Senat raisi Tanzila Narbayeva transport, ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmaganini tan oldi. «Aslida nogironlar uchun sharoitlar yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga uchinchi muddatga qayta saylangani bilan tabrikladi. «Siz, aziz birodarim bilan bundan keyin ham do‘stona va ochiq muloqotlarni davom ettirishga tayyorligimni bildiraman», — deyiladi tabrikda.
O‘zbekistonning qayerida o‘zbek (turkiy) tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi, degandi Abduqahhor Ibrohimov 1992 yilda yozgan maqolasida. Uning fikricha, o‘zbek tilining qaddini qonuniy o‘rniga ko‘tarish uchun ichki muxoliflarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish lozim.
O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC 280 musobaqasida braziliyalik Kayo Borralodan mag‘lubiyatga uchradi. Bu uning UFC`dagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
«Birinchi osmon yorishdi, keyin yer qimirlab, kuchli portlash ovozi eshitildi». Sirdaryodagi harbiy omborxona yaqinida yashovchi aholi shanba tongini shunday xavotir ila kutib oldi. Zararlarni davlat qoplab berishi aytilmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari voqea joyidan fotoreportaj tayyorladi.
Pop tumanida bank tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd so‘m evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborgan MCHJ rahbari aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mampar, lapshalar solingan tovuqli sho‘rva, qaynatma va oshqovoqdan tayyorlangan sho‘rva, moxora, an’anaviy borsh, dudlangan tovuq go‘shti solib pishirilgan no‘xat sho‘rva — Zira.uz mazali va to‘yimli taomlarni tayyorlashni istaganlar uchun issiq sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini ko‘rishda hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolangandi. Shavkat Mirziyoyev ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
O‘zbekistonda matnni ovozga va ovozni matnga aylantirib beradigan nutq sintezatori ustida ish olib borilmoqda. Uning prototipi 24−27 oktabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan AKT haftaligida namoyish qilinadi. Mazkur dastur ko‘zi ojizlarga yo‘llardagi to‘siqlar haqida ma’lumot berishi ham mumkin.
Qarshi shahar sobiq hokimi Jamshid Fozilov 2018—2019 yillar davomida 54 ta holatda 60 mlrd 512 mln so‘m talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Hozirda u uy qamog‘iga olingan. Qashqadaryo prokuraturasining ta’kidlashicha, sud yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Alifboni isloh qilishning ikki yo‘li bor edi: kirill yozuvini takomillashtirish yo birato‘la yangi alifboga o‘tish. Kirill yozuvini saqlab qolish to‘g‘ri yechim bo‘lolmasdi. Agar afzal tarafi bo‘lsa, biryo‘la yangi yozuvdagi alifboga o‘ta qolgan tuzuk. Bu so‘zlar Sultonmurod Olimning 2000-yildagi maqolasidan olindi.
Sirdaryodagi harbiy qism ombori portlashi oqibatida 12 kishi tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan, deb xabar berdi SSV. Ularning 5 nafari shoshilinch tibbiy bo‘limida, 7 nafariga ambulator yordam ko‘rsatildi, 4 nafari esa statsionar kuzativga olindi.
To‘ra Bobolov Bandixon tuman hokimligiga Skoda Kodiaq Ambition xizmat mashinasini xarid qilish uchun viloyat budjetidan 429 mln so‘m o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish chiqardi. Antikorrupsiya agentligi buni Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunga zid deb topdi va farmoyishni bekor qildi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hamda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 14 oktabr kuni ikki YTH yuz bergan. Har ikki hodisada bir nafardan fuqaro vafot etgan.
UrDU kutubxonasida lift ishlamasligi sababli nogiron talaba ikkinchi qavatdagi o‘quv zaliga kira olmagan, brayl yozuvidagi barcha adabiyotlar o‘sha yerda joylashgan. Urganchdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi oldida esa ovozli svetofor va bekatlar yo‘q, avtobuslarga maxsus moslamalar o‘rnatilmagan — Senat ishchi guruhi.
Tunda Sirdaryodagi harbiy omborxonada portlash sodir bo‘ldi. Hech kim jabrlanmagani aytilmoqda. Tarmoqlarda tarqalgan video va fotolardan portlash to‘lqini binolardagi oynalar va konstruksiyalarga zarar yetkazganini ko‘rish mumkin.
Turkmaniston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidentiga kuchuk sovg‘a qilgan Gurbanguli Berdimuhamedov, harorat yana pasayishi, rahbarlarni ogohlantirgan prezident, Buxoroda o‘z-o‘zidan otilib ayolni jarohatlagan miltiq va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Toshkent shahar hokimi mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar xarajatlariga o‘zgartirishlar kiritdi. Davlat musiqali komediya teatriga ajratilgan mablag‘lardan 500 mln so‘mi Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar bo‘limiga o‘tkazildi.
NATOning qariyb barcha a’zolari Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishini ratifikatsiya qilib, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berishdi. Yaqin kelajakda qolgan ikki davlat — Turkiya va Vengriyaning bu borada qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Ashxobodda «Toshkent» bog‘ining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Shu yerda «Xorazm — Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasining qurilishiga bag‘ishlangan marosim ham bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting