa texnik xatolik yuz berganini aytdi.
O‘zbekistonda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha namunaviy shartnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ular aholi va tadbirkorlarga elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar oqibatida ko‘rgan zarari uchun sud orqali kompensatsiya undirish imkonini beradi.
Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan AQSh dollarining rasmiy kursi 12 500 so‘mdan oshdi va o‘zining tarixiy maksimal qiymatini yangiladi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 1,4 foizga qadrsizlandi.
Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.
Britaniya korxonalari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga keyinchalik Rossiyaga ketadigan tovarlar, jumladan, dron va og‘ir texnika uchun uskunalar jo‘natmoqda, deb yozdi Sky News. 2022-yildan beri Britaniyadan ushbu 4 davlatga “yuqori ustuvorlikka ega tovarlar” eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting