Arxiv

Xitoy hamkorligida yana ikki viloyatda 2000 MVtga teng quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
20 fevral 2023, 18:03

Xitoy hamkorligida yana ikki viloyatda 2000 MVtga teng quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Energetika vazirligi Jizzax va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoyning ikki kompaniyasi bilan hamkorlik haqida kelishuv imzoladi.

Surxondaryoda MCHJ rahbari chet el fuqarosidan 6 ming dollar olgani aytilmoqda
20 fevral 2023, 17:48

Surxondaryoda MCHJ rahbari chet el fuqarosidan 6 ming dollar olgani aytilmoqda

Termizda MCHJ rahbari chet el fuqarosidan O‘zbekistonda doimiy yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 7000 dollar talab qilib, shundan 6 mingini olganlikda gumonlanmoqda.

«O‘zarxiv»dagi 1917 yilgacha bo‘lgan davrga tegishli hujjatlardan 56 ta yig‘majild maxfiylikdan chiqarildi
20 fevral 2023, 17:34

«O‘zarxiv»dagi 1917 yilgacha bo‘lgan davrga tegishli hujjatlardan 56 ta yig‘majild maxfiylikdan chiqarildi

O‘zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlaridan 56 ta yig‘majild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi. Bugungi kunda foydalanuvchilar ushbu hujjatlardan hech qanday to‘siqsiz foydalanishlari mumkin.

Yig‘indi gaplar
20 fevral 2023, 17:24

Yig‘indi gaplar

“Darhaqiqat, mamlakatda islohotga muhtoj masalalar ko‘bdir. Masalan, kattalarga aql va basirat islohoti, […] yoshlarg‘a axloq va kiyim, xotinlarga jabru zulm, domlalarg‘a din va salla, […] va hokazo islohotlarga nihoyat darajada ehtiyoj ko‘bdir”.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak otishma sodir etganlikda gumonlanmoqda
20 fevral 2023, 17:24

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak otishma sodir etganlikda gumonlanmoqda

Chimkent viloyatidagi qurol-yarog‘ do‘koniga hujum uyushtirildi. Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, buni o‘zbekistonlik erkak sodir etgan va u qo‘lga olingan. Xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri voqea oqibatida jarohat olgan.

Uzbekistan Airways bahor-yoz jadvaliga o‘tadi
20 fevral 2023, 16:52

Uzbekistan Airways bahor-yoz jadvaliga o‘tadi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 26 martdan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tadi. Mavsumda Nyu-York, Frankfurt, Riga, Tel-Aviv, Boku, Tbilisi kabi xalqaro yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar va mahalliy reyslar soni oshiriladi.

Poytaxt IIBB noma’lum shaxs maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan videoga izoh berdi
20 fevral 2023, 16:21

Poytaxt IIBB noma’lum shaxs maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan videoga izoh berdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi maktab yaqinida 12 yoshli o‘quvchining qo‘lidan ushlab olgan erkakning shaxsi aniqlandi. Tuman ichki ishlar xodimlari holatni o‘rganmoqda.

Qoraqalpog‘istonda Opel Astra va Matiz ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi
20 fevral 2023, 15:56

Qoraqalpog‘istonda Opel Astra va Matiz ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

Beruniy tumanida Opel Astra va Matiz ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab Matiz avtomobilidagi yo‘lovchi vafot etdi. Ikkita haydovchi jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizildi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga bordi
20 fevral 2023, 15:27

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga bordi

AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga bordi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Mixaylovskiy maydonida ko‘rishdi. Oq uy rahbarining mamlakatga tashrifi hech qayerda e’lon qilinmagandi.

Toshkentda «Monedan Kandinskiygacha» multimedia ko‘rgazmasi namoyish etiladi
20 fevral 2023, 14:57

Toshkentda «Monedan Kandinskiygacha» multimedia ko‘rgazmasi namoyish etiladi

1 mart kuni Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da «Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob» multimedia ko‘rgazma namoyish etiladi. U yerda tashrifchilar to‘qqiz nafar modernizm rassomlarining asarlarini tomosha qilishi mumkin.

Surxondaryoning ikkita tumanida noqonuniy daraxt kesganlar aniqlandi
20 fevral 2023, 14:38

Surxondaryoning ikkita tumanida noqonuniy daraxt kesganlar aniqlandi

Termiz tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi istirohat bog‘idagi 1 tup daraxtni kesgani uchun boshqarma bosh muhandisi 3 mln so‘m jarimaga tortildi. Buning ortidan o‘simlik dunyosiga qariyb 5 mln so‘m zarar yetdi. Yana bir fuqaro saksovul kesib, o‘simlik dunyosiga 3,1 mln so‘m zarar yetkazdi.

Abror Muxtor Aliy jarimaga tortildi
20 fevral 2023, 14:24

Abror Muxtor Aliy jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoq faoli Abror Muxtor Aliy 6 mln so‘m jarimaga tortildi. U avvalroq jurnalist Nikita Makarenkoni haqorat qilgandi.

Hukumat Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quradi
20 fevral 2023, 12:38

Hukumat Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quradi

Hukumat poytaxtda ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni rejalashtirmoqda. Buning uchun maxsus davlat muassasasi tashkil etiladi va unga yer maydonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi. Dastlab transportlar ko‘p to‘planuvchi 4 ta manzilda turargoh barpo etiladi. Ular onlayn auksionda tadbirkorlarga sotiladi.

Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etish uchun 79,5 mlrd so‘m ajratiladi
20 fevral 2023, 12:24

Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etish uchun 79,5 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident farmoni bilan maktablarda 100 mingta bepul to‘garak tashkil etiladi. Bu uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Hafta davomida harorat 22 darajagacha isiydi
20 fevral 2023, 11:41

Hafta davomida harorat 22 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda dushanbadan jumagacha havo harorati iliq bo‘ladi. Faqat chorshanba kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat asosan kechalari +2…+7, kunduzi +13…+18, ayrim kunlarda +20…+22 darajagacha isiydi.

OTV talabalarni toifalarga ajratish topshirig‘iga izoh berdi
20 fevral 2023, 11:08

OTV talabalarni toifalarga ajratish topshirig‘iga izoh berdi

Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov talabalarni odobiga ko‘ra guruhlarga ajratish topshirig‘ini bergandi. Vazirlik buni «ma’naviy-moddiy muammolarni bartaraf etish, murabbiylar bilan do‘stlik muhitini yaratish» deya izohladi. Tartiblar OTMlarning ichki qoidalariga aloqador ekani aytildi.

Sadir Japarov Qirg‘izistonning barcha sobiq prezidentlarini Dubayga to‘pladi
20 fevral 2023, 11:07

Sadir Japarov Qirg‘izistonning barcha sobiq prezidentlarini Dubayga to‘pladi

Dubayda Qirg‘izistonning amaldagi va besh nafar sobiq prezidentining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Sobiq prezidentlar xafaliklarini aytishdi va kamchiliklarini tan olishdi. Eng muhimi, ular bir-birlarini kechira olishdi. Aynan shu mening maqsadim edi», — dedi prezident Sadir Japarov.

Turkmaniston yuborgan bepul gaz Qoraqalpog‘iston va Xorazm aholisiga tarqatilmoqda
20 fevral 2023, 10:58

Turkmaniston yuborgan bepul gaz Qoraqalpog‘iston va Xorazm aholisiga tarqatilmoqda

Turkmanistondan O‘zbekistonga yordam sifatida yuborilgan 2 ming tonna bepul suyultirilgan gazning yarmi Qoraqalpog‘iston aholisiga tarqatilmoqda. Qolgan ming tonna gaz Xorazm viloyatiga yuboriladi.

Farg‘ona gornizonida jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
20 fevral 2023, 10:47

Farg‘ona gornizonida jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Sharqiy harbiy okrugga qarashli garnizonda rejalashtirilgan jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu vaqtda shahar atrofida mashg‘ulotlar rejasiga muvofiq jangovar texnikalar harakatlanadi. Sinovlarni ma’sullar kuzatib boradi.

Toshkentda 2 ta YTHda 5 kishi jarohatlandi
20 fevral 2023, 10:33

Toshkentda 2 ta YTHda 5 kishi jarohatlandi

Sergeli va Yunusobod tumanlarida ro‘y bergan 2 YTHda jami 5 kishi jarohat oldi. Mashinalardan biri yonib ketdi. Holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting