O‘zbekiston harbiylari Hindistonga yetib bordi. U yerda 5 martga qadar shartli terrorchi guruhlarni qidirish va yo‘q qilish, tog‘li va o‘rmonli hududlarda jangovar harakatlar olib borish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Toshkentda fuqarolarning bank kartalaridagi pullarini aldov yo‘llari bilan o‘zlashtirish holatlari keskin oshdi. 2022-yilda bunday kiberjinoyatlar oqibatida toshkentliklar kamida 45,2 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Bu pullarning bor-yo‘g‘i 9,2 mlrd so‘mga yaqini undirib berilgan. IIBB keng tarqalgan usullarni sanadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomada ishtirok etishni to‘xtatayotganini ma’lum qildi. Rossiya va AQSh o‘rtasida tuzilgan ushbu shartnoma yadro qurollari arsenallarini qisqartirish va ularning rivojlanishini cheklashga qaratilgan.
Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishni taklif etuvchi qonun loyihasida oiladagi zo‘ravonlik va ta’qiblar uchun ham moddalar mavjud. NeMolchi.uz hujjat tez orada quyi palataga yuborilishini eslatib, uning to‘liq nusxasi bilan tanishishni taklif qildi.
Qohiradagi «Al-Ittihodiya» saroyida Shavkat Mirziyoyev va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi muzokara o‘tkazdi. Ikki mamlakat gaz-kimyo, to‘qimachilik, elektrotexnika, zargarlik va farmatsevtika tarmoqlarida hamkorlik bo‘yicha kelishib oldi. Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbarini O‘zbekistonga taklif qildi.
Toshkent shahar Yashnobod tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi estakadasi ostidagi hududda 1200 o‘rinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi hududida 1500 o‘rinli yettita, jami 2700 o‘rinli avtoturargohlar tashkil etiladi.
Toshkent metrosining «Paxtakor» bekatida 26 yoshli erkak o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi. Aniqlanishicha, u ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi shaxs bo‘lgan. Yigit metropoliten xodimlari tomonidan qutqarib qolinganidan so‘ng, onasiga topshirilgan.
2023 yil yanvar oyida Germaniya importda O‘zbekistonning birinchi raqamli hamkoriga aylandi. Litva va Fransiya ham Top-10 savdo hamkorlar ro‘yxatiga kirdi. Statistika agentligiga ko‘ra, importning asosiy qismini 6 ta samolyot tashkil etdi.
Alisher Usmonov jurnalistlarga bergan intervyusida biznesni tark etganiga izoh berdi. «O‘zbekistonga yordam berish, unga foyda keltirish uchun bor imkoniyatlarimni ishga solaman. Bu uchun korporativ aktivlar boshqaruvidan ketdim va hatto ko‘plab loyihalarimda aksiyador sifatida ishtirokimni yakunladim», — dedi u.
Toshkent shahridagi 1000 dan ortiq budjet tashkilotiga quyosh batareyalari o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 390 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 24 fevraldan boshlab 92/91 va 94/93-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘lovchi poyezdlarining Namangan shahri orqali harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident qarori bilan Umid Madaminov va Ahadbek Haydarov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Shuningdek, Bahrom Sharipov Ipakchilik qo‘mitasiga, Ibrohim Ergashev O‘simliklar karantini agentligiga, Husniddin Karimov Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligiga rahbar bo‘ldi.
O‘zbekiston Suriyaning zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Yevropa Ittifoqining ASK dasturi iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston agrar sektoriga ta’sirini tahlil qildi. Loyiha rahbari Adrian Nilning «Gazeta.uz»ga aytishicha, mamlakat qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga qarshi muvofiqlashgan milliy kurash yo‘q. Shu bois sohada qilinayotgan ishlar natijasi sezilarli emas.
O‘zbekistonlik FVV xodimlari qutqaruv ishlarini olib borayotgan Turkiyaning Hatay viloyatida yangi zilzilalar qayd etildi. Vazirlik matbuot kotibining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, mutaxassislarga zarar yetmagan. Vayrongarchilik joylarida ishlar davom etmoqda.
Telegram orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani gumon qilingan 3 nafar shaxs ushlandi. Ularning yetakchisi boshqalarni kaltaklash uchun 300−500 dollarga yollagan 17 kishi ham hibsga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi ayrim iste’molchilar vaqtincha tabiiy gazdan uzildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan.
Qonliko‘l tumanida 5 qavatli uyning zinapoyasi qurilganidan 4 kun o‘tib qulab tushdi. Voqea sabab jabrlanganlar yo‘q. Holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga Ulug‘bek Egamov rahbar bo‘ldi. Agentlikning avvalgi direktori Sardor Kariyev «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropi voqealari ortidan ishdan olingandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting