Arxiv

10 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 may 2022, 22:00

10 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

SpaceX kompaniyasiga O‘zbekistonda vakolatxona ochish taklif etilgani, Surxondaryodagi sel oqibatlari, Toshkentda odamlarni yana soqol olishga majburlashayotgani, Uchtepa tumanida hayfsan olgan 33 nafar hokim yordamchisi, O‘zbekistonning 7 hududida ishga tushirilgan yangi fotoradar va kuzatuv kameralari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 10 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Surxondaryoda sel 3 kishini oqizib ketdi
10 may 2022, 21:36

Surxondaryoda sel 3 kishini oqizib ketdi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tog‘li hududga sel kelishi natijasida odamlar va chorva mollarini suv oqizib ketdi. Chorva mollari egasi tabiiy ofatdan qutilib qolgan. Qolganlari qidirilmoqda.

SpaceX kompaniyasiga O‘zbekistonda vakolatxona ochish taklif etildi
10 may 2022, 19:20

SpaceX kompaniyasiga O‘zbekistonda vakolatxona ochish taklif etildi

AKT vaziri Sherzod Shermatov SpaceX vakili Ben Mak Vilyams bilan uchrashuvda kompaniyaga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish taklifini berdi. O‘zbekkosmos agentligi bilan esa Starlink loyihasini mamlakatga olib kirish masalasi muhokama qilindi.

Andijonda sobiq bank xodimi va fermer $50 minglik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda
10 may 2022, 18:32

Andijonda sobiq bank xodimi va fermer $50 minglik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Izboskan tumanida sobiq bank xodimi tadbirkor bilan birga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 ming dollar imtiyozli kreditni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 20 ming dollari undirilib, gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonning 7 hududida yangi fotoradar va kuzatuv kameralari ishga tushirildi
10 may 2022, 18:25

O‘zbekistonning 7 hududida yangi fotoradar va kuzatuv kameralari ishga tushirildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublika avtomobil yo‘llari 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari bilan boyiganini ma’lum qildi. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamari va mobil telefon bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlaydi. Fotoradar va kameralar manzili.

Afg‘onistonda ayollarga hijob o‘rash shart etib belgilandi
10 may 2022, 18:21

Afg‘onistonda ayollarga hijob o‘rash shart etib belgilandi

Afg‘onistonning Tolibon hukumati ayollardan jamoat joylarida hijob o‘rab yurishni talab qilmoqda. Mazkur tartibga bo‘ysunmagan ayollar davlat ishlaridan bo‘shatiladi. 2001 yilgacha toliblar hukmronligi davrida ham hijob majburiy edi.

Navoiyda UniSat dasturining 20 nafar o‘quvchisi nano sun’iy yo‘ldoshini uchirdi
10 may 2022, 17:51

Navoiyda UniSat dasturining 20 nafar o‘quvchisi nano sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

UniSat ta’lim dasturining 20 nafar o‘quvchi-qizi Navoiy viloyatida o‘zi yasagan ultrazamonaviy nano sun’iy yo‘ldoshini stratosferaga uchirdi. Qizlar uning yordamida havoning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish taklif etilmoqda
10 may 2022, 16:54

Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi manfaatlar to‘qnashuvini alohida qonun bilan tartibga solish taklifini bildirdi. Unga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish va oldindan xabar berish tartibi belgilanmoqda, bunga amal qilmaganlar esa jarimaga tortiladi. Antikorrupsiya agentligiga ma’muriy bayonnoma tuzish vakolatini berish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmik fazoni tadqiq etish sohasida hamkorlik qiladi
10 may 2022, 15:26

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmik fazoni tadqiq etish sohasida hamkorlik qiladi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Surxondaryoda Saljuqiylarga oid oltin dinor topildi
10 may 2022, 15:11

Surxondaryoda Saljuqiylarga oid oltin dinor topildi

Termiz tumanida fuqaro bog‘ni sug‘orish chog‘ida og‘irligi 1,92 gramm bo‘lgan oltin tangalarni topib oldi. Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari dinorlar Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oidligini aniqladi. Fuqaro ularni muzeyga topshirdi.

Toshkentda odamlarni yana soqol olishga majburlashdi
10 may 2022, 14:46 1

Toshkentda odamlarni yana soqol olishga majburlashdi

Toshkentda fuqarolarni yana IIBga olib borib, soqollarini olishga majburlashdi. Ulardan birining so‘zlariga ko‘ra, ularga 15 sutka qamoq bilan tahdid qilishgan va shundan keyin soqolini olishga majbur bo‘lishgan. IIV matbuot kotibi fuqarolar o‘z huquqlari poymol etilgan deb hisoblasa, shikoyat qilishi mumkinligini qayd etdi.

Jo Bayden Ukrainaga qurol yuborish uchun lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10 may 2022, 13:07

Jo Bayden Ukrainaga qurol yuborish uchun lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yengillashtirilgan tartibda qurol yetkazish imkonini beruvchi lend-liz bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu qurollarni yetkazishda byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beradi.

Navoiyda avtobus ag‘darilib ketdi, 5 kishi jarohatlandi
10 may 2022, 12:42

Navoiyda avtobus ag‘darilib ketdi, 5 kishi jarohatlandi

Qiziltepa tumanida ichida 25 kishi bo‘lgan sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi, oqibatda 5 kishi jarohat oldi. Avariyaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Hafta salqin bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
10 may 2022, 12:32

Hafta salqin bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

10−13 may kunlari havo salqin bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligining kuchayishi kutilmoqda. Hafta davomida tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Tursunoy Jabborova og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
10 may 2022, 11:51

Tursunoy Jabborova og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Gretsiyadagi og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Uchtepa tumanida 33 nafar hokim yordamchisi hayfsan oldi
10 may 2022, 11:42

Uchtepa tumanida 33 nafar hokim yordamchisi hayfsan oldi

Shu yilning birinchi choragi bo‘yicha poytaxtning Uchtepa tumanida mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyati KPI tizimi bo‘yicha baholandi. Natijada 60 nafar hokim yordamchisidan 33 nafariga o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib kelayotgani uchun hayfsan berildi.

Bir nechta shahar va tumanlarga yangi hokimlar tayinlandi
10 may 2022, 10:38

Bir nechta shahar va tumanlarga yangi hokimlar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar, shuningdek, Navoiy va Zarafshon shaharlari, qolaversa, Konimex hamda Navbahor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Global beqarorlik sharoitida QQS bo‘yicha imtiyozlar narxlar o‘sishining oldini olishga yordam beradimi?
10 may 2022, 10:15

Global beqarorlik sharoitida QQS bo‘yicha imtiyozlar narxlar o‘sishining oldini olishga yordam beradimi?

Global beqarorlik sharoitida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish va sotishda QQSning nol stavkasi muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi. Imtiyozli davrning uzaytirilishi go‘sht va kartoshka bozorida kutilgan natijani berishi kutilmoqda, biroq o‘simlik yog‘i narxlari barqarorlashuvi uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Iqtisodchi, «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev Ukrainadagi urush ortidan jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan tanglik sharoitida QQS imtiyozlarining ichki bozordagi narxlarga qanday ta’siri qilishi haqida so‘z yuritadi.

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi
10 may 2022, 10:07

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyatni diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi

O‘zbekiston TIV Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotirdaligini bildirib, tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqirdi. Aprel o‘rtalaridan beri Falastin va Isroil o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaygandi.

Sharofiddin Amriddinov og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
9 may 2022, 16:34

Sharofiddin Amriddinov og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

Gretsiyada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Sharofiddin Amriddinov -102 kg vazn toifasida g‘alaba qozondi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting