Arxiv

Iqtisodiyot universitetining 10 nafar talabasi Dubaydagi nufuzli mehmonxonalarda amaliyot o‘taydi
19 sentabr 2022, 09:55

Iqtisodiyot universitetining 10 nafar talabasi Dubaydagi nufuzli mehmonxonalarda amaliyot o‘taydi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti BAAning nufuzli CROWN PLAZA Dubai Marina mehmonxonalar guruhi boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Universitetning Turizm fakulteti talabalaridan 10 nafari har yili Dubayning besh yulduzli mehmonxonalarida amaliyot o‘taydi.

Hafta davomida harorat biroz issiq bo‘ladi
19 sentabr 2022, 09:44

Hafta davomida harorat biroz issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo sokin, yog‘ingarchiliklarsiz, biroz issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari janub viloyatlarida harorat +35 darajagacha ko‘tariladi.

BMT Bosh Assambleyasi Ukraina prezidentiga 77-sessiyada masofadan turib nutq so‘zlashga ruxsat berdi
18 sentabr 2022, 23:52

BMT Bosh Assambleyasi Ukraina prezidentiga 77-sessiyada masofadan turib nutq so‘zlashga ruxsat berdi

BMT Bosh Assambleyasi Ukraina prezidentiga istisno tariqasida videomurojaat orqali bo‘lajak sessiyada nutq so‘zlash imkonini berdi. Bu qarorni 101 davlat, jumladan Qozog‘iston qo‘llab-quvvatladi. O‘zbekiston ovoz berishda betaraf qoldi.

Qirg‘izistonda motam e’lon qilindi, tomonlar 84 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
18 sentabr 2022, 23:23

Qirg‘izistonda motam e’lon qilindi, tomonlar 84 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro qurbonlari soni 84 nafarga yetdi. Qirg‘izistonda motam e’lon qilindi. Tojikiston qirg‘iz tomonini «qurolli tajovuzda» aybladi, Qirg‘iziston esa «mamlakat hududiy yaxlitligiga tajovuz» deb e’lon qildi. RF prezidenti davlat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Navoiydagi xonadonlarning birida ko‘milgan odam skeleti topildi
18 sentabr 2022, 16:51

Navoiydagi xonadonlarning birida ko‘milgan odam skeleti topildi

Tarmoqlarda Xatirchi tumanidagi xonadonlarning birida ko‘milgan odam skeleti topilgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi fuqaro tegishli organlarga odam suyagiga o‘xshash suyaklar chiqqani haqida xabar berganini ma’lum qildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv va ekspertiza harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentda IIO xodimlari ayol kishini uyidan kuch bilan olib chiqqaniga izoh berildi
18 sentabr 2022, 14:31

Toshkentda IIO xodimlari ayol kishini uyidan kuch bilan olib chiqqaniga izoh berildi

Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida IIO xodimlari ayol kishini uyidan majburlab olib chiqib, mashinaga mindirgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, ayol majburiy tartibda sudga olib ketilayotgan bo‘lgan. Xodimlar harakati yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi
18 sentabr 2022, 12:22

Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi

Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 19−24 sentabr kunlari AQShga tashrif buyurib, BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida nutq so‘zlaydi.

«Tashabbusli budjet» loyihasining 2-mavsumida ovoz berish yakunlandi
18 sentabr 2022, 11:59

«Tashabbusli budjet» loyihasining 2-mavsumida ovoz berish yakunlandi

«Tashabbusli budjet» loyihasining 2-mavsumiga ovoz berishlar 17 sentabr kuni yakunlandi. Jami 1418 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi. Natijalar rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, hududlarda odamlar bayram qilishni boshlab yubordi.

Qirg‘iz-Tojikiston chegarasida mojaro. 17 sentabr kuni nimalar sodir bo‘ldi?
18 sentabr 2022, 10:39

Qirg‘iz-Tojikiston chegarasida mojaro. 17 sentabr kuni nimalar sodir bo‘ldi?

Qirg‘iziston va Tojikiston yana bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish talabini buzganlik, hududlarni o‘qqa tutish hamda provokatsiyalarda aybladi, biroq kun oxiriga kelib otishmani to‘xtatishga kelishib oldi. Qirg‘iziston tomoni 24 kishi halok bo‘lgani va 129 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Japarov murojaat bilan chiqdi.

«Sizda naqdmi yoki karta?» Nima uchun Yandex Go haydovchilari to‘lovni karta orqali qabul qilishni rad etishmoqda?
18 sentabr 2022, 09:29

«Sizda naqdmi yoki karta?» Nima uchun Yandex Go haydovchilari to‘lovni karta orqali qabul qilishni rad etishmoqda?

Yandex Go mijozlari yo‘l kira naqd pulsiz shaklda to‘lanadigan bo‘lsa, haydovchilar buyurtmani qabul qilishni rad etishi holatlariga to‘qnash kelishmoqda. «Gazeta.uz» taksi haydovchilari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va kompaniya muammoni qanday bartaraf etishga urinayotgani bilan qiziqdi.

Xalq banki filiali rahbari o‘z xodimini otib qo‘ydi
17 sentabr 2022, 23:45

Xalq banki filiali rahbari o‘z xodimini otib qo‘ydi

Jizzax viloyatida Xalq bankining Zomin filiali boshqaruvchisi o‘z qo‘l ostidagi xodimiga sport qurolidan o‘q uzdi.

Ostonaga o‘z nomi qaytarildi, Qozog‘iston prezidenti bir muddatga saylanadi
17 sentabr 2022, 22:46

Ostonaga o‘z nomi qaytarildi, Qozog‘iston prezidenti bir muddatga saylanadi

Qozog‘iston poytaxti nomi yana Ostonaga o‘zgartirildi, mamlakat prezidenti esa qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar Qasim-Jomart Tokayev tomonidan imzolandi.

Jamoat transportida bepul yuradiganlar uchun cheklanmagan muddatga karta beriladi
17 sentabr 2022, 18:10

Jamoat transportida bepul yuradiganlar uchun cheklanmagan muddatga karta beriladi

1 yanvardan hududlarda bosqichma-bosqich shahar yo‘lovchilar transportida (taksilardan tashqari) bepul yuruvchi qatlam vakillari cheklanmagan muddatga imtiyozli transport kartasini oladi. Buning uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki yagona portalga murojaat qilish kerak.

Samarqandda sammit sabab yopilgan yo‘llar qayta ochildi
17 sentabr 2022, 15:46

Samarqandda sammit sabab yopilgan yo‘llar qayta ochildi

ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.

InfinBank`dan xalqaro moliyaviy xakerlar pul o‘g‘riladi
17 sentabr 2022, 15:37

InfinBank`dan xalqaro moliyaviy xakerlar pul o‘g‘riladi

3−5 sentabr kunlari bir guruh shaxslar InfinBank`dan o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga pul o‘tkazib, o‘zlashtirgan. «Mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda», — deya ma’lum qildi bank matbuot xizmati.

O‘zbekistonliklarni Isroilda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi xalqaro bitim tasdiqlanishi mumkin
17 sentabr 2022, 14:05

O‘zbekistonliklarni Isroilda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi xalqaro bitim tasdiqlanishi mumkin

Mehnat vazirligi Isroilda vaqtinchalik ishlash imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bitim imzolangan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari Isroilda dastlab qariya va nogironlarni parvarishlash, ikkinchi bosqichda esa qurilish va boshqa sohalarga jalb etiladi.

Maktab darsliklarini kim chop etadi, adadi va narxi qancha?
17 sentabr 2022, 13:59

Maktab darsliklarini kim chop etadi, adadi va narxi qancha?

XTV 53,57 mln nusxa maktab darsliklari, mashqlar daftarlari va o‘quv qo‘llanmalari (2021 yilda 28,49 mln) chop etish bo‘yicha tenderlar o‘tkazdi. 22 ta bosmaxona (12 ta) bilan tuzilgan bitimlar hajmi 964 mlrd so‘m. O‘tgan yilgidek umumiy tirajning chorak qismini Kolorpak chop etadi — «Gazeta.uz» tahlili.

Nima tayyorlaymiz: Tovuqli taomlar
17 sentabr 2022, 10:55

Nima tayyorlaymiz: Tovuqli taomlar

Sabzavotlar bilan pishirilgan, qovoqli tovuq sonlari, qaymoqli qaylaga ega, asal va soya bilan marinadlangan, pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi, tovuqli shaurma — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Rossiyada majburlab ishlatilgan 19 nafar o‘zbekistonlikning huquqlari tiklandi
17 sentabr 2022, 10:52 1

Rossiyada majburlab ishlatilgan 19 nafar o‘zbekistonlikning huquqlari tiklandi

Rossiyaning Nyagan shahrida ish beruvchi 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportini olib qo‘yib, o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatgan. Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganib, ularning hujjatlarini qaytarib oldi va huquqlarini tikladi.

Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi
17 sentabr 2022, 09:05

Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik kengashining ayrim rezolyutsiyalari samarasizligi haqida ham gapirdi. Armaniston Ozarbayjon hududini faqat SSSR chegaralaridagina tan olishga tayyorligini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting