Milliy kutubxona 1 noyabrdan tunu-kun ishlay boshlaydi. Ushbu tartib kutubxonaning asosiy o‘qish zallariga joriy etilmaydi.
O‘zbekiston va Tojikiston xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochadi. Xususan, tomonlar yaqin kelajakda «Bekobod» punkti faoliyatini yangilashga kelishib oldi.
Toshkent viloyatida MAN yuk mashinasi orqaga harakatlanayotgan vaqtda piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi TAF!22 Toshkent reklama festivalida ISHONCH do‘konlar tarmog‘i bir necha mukofotni qo‘lga kiritdi va «2022 yilning eng yaxshi reklama beruvchisi» unvoniga sazovor bo‘ldi.
O‘tgan 9 oy davomida O‘zbekistonda doimiy aholi soni 549,7 mingga oshib — 35,8 mln kishini tashkil etdi. Qayd etilgan nikohlar soni kamaydi, ajralishlar soni esa oshdi. Qon aylanish tizimi kasalliklaridan vafot etish holatlari esa keskin ko‘paydi.
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha planshetlar orqali elektron ro‘yxatga olish 2022 yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-sentabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba tariqasida tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘istonda haydovchi Cobalt mashinasining davlat raqamini yechib olib, yo‘lda xavfli manyovrlar qildi. Qoidabuzarga nisbatan protokol tuzilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Toshkent davlat agrar universiteti xorijiy mutaxassislar bilan kadrlar aktivlarini boshqarish tizimini ishlab chiqdi va auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, so‘z erkinligini ta’minlash hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.
Endi qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama uning nomi, muqaddimasi, har bir moddasi bo‘yicha alohida-alohida o‘tkaziladi. Qonun muqaddimasida unga o‘zgartirish kiritish zaruriyati, sabab va maqsadlari tushuntiriladi.
Bosh prokuratura Qashqadaryoda 18 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilganini aniqladi. Shuningdek, tekshiruv davomida 382 ta tarixiy obidada muhofaza belgilari yo‘qligi, 35 tasi ta’mir talab holda ekani, 49 tasida sanitariya qoidalari buzilgani ma’lum bo‘ldi.
Ahmadjon Meliboyev 2019 yilda o‘zining maqolasida shunday deb yozgandi: Til — tirik, harakatchan vujud, u ham xuddi inson kabi parvarishga, e’tibor, mehrga muhtoj. Bu haqiqatni unutadigan bo‘lsak, yillar o‘tib o‘zbek tilini o‘rganish kurslarini boshqalar uchun emas, o‘zimiz uchun qayta tiklashimizga to‘g‘ri keladi.
30−31 oktabr kunlari O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi hisobiga yomg‘ir yog‘adi. Viloyatlarda shamol tezligi kuchayishi mumkin. Harorat +10…+13 darajagacha pasayadi.
Toshkent viloyatida Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari reyd tadbiri o‘tkazib, 8 nafar fuqaro 60 dona sa’vani to‘r yordamida noqonuniy ovlayotganini aniqladi. Ularning har biriga 3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Qushlar tabiatga uchirib yuborildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov ham tadbirkorlar bilan uchrashdi. Yakunda 2022−2023 yillarda hech bir issiqxonachi gazdan uzilmasligi, 28 oktabr kuni hamma issiqxonalar gazga ulanishi aytildi. Qaysi viloyatda issiqxonachilarga gaz berilmasa, tegishli Hududgaz rahbari ishdan bo‘shatiladi.
Markaziy bank 28-oktabr uchun dollar kursini 11 171,33 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini o‘zgartirdi.
Shavkat Mirziyoyev Sardor Umurzakovga issiqxonalar gazdan uzilgan holatni zudlik bilan ko‘rib chiqishni buyurdi. Payshanba kuni Energetika vazirligi shu kunning o‘zidayoq gaz ta’minoti tiklanganini ma’lum qilgandi, keyinchalik bu xabar o‘chirildi. Endi esa issiqxonalarda 1 kun ichida gaz tiklanishi aytilmoqda.
Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. U birinchi marta Rossiyadan tashqarida o‘tkazilmoqda. Majlisda parlament a’zolari saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqdi.
Prezident kelgusi o‘quv yilidan Qashqadaryodagi 48 ta maktabda Finlyandiya ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. «Gazeta.uz» Finlyandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyat sirlari, fin va o‘zbek maktablarida o‘quv jarayonining o‘xshash va farqli jihatlari haqida tahliliy material tayyorladi.
Ayrim banklar $1000 dan ortiq valyutani yechib olishda ularning kelib chiqish manbalarini so‘ray boshladi. MB raisi buni naqd valyuta yetkazib beruvchi Nyu-York bankining talabi bilan izohladi. Shuningdek u, o‘tkazmalarning 60 foizi nega $10 ming yoki undan ko‘proq qiymatdagi tranzaksiyalar ekanini tushuntirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting