Arxiv

O‘zbekiston prezidentining Germaniya kansleri bilan uchrashuvi masalasi ishlab chiqilmoqda — TIV
1 noyabr 2022, 18:28

O‘zbekiston prezidentining Germaniya kansleri bilan uchrashuvi masalasi ishlab chiqilmoqda — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Vladimir Norov jurnalistlarga mamlakat Germaniya bilan oliy darajada muloqot o‘rnatish, Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuv tashkil etishdan manfaatdorligini ta’kidladi.

«Navoiy-Qoplonbek» o‘tkazish punkti 1 noyabrdan emas, 1 dekabrdan yopiladi
1 noyabr 2022, 17:50

«Navoiy-Qoplonbek» o‘tkazish punkti 1 noyabrdan emas, 1 dekabrdan yopiladi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi «Navoiy (Zangiota)-Qoplonbek» avtomobil o‘tkazish punktlari 1 noyabrdan emas, 1 dekabrdan yopiladi. Rekonstruksiya ishlari ikki davlat o‘tkazish punktlarida bir vaqtning o‘zida boshlanadi va yakunlanadi.

Tad Industries Dubaydagi Future Innovation Summit`da ishtirok etdi
1 noyabr 2022, 17:00

Tad Industries Dubaydagi Future Innovation Summit`da ishtirok etdi

Tad Industries kompaniyasi FaceIDS dasturining imkoniyatlarini namoyish etdi va Smart and Secure City yo‘nalishi bo‘yicha Best Solution of the Year 2022 mukofoti bilan taqdirlandi.

Xorazmning deyarli barcha maktablarida bepul tushlik tarqatilmoqda, Qoraqalpog‘istonda esa bu amaliyot hali boshlanmagan
1 noyabr 2022, 16:57

Xorazmning deyarli barcha maktablarida bepul tushlik tarqatilmoqda, Qoraqalpog‘istonda esa bu amaliyot hali boshlanmagan

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik tarqatish bo‘yicha vazifa ijrosini ta’minlashda kamchiliklar aniqlangan. Xususan, hukumat qarorni kech qabul qilgani, mablag‘ning kamligi va maktablarda zarur infratuzilma yo‘qligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan.

To‘lov tizimlari DSQning fiskallashtirish talabi sababli bir qator to‘lov turlarini o‘chirdi
1 noyabr 2022, 16:07

To‘lov tizimlari DSQning fiskallashtirish talabi sababli bir qator to‘lov turlarini o‘chirdi

Soliq qo‘mitasi to‘lov tizimlaridan barcha to‘lovlarni fiskallashtirishni talab qildi. Yuzaga kelgan vaziyat O‘zbekistondagi elektron tijorat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududlaridagi OTM talabalariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi
1 noyabr 2022, 15:09

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududlaridagi OTM talabalariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Rossiyaning Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda o‘qiydigan O‘zbekistonliklarga o‘qishni istisno tariqasida ko‘chirish imkoni berildi. Arizalar 1 noyabrdan boshlab my.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Oktabr oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi
1 noyabr 2022, 14:39

Oktabr oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi

Oktabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 12,2% ga yetdi. O‘tgan oyda inflyatsiya xizmatlar sohasida eng kuchli bo‘lgan — 1,5%. Oziq-ovqatlar 1,4%ga, nooziq-ovqat mahsulotlar esa 0,9%ga qimmatlashgan.

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan yana 35 kishi ozodlikka chiqarildi
1 noyabr 2022, 14:32

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan yana 35 kishi ozodlikka chiqarildi

Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida ishtirok etganlikda gumon qilinib, ozodlikka chiqarilganlar soni 107 nafarga yetdi. Noyabrning ilk kunida parlament komissiyasi tashabbusi bilan yana 35 kishi jamoat kafilligi asosida uyiga qaytarildi.

Hindistondagi ko‘prik qulashi ortidan 9 kishi hibsga olindi
1 noyabr 2022, 12:55

Hindistondagi ko‘prik qulashi ortidan 9 kishi hibsga olindi

30 oktabr kuni Morbi shahrida osma ko‘prikning qulashi oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘lgandi. Hindiston politsiyasi holat yuzasidan 9 kishini, jumladan, olomonni nazorat qila olmagani uchun boshqaruv xodimlari, chipta sotuvchilari va uch qo‘riqchini hibsga oldi.

IIV muddati o‘tgan biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi
1 noyabr 2022, 11:49

IIV muddati o‘tgan biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni muddati o‘tgan biometrik pasportlarini zudlik bilan shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi.

Buxoroda bino qulashi oqibatida bir kishi jarohatlandi
1 noyabr 2022, 11:47

Buxoroda bino qulashi oqibatida bir kishi jarohatlandi

«Kogon Quruvchi montaj» MCHJga qarashli binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) quladi. Oqibatda quruvchi bo‘lib ishlayotgan fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Farg‘onada qiymati $10 mln bo‘lgan metallarga ishlov berish liniyasi ishga tushirildi
1 noyabr 2022, 11:30

Farg‘onada qiymati $10 mln bo‘lgan metallarga ishlov berish liniyasi ishga tushirildi

Farg‘onadagi Uzsungwoo qo‘shma korxonasida metallarga qizdirilgan holda ishlov berish tarmog‘i ishga tushdi. Natijada 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishlab chiqarish hajmi $95 mlnga oshdi. Yangi texnologik jarayon Tracker va Onix avtoulovlari uchun 20 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga imkon beradi.

Bo‘stonliqda uch kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori sepdi
1 noyabr 2022, 11:17

Bo‘stonliqda uch kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori sepdi

Tarmoqlarda 3 kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori (zelyonka) sepgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB voqea Bo‘stonliqda sodir bo‘lgani va yigit giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘ladi
1 noyabr 2022, 10:31

Noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘ladi

Sinoptiklar noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Oy davomida iliq va sovuq to‘lqinlar bir-biri bilan o‘rin almashadi. Harorat kechalari +2…+8 daraja, kunduz kunlari +5…+18 darajagacha o‘zgarib turadi. Sovuq davrlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Tong vaqti Andijon va Farg‘ona viloyatida zilzila bo‘ldi
1 noyabr 2022, 10:15

Tong vaqti Andijon va Farg‘ona viloyatida zilzila bo‘ldi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon (Marhamat va Buloqboshi tumanlarida — 2 ball) va Farg‘ona (Quvasoy va Xo‘jaobod tumanlarida — 2 ball) viloyatida ham sezildi.

Tijorat banklari 1-noyabr uchun dollar kursini e’lon qildi
1 noyabr 2022, 10:04

Tijorat banklari 1-noyabr uchun dollar kursini e’lon qildi

Markaziy bank 1-noyabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 169,38 so‘m etib belgiladi. Shundang so‘ng banklar mijozlarga dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini taklif qildi.

Qator shaharlarda «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi
1 noyabr 2022, 08:36

Qator shaharlarda «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi

1−3 noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida islom iqtisodiyoti, halol turizm, islom san’ati va boshqa mavzularda ko‘plab konferensiya, festival, ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Germaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi
1 noyabr 2022, 08:15

Germaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Toshkentga keldi. U prezident va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, Samarqandga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, vazir fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashadi.

O‘zbekiston ko‘magida Mozori-Sharif aeroporti qayta tiklandi (foto)
31 oktabr 2022, 23:38

O‘zbekiston ko‘magida Mozori-Sharif aeroporti qayta tiklandi (foto)

O‘zbekiston Afg‘onistondagi Mozori-Sharif aeroportini tiklash bo‘yicha texnik yordam loyihasini yakunladi. Ishlar aeronavigatsiya va meteorologiya jihozlarini ta’mirlash, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish hamda aeroportning elektr ta’minotini tiklashdan iborat edi. Foto.

Rossiya yana Ukrainaning energetika infratuzilmasiga og‘ir zarbalar berdi
31 oktabr 2022, 22:54

Rossiya yana Ukrainaning energetika infratuzilmasiga og‘ir zarbalar berdi

31 oktabr kuni Rossiya Ukrainaning 10 viloyatidagi infratuzilma, asosan energetika obyektlariga raketa hujumlari uyushtirdi. Natijada 7 ta viloyatdagi yuzlab aholi punktlari elektrsiz qoldi. RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning harbiy qo‘mondonlik va energetika tizimlariga zarbalar berilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting