Arxiv

O‘zbekiston ayollar jamoasi futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi
21 iyul 2022, 09:20

O‘zbekiston ayollar jamoasi futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar ketma-ket ikkinchi bor musobaqa g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston ayollar jamoasi hal qiluvchi bahsda Eron ayollar MTJsini 1:0 hisobida mag‘lub etdi — foto, video.

20 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 iyul 2022, 22:00

20 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qoraqalpog‘istonda tugatilgan favqulodda holat, oltin-valyuta zaxiralari oshgan O‘zbekiston, chet tilidan ijodiy imtihon sanalari, daraxtga osilgan holda topilgan ohangaronlik erkak, psixotrop moddalarni ko‘p iste’mol qilayotgan yoshlar, Nukusdagi o‘lik itlar va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holatning amal qilishi tugatildi
20 iyul 2022, 21:03

Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holatning amal qilishi tugatildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini 21 iyuldan tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Jazirama tufayli metro poyezdlari tezligi pasaytirildi
20 iyul 2022, 20:56

Jazirama tufayli metro poyezdlari tezligi pasaytirildi

Toshkent metropolitenining yer usti uchastkalarida relslar 65 darajagacha qizigani sababli chorshanba kuni poyezdlar tezligi 25 km/soatgacha pasaytirildi. Poyezdlar harakat jadvalini me’yorda saqlash maqsadida «Chilonzor» yo‘nalishining yer osti yo‘li qismida poyezdlar tezligi 40 km/soatga tushirildi.

Shri-Lanka parlamenti yangi prezidentni sayladi
20 iyul 2022, 20:16

Shri-Lanka parlamenti yangi prezidentni sayladi

Shri-Lankaning yangi prezidenti etib sobiq bosh vazir Ranil Vikramasingxe saylandi. U 134 ta, raqibi esa 82 ta ovoz oldi.

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi
20 iyul 2022, 20:08

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari iyun oyida qariyb 180 mln dollarga oshib, 35,58 mlrd dollarga yetdi. Zaxiralarning ko‘payishi oltin narxi pasayishi fonida sodir bo‘ldi.

Marburg virusi xavflimi? U qanday kasallik?
20 iyul 2022, 20:00

Marburg virusi xavflimi? U qanday kasallik?

JSST Ganada ikki kishi Marburg virusi alomatlari sababli vafot etganini ma’lum qildi. Bu yangi kasallik emas. Uni ko‘pincha Ebola virusining «qarindoshi» deb atashadi. Ammo u qayerdan paydo bo‘ldi? U xavflimi? «Gazeta.uz» ushbu savollarga javob beradi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari aniq bo‘ldi
20 iyul 2022, 18:36 2

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari aniq bo‘ldi

23 — 26 iyul kunlari barcha hududlarda 6 ta OTMning tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Samarqanddagi to‘yda 11 kishi ovqatdan zaharlandi
20 iyul 2022, 17:06

Samarqanddagi to‘yda 11 kishi ovqatdan zaharlandi

Dushanba kuni Urgutdagi to‘yxonada 56 yoshli ayol ovqatdan zaharlanib, shifoxanaga yotqizildi. Qolaversa, u bilan birga yana 10 kishi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Ularning barchasiga «ovqat toksikoinfeksiyasi» tashxisi qo‘yildi. Urgut tumani prokuraturasi vaziyatni o‘rganmoqda.

Notariuslarga nikohni qayd etish huquqi berilishi mumkin — adliya vaziri
20 iyul 2022, 16:54

Notariuslarga nikohni qayd etish huquqi berilishi mumkin — adliya vaziri

Adliya vazirligi notariuslarga ham nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqini berish tashabbusi bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning ishontirishicha, «notariuslar ikki tomonning xohish-irodasini tasdiqlab, shahodatlay oladi».

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor pasaymoqda
20 iyul 2022, 16:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor pasaymoqda

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,55 so‘mga arzonlab, 10 908,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi.

Toshkentda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechmoqda — poytaxt hokimligi
20 iyul 2022, 16:21

Toshkentda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechmoqda — poytaxt hokimligi

Poytaxt hokimligi profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan shaharda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechayotganini ma’lum qildi. Jumladan, 6 oy davomida 10381 ta jinoyat sodir etilgan. Qolaversa, 5436 nafar fuqaro tilanchilik va 19 749 nafar fuqaro daydilikda gumonlanib, profilaktik suhbatdan o‘tkazilgan.

Toshkent viloyatida 26 yoshli erkak daraxtga osilgan holda topildi
20 iyul 2022, 15:59

Toshkent viloyatida 26 yoshli erkak daraxtga osilgan holda topildi

Ohangaron tumanida 26 yoshli erkak yo‘l chetidagi daraxtga osilgan holda topildi. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga bo‘yin qismi sirtmoq bilan siqilishi sabab bo‘lgan, marhumning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan. Prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.

Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentdan favqulodda holatni yumshatishni so‘ramoqda
20 iyul 2022, 15:11 1

Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentdan favqulodda holatni yumshatishni so‘ramoqda

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘llab, favqulodda holatni yumshatishni so‘radi. Avvalroq «Yangi O‘zbekiston» gazetasi murojaatda aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etish so‘ralgani haqida yozgandi, biroq, oradan vaqt o‘tib xabar tahrirlandi.

Toshkentda yoshlar orasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish juda ko‘paygan — IIBB
20 iyul 2022, 14:44

Toshkentda yoshlar orasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish juda ko‘paygan — IIBB

Poytaxtda yoshlar orasida tramadol va boshqa psixotrop moddalarni iste’mol qilish holatlari juda ko‘paygan, deya ta’kidladi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Murodilla Aliqoriyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, dorilar asosan mamlakatga aylanma yo‘llar orqali kirib kelmoqda va «qora bozor» da sotilmoqda.

Jazirama kunlarda «tez yordam»ga 130 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi
20 iyul 2022, 13:19

Jazirama kunlarda «tez yordam»ga 130 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi

Jazirama issiq kunlar boshlangan 17 iyuldan 20 iyulga qadar tez tibbiy yordam xizmatiga 130 mingdan ko‘proq chaqirik kelib tushgan. Murojaatchilarning aksariyati qon bosimi ko‘tarilishi, nafas yetishmovchiligi, astma xurujlari va boshqa surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.

Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi insholar tanlovini e’lon qildi
20 iyul 2022, 13:00

Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi insholar tanlovini e’lon qildi

Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi insholar tanlovini o‘tkazmoqda. G‘oliblar smartfonlarga ega bo‘lishadi.

Surxondaryodagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan tuman tibbiyot birlashmasi noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi
20 iyul 2022, 12:50

Surxondaryodagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan tuman tibbiyot birlashmasi noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi

Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyatidagi «Xo‘jayikon» tuz g‘oridan Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi hujjatlarsiz foydalanib kelayotganini ma’lum qildi. Tuz g‘ori 2019 yilda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

Oltita hududda harorat 47 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
20 iyul 2022, 11:56

Oltita hududda harorat 47 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Haftaning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda havo harorati 47 darajagacha, Toshkentda esa 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysida esa harorat pastroq bo‘ladi, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolaridan muzli sel kelishi mumkin.

Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi
20 iyul 2022, 10:48

Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting